updated: 22.03.2026, 11:33

Oʻzbekistonliklarning katta qismi oʻrtacha kredit tarixiga ega — KAT

Shu yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekiston boʻylab 950 mingdan ortiq fuqaro oʻz kredit tarixini tekshirgan. Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) xabar qildi.

Ulashish:

Oʻzbekistonliklarning katta qismi oʻrtacha kredit tarixiga ega — K

Foto: BBC

Maʼlum boʻlishicha, kredit oluvchilarning 69 foizi (654,6 ming nafar), 31 foiz ayollar  (294,1 ming nafar). Skoring ballariga koʻra:

 

401–500 ball (aʼlo): 80% erkaklar, 20% ayollar;

301–400 ball (yaxshi): 71% erkaklar, 29% ayollar;

201–300 ball (oʻrtacha): 67% erkaklar, 33% ayollar;

101–200 ball (qoniqarli): 71% erkaklar, 29% ayollar;

1–100 ball (yomon): 74% erkaklar, 26% ayollar.

 

Foto: KATM

 

Hududlar kesimida esa eng koʻp kreditga ega jismoniy shaxslar Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan — 19,4% (184,4 ming nafar). Keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati (11,9%), Samarqand viloyati (8,3%) va Fargʻona viloyati (7,6%) turibdi.

 

Foto: KATM

 

Yuridik shaxslar kesimida

Skoring ballariga koʻra:

 

201–300 ball (oʻrtacha) eng katta ulushni egallab, 74 foizni (6,4 ming tashkilot) tashkil etadi.

Yaxshi ball (301–400) — 16%, aʼlo (401–500) — 3%, qoniqarli (101–200) — 6%, yomon (1–100) — 1%.

Hududlar boʻyicha eng katta ulush Toshkent shahriga toʻgʻri keladi — 71,1% (6,1 ming tashkilot). Qolgan hududlarda koʻrsatkich ancha past: Fargʻona viloyati — 3,6%, Andijon viloyati — 3,2%, Samarqand viloyati — 3,1%, Toshkent viloyati — 2,9%.

 

Kredit tarixi qanday tekshiriladi?

 

Kredit tarixini bilishning bir nechta usullari bor. Jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz/uz) orqali ham kredit tarixi haqida maʼlumot olish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun OneID orqali tizimga kiriladi va «Iqtisodiyot va biznes» boʻlimidagi «Kredit tarixini olish» xizmati tanlanadi.

 

Ariza shakli toʻldirilib, maʼlumotlar tasdiqlanadi. Telefon raqamiga ariza raqami bilan SMS-xabar yuboriladi. Kredit skoringi natijalari My.gov.uz shaxsiy kabinetida paydo boʻladi.

Xizmatdan birinchi marta foydalanish bepul, keyingi murojaatlar  jismoniy shaxslar uchun Yagona portal orqali topshirilganda 14 832 soʻm.

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ikki oyda 73 ming kishi oʻz nomiga kredit rasmiylashtirishni taqiqlagan edi.

 

Iqtisodiyot

19.08.2025, 17:37

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Jahon banki yana Oʻzbekistonga imtiyozli kredit ajratdi

Jahon banki yana Oʻzbekistonga imtiyozli kredit ajratdi

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi Oʻzbekistonning geofazoviy maʼlumotlardan foydalanishini yaxshilash uchun 35 million AQSh dollarlik imtiyozli kredit ajratganini maʼlum qildi. 

Iqtisodiyot

21.05.2025, 09:51

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin

Mamlakatdagi zoʻravonliklar sabab ayrim oʻyinlar taqdiri, jumladan Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuvi ham xavfsizlik vaziyati tufayli bekor qilinishi mumkin.

Jahon

24.02.2026, 10:39

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, davlat qarzining asosiy qismi — 39,82 mlrd dollari yoki 85 foizi tashqi qarz hissasiga toʻgʻri keladi. Tashqi qarzning YaIMga nisbati 27,1 foizni tashkil etmoqda.

Iqtisodiyot

23.02.2026, 08:10

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi

Xitoy va Markaziy Osiyo oʻrtasida yangi transport yoʻlagi ish boshladi. Uning doirasida ilk sinovdagi yuk poyezdi Lanchjoudan Dushanbe shahriga yoʻl oldi.

Iqtisodiyot

20.02.2026, 10:10

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45