Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.
Jahon
10.03.2026, 13:04
Ulashish:

AQSh-Isroil hujumlari Eronning 1000 dan ortiq fuqarosining, jumladan, mamlakat oliy rahnamosi Ali Xomanaiyning bevaqt oʻlimiga sabab boʻldi. Eron javob tariqasida Isroilga raketa va uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirdi.
Urushning aks-sadolarini Pokiston chuqur his qilmoqda.
Fors koʻrfazidagi oltita davlat ham Eron hujumiga uchradi. Bu esa Pokistonni qiyin vaziyatda qoldirdi.
Mamlakat janubi-gʻarbda Eron bilan 900 kilometr (559 mil) chegaraga ega. Shuningdek, millionlab pokistonliklar Saudiya Arabistoni va boshqa Fors koʻrfazi davlatlarida ishlaydi va istiqomat qiladi.
Oʻtgan yilning sentabr oyidan boshlab Islomobod Ar-Riyod bilan oʻn yillar davomidagi aloqalarini yanada mustahkamlab, rasmiy oʻzaro mudofaa shartnomasini imzoladi. Ushbu shartnomaga koʻra, tomonlardan biriga qilingan tajovuz – ikkalasiga qarshi qilingan tajovuz hisoblanadi.
Eron uchuvchisiz uchoqlari va ballistik raketalari Fors koʻrfazi davlatlarini nishonga olishda davom etar ekan, Pokistonda tobora dolzarb savol tugʻilmoqda: mabodo urushga qoʻshilib qolgudek boʻlsa, Islomobod keyingi qadamda nima qilishi kerak?
Islomobodning hozirgacha qilgan harakati esa Eron, Saudiya Arabistoni va boshqa mintaqa yetakchilari bilan telefon orqali muzokaralar olib borishdan iborat.
28 fevral kuni AQSh-Isroil zarbalari natijasida Oliy rahnamo halok boʻlganida, Pokiston hujumlarni “asossiz“ deb qoraladi. Bir necha soatdan soʻng Eronning Fors koʻrfazi davlatlariga qarshi uyushtirgan zarbalarini ham “suverenitetning ochiqdan-ochiq buzilishi” sifatida salbiy baholadi.
Mojaro boshlangan paytda Ar-Riyodda boʻlib oʻtayotgan Islom hamkorlik tashkiloti yigʻilishida qatnashgan Bosh vazir oʻrinbosari va Tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar keyinchalik Tehron va Ar-Riyod oʻrtasidagi muzokaralarni boshladi.
3 mart kuni Senatdagi nutqida va oʻsha kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida soʻzlagan Dar Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiga Pokistonning Saudiya Arabistoni oldidagi mudofaa majburiyatlarini eslatganini maʼlum qildi.
“Biz Saudiya Arabistoni bilan mudofaa shartnomasiga egamiz va bu butun dunyoga maʼlum, - dedi Dar. - Men Eron rahbariyatiga Saudiya Arabistoni bilan tuzgan shartnomamizni hisobga olishlarini aytdim”.
Aroqchi esa undan Saudiya hududi Eronga hujum qilish uchun foydalanilmasligiga kafolat soʻragan. Ishoq Dar Ar-Riyoddan ushbu kafolatlarni olganini, shuningdek, maxfiy aloqa orqali olib borilgan muzokaralar natijasida Eronning qirollikka qilgan zarbalari koʻlami kamayganini taʼkidladi.
Eronning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ali Rizo Inayatiyning bildirishicha, qirollik oʻz hududidan AQSh va Isroil Eronga qarshi hujum qilishda foydalanishiga yoʻl qoʻymaslikka vaʼda bergan.
Bir kun oʻtib, 6 mart kuni erta tongda Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi Sulton bin Abdulaziz havo bazasini nishonga olgan uchta ballistik raketani tutib yoʻq qilganini tasdiqladi.
Bir necha soat oʻtib, Pokiston quruqlikdagi qoʻshinlar marshali Asim Munir Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri shahzoda Xolid bin Salmon bilan uchrashdi. Ular oʻzaro mudofaa shartnomasi doirasida Eronning qirollikka qilgan hujumlari va ularni toʻxtatish uchun zarur choralarni muhokama qilgan.
Tahlilchilar fikricha, urush avj olgan sari, Pokistonning ikki yaqin hamkori oʻrtasidagi muvozanatni saqlash harakati tobora qiyinlashib borishi mumkin.
Mudofaa shartnomasi sinovda
2025 yil 17 sentabrda Ar-Riyodda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va Bosh vazir Shahboz Sharif hamda armiya shtab boshligʻi Asim Munir tomonidan imzolangan oʻzaro strategik mudofaa shartnomasi Pokiston uchun eng muhim rasmiy mudofaa majburiyati sanaladi.
Uning asosiy bandida aytilishicha, ikkala davlatdan biriga qarshi qilingan har qanday tajovuz ikkalasiga qarshi qilingan tajovuz deb hisoblanadi. Matn NATOning 5-moddasiga oʻxshash jamoaviy mudofaa tamoyillari asosida tuzilgan, ammo tahlilchilar buni harbiy aralashuvni avtomatik ravishda boshlash deb talqin qilish xatoligini bildirgan.
Shartnoma Isroilning 2025 yil sentabrida Dohadagi HAMAS amaldorlariga qilingan zarbalaridan soʻng imzolangan edi.
Ushbu hodisa Fors koʻrfazi hamkorlik kengashining olti davlati – Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarida AQShning xavfsizlik kafolatlariga boʻlgan ishonchga putur yetkazdi.
Yadro quroliga ega Pokiston oʻnlab yillar davomida Saudiya Arabistoni bilan harbiy aloqalarni saqlab kelgan, taxminan 1500 dan 2000 gacha Pokiston harbiylari qirollikda joylashgan.
Endi esa shartnoma hech bir tomon kutmagan sharoitlarda sinovdan oʻtmoqda.
Ar-Riyoddagi “Qirol Faysal nomidagi islom ilmlari tadqiqot markazi” ilmiy xodimi Umar Karim Pokistonning hozirgi mushkul ahvolini notoʻgʻri hisob-kitob natijasi deb atadi.
Uning fikricha, Islomobod Saudiya Arabistoni va Eron oʻrtasida erishilgan yaqinlashuvdan soʻng, oʻzini Tehron va Ar-Riyod oʻrtasida qolib ketishini hech qachon kutmagan boʻlishi mumkin.
“Ehtimol, saudiyaliklar Pokistonni oxirgi marta sinab koʻrayotgandir va agar Pokiston hozir oʻz majburiyatlarini bajarmasa, munosabatlar qaytarib boʻlmaydigan darajada darz ketadi”, – deya qoʻshimcha qildi u.
Ammo Islomobodning Quaid-i-Azam universiteti tarix professori Ilhon Niyozning fikricha, agar Saudiya Arabistoni oʻzini yetarlicha xavf ostida his qilib, rasman harbiy yordam soʻrasa, Pokiston Saudiyaga yordamga keladi.
Eron omili
Pokiston uchun vaziyatni murakkablashtirayotgan jihat shundaki, agar Ar-Riyod harbiy yordam soʻrasa, u Eronga shunchaki dushman deb qaray olmaydi.
Ikki davlat oʻrtasida uzun va ochiq chegara mavjud. Ular muhim savdo hamkorlar hisoblanib, diplomatik aloqalarni kuchaytirgan. Eron Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon 2025 yil avgustida Islomobodga tashrif buyurgan va ikki hukumat turli rasmiy va maxfiy tarzda aloqalarni saqlab turibdi.
Ilhon Niyoz ham Tehronning “qiyin qoʻshni” boʻlib kelganini tan olar ekan, munosabatlarning beqarorligiga dalil sifatida 2024 yil yanvarda Eron boshlagan transchegaraviy zarbalar almashinuvini keltirib oʻtgan.
Shunday boʻlsa-da, uning soʻzlariga koʻra, Pokiston uchun Eronning barqarorligi va hududiy yaxlitligini taʼminlash “muhim milliy manfaatlarga” ega.
Eronning fuqarolar urushida qulashi, mojaroli guruhlarga boʻlinib ketishi va Isroil taʼsirining Pokistonning gʻarbiy chegaralarigacha kengayishi – bularning barchasi Islomobodni jiddiy tashvishga soladi.
Muallif: Isomiddin JUMANAZAROV
Jahon
10.03.2026, 13:04
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20

Eron Yozuvchilar uyushmasi mamlakatdagi qatllarni qoraladi
Jahon
04.09.2026, 14:55

Husiylar qanday qilib Eronning eng kuchli ittifoqchisiga aylandi?
Jahon
27.08.2026, 11:21

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35

AQSH Eronni iqtisodiy bosim bilan sindira oladimi?
Jahon
26.08.2026, 10:24
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
So'nggi yangiliklar

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi
Jahon
19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda
Jahon
19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan
Iqtisodiyot
18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan
Jahon
18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi
Oʻzbekiston
17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
Jahon
17.09.2026, 16:19

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda
Jahon
16.09.2026, 16:46

Trampning boyligi 7 mlrd dollarga yetdi — Forbes
Iqtisodiyot
16.09.2026, 16:16

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Rossiya droni Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga zarba berdi: 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
16.09.2026, 14:20

Tibbiyot xodimlariga 2027 yildan har oy ustamalar tölanadi
Iqtisodiyot
16.09.2026, 14:18

Chempionlar ligasida oʻzbek klublari uchun necha million dollar tikilgan?
Sport
16.09.2026, 12:07

Islom Karimov shaxsi va Yelizaveta II bilan uchrashuv | Beruniy Alimov
Madaniy
16.09.2026, 11:29

Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari
Jahon
15.09.2026, 17:16

Qamashida 2 ming yildan ortiq tarixga ega mehrob va ostodon topildi
Madaniy
15.09.2026, 12:32

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
