updated: 22.03.2026, 19:44

Firʼavnning ajdarho bilan raqsi: Misrning Xitoy bilan harbiy hamkorligi

Qoʻshma Shtatlar oʻnlab yillar davomida Yaqin Sharqdagi koʻplab davlatlarning asosiy harbiy hamkori boʻlib kelgan. Ammo Misr oʻzining harbiy va iqtisodiy aloqalarini qayta uygʻonayotgan qudratli davlatlar, ayniqsa Xitoy bilan diversifikatsiya qilish yoʻlida strategik oʻzgarish qilishga intilmoqda. Ushbu tendensiya Misrning uzoq muddatli ambitsiyalarini yaqqol namoyon qiladi va bu kabi jasoratli qadam Misrning geosiyosiy yoʻnalishi va kelajakdagi siyosiy voqealar rivojiga keskin taʼsir qilishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklarni va shu bilan bir qatorda yangi imkoniyatlarni ham keltirib chiqaradi.

Ulashish:

Firʼavnning ajdarho bilan raqsi: Misrning Xitoy bilan harbiy hamkorligi

Firʼavnning ajdarho bilan raqsi: Misrning Xitoy bilan harbiy hamkorligi

Misrning harbiy hamkorlikni diversifikatsiya qilishdagi maqsadlari qanday? 

Strategik himoyalanish strategiyasi. Qudratli davlatlar oʻrtasidagi raqobat davrida koʻplab oʻrta kuchga ega davlatlar hedjing, yaʼni himoyalanish strategiyasiga amal qilib, barcha tomonlar bilan bir vaqtning oʻzida hamkorlik qilish orqali aniq bir qudratli davlatning yonini olishdan qochmoqda. Misr AQSh bilan anʼanaviy aloqalarni saqlab qolgan boʻlsada, Xitoy bilan munosabatlarni mustahkamlash Misrga geosiyosiy noaniqlik davrida koʻproq tanlov imkoniyatini beradi.

Boshqacha qilib aytganda, Qohira Xitoyning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi harbiy va iqtisodiy taʼsiri ortib borayotganini toʻliq anglamoqda. Bu tushuncha Xitoyning strategik hamkorliklari, infratuzilma loyihalari va harbiy namoyishlari orqali taʼsir doirasini tez kengaytirayotganidan kelib chiqadi. Xitoy muntazam ravishda oʻz qudratini qoʻshma harbiy mashgʻulotlar, aviashoular va Yaqin Sharq davlatlari, jumladan, Misr, Jazoir va Birlashgan Arab Amirliklari bilan mudofaa bitimlarini imzolash orqali namoyish qilib kelmoqda.

Iqtisodiy hamkorlikka kelsak, Xitoy Misrda sanoat zonalari, elektr stansiyalari va yangi maʼmuriy poytaxt qurilishida faol ishtirok etmoqda. Misr uchun bu oʻzgarishlarning barchasi bitta oddiy haqiqatni koʻrsatadi: yaqin kelajakda Xitoy ushbu mintaqadagi eng nufuzli davlatlardan biriga aylanishi ehtimoli yuqori. Shu sababli, Xitoy bilan yaxshi aloqalar oʻrnatish Misr uchun shunchaki ixtiyoriy harakat emas, balki davlatlar oʻrtasidagi raqobatda muvozanatni saqlash uchun zaruriy strategiya hisoblanadi.

Cheklanmagan harbiy rivojlanish. Bundan tashqari, Misr hukumati oʻzining harbiy yoki iqtisodiy rivojlanishini sunʼiy ravishda cheklamaydigan ishonchli hamkor izlamoqda. AQSh esa Misrning harbiy soʻrovlarini bir necha bor rad etgan, chunki Qoʻshma Shtatlar Isroilning "Sifatli Harbiy Ustunlik" (QME) siyosatini barqarorligini taʼminlashni maqsad qilgan. 

Ushbu siyosat Isroilni mintaqada harbiy jihatdan ustunlikka ega boʻlish uchun qoʻshni davlatlarning qurollanishiga cheklovlar qoʻyadi. Masalan, AQSh tomonidan taqdim etilgan F-16 qiruvchi samolyotlari uchun AIM-120 AMRAAM uzoq masofali havo-havo raketalaridan foydalanish cheklangan. Xuddi shuningdek, Misrning Rafale qiruvchi samolyotlari uchun MBDA Meteor raketalarini sotib olish istagi AQSh tomonidan Isroil xavfsizligiga tahdid sifatida koʻrildi va qarshilikka uchradi.

Shunday qilib, Misr harbiy hamkorlikni diversifikatsiya qilish orqali AQShga qaramligini kamaytirishi va hech qanday cheklovlarsiz yangi hamkorlar bilan mudofaa salohiyatini mustahkamlashi mumkin. Xitoy esa harbiy texnikani AQShga qaraganda arzonroq narxlarda taklif qilishi mumkin.

Bundan tashqari, 2024 yilda AQSh Prezidenti Bayden inson huquqlari buzilishi sababli Misrga harbiy yordamni qisqartirishini eʼlon qilgan edi. Garchi ushbu yordam kechikib boʻlsa ham yetib kelgan boʻlsada, bu Misr hukumatida shubha uygʻotdi: ertami-kechmi AQSh har qanday bahonani topib, yillik yordamni butunlay bekor qilishi mumkin. Shu sababli, Misr uchun  oʻz suverenitetini hurmat qiladigan va milliy rivojlanish ambitsiyalariga toʻsqinlik qilmaydigan tashqi hamkorlarni izlash zarurati paydo boʻlmoqda. 

Xitoy – Misr harbiy hamkorligi

Gʻarb davlatlaridan harbiy texnika sotib olishdagi cheklovlar tufayli Misr oʻz harbiy kuchlarini modernizatsiya qilish va mintaqaviy qudratga aylanish uchun yangi hamkorlar izlashga majbur boʻlmoqda. Potensial sheriklar orasida Xitoy eng yaxshi variantlardan biri sifatida koʻrilmoqda, chunki u bilan munosabatlar kamroq siyosiy shartlar va cheklovlarni oʻz ichiga oladi. Shu sababli, Xitoy va Misr allaqachon bir qator sohalarda, jumladan qiruvchi samolyotlar, mudofaa, kiberxavfsizlik va aerokosmik texnologiyalar boʻyicha harbiy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

Xitoy yetakchisi tomonidan eʼlon qilingan "Global xavfsizlik tashabbusi" ushbu hamkorlikni yanada jozibador qiladi. Ushbu loyiha oʻzaro hurmat, aralashmaslik va ikki tomonlama foyda tamoyillariga asoslangan yangi xavfsizlik modelini ilgari suradi. Bu tashabbus allaqachon AQSh va NATO xavfsizlik tamoyillariga muqobil yondashuv sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga, Xitoy ushbu strategiya orqali AQSh va uning ittifoqchilariga harbiy vositalarsiz, diplomatik va iqtisodiy usullar bilan qarshi turish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Aniqroq aytganda, Xitoy yuqori sifatli va ilgʻor texnologiyalarni nisbatan arzonroq narxlarda taklif qilish orqali Misrning anʼanaviy ittifoqchilari — AQSh va Yevropa mamlakatlarini bu mintaqadan siqib chiqarmoqda. Ayniqsa, AQShning F-16 qiruvchi samolyotlari texnologik yutuqlar va narx boʻyicha allaqachon Xitoyning J-10C qiruvchi samolyotlariga yutqazmoqda. 

Yaqinda Misr Xitoyning J-10C qiruvchi samolyotlarini sotib olish masalasida Pekin bilan muzokaralar olib bordi. Ushbu kelishuv 2024 yil 19 avgustda imzolangan boʻlib, bu Misrning harbiy strategiyasidagi sezilarli oʻzgarish va Yaqin Sharqdagi kengroq geosiyosiy qayta shakllanishni aks ettiradi. 

AQSh tomonidan yetkazib berilgan samolyotlar bilan taqqoslaganda, yangi J-10C samolyotlari bir qator muhim jihatlardan farqlanadi. Birinchidan, J-10C toʻrtinchi avlod qiruvchi samolyoti boʻlib, Gʻarb variantlariga nisbatan ilgʻor imkoniyatlarni ancha arzon narxlarda taqdim etadi. Xususan, J-10C ning narxi taxminan 40-50 million dollar atrofida baholanmoqda, holbuki AQSh tomonidan Isroilga yetkazib berilayotgan F-16 ning soʻnggi versiyasi (F-16V) taxminan 65-70 million dollarga tushadi.

Ikkinchidan, J-10C AESA (Active Electronically Scanned Array) radari va ilgʻor elektron urush tizimlariga ega boʻlib, zamonaviy harbiy samolyotlar bilan raqobatlasha oladi. Bundan tashqari, samolyot Rossiyaning Lyulka-Saturn AL-31FN turboventilyatorli dvigateli bilan jihozlangan boʻlib, u 2200 km/soat maksimal tezlik va 3200 km masofaga uchish imkoniyatiga ega. 

Shuningdek, ushbu qiruvchi samolyot Xitoy tomonidan ishlab chiqilgan PL-10 qisqa masofali havo-havo raketasi bilan jihozlangan. Bu raketa "Thunderbolt-10" nomi bilan ham tanilgan boʻlib, ilgʻor infraqizil (IIR) nishonga olish tizimiga ega. Bu texnologiya raketaga istalgan burchakdan hujum qilish imkonini beradi va nishonlarni ularning shakli asosida aniqlash mexanizmini oʻz ichiga oladi. 

Shu bilan birga, Misr va Xitoy oʻrtasida havo mudofaasi sohasida ham bir qancha muzokaralar olib borilgan. Masalan, "Tactical Report" maʼlumotlariga koʻra, 2022 yil yanvar oyida Xitoy Misrga nomaʼlum miqdordagi Wing Loong I-D uchuvchisiz jangovar samolyotlarini yetkazib berish masalasida muzokaralar oʻtkazgan.

Shuningdek, 2024 yil 14 oktabr kuni Misr Harbiy-havo kuchlarining 45 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan rasmiy efirda Mudofaa vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilingan maʼlumotga koʻra, "Misr armiyasi dunyoning eng zamonaviy qurollari bilan boyitildi, jumladan, koʻp maqsadli Rafale qiruvchi samolyotlari, F-16 qiruvchi samolyotlari, Boeing AH-64 Apache vertolyotlari va Xitoyning Wing Loong jangovar samolyotlari." Bu esa shuni anglatadiki, Xitoyning qiruvchi samolyotlari allaqachon AQSh samolyotlari bilan bir qatorda Misr harbiy-havo kuchlari tarkibiga kirishga ulgurdi.

Misrning harbiy hamkorlari Gʻarbdan Sharqqa siljishining ehtimoliy oqibatlari

Garchi bu qaror ayrim muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoli boʻlsa-da, Misr mavjud vaziyatdan foyda olish imkoniyatiga ham ega. Birinchidan, bu harakat bilan bogʻliq muammolarni hisobga oladigan boʻlsak, eng avvalo, Misr Xitoy bilan yaqin harbiy aloqalarni boshlagandan soʻng iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Ayniqsa, agar bu aloqalar Isroil va AQSh manfaatlariga zid boʻlsa. 

Hozirda Misr AQSh bozoriga bojxona toʻlovlarisiz mahsulot eksport qilish imkoniyatiga ega. Bunga faqat belgilangan Sanoat Imtiyozli Zonalar(QIZ)ida  ishlab chiqarilgan va kamida 10,5% Isroil tarkibiy qismini oʻz ichiga olgan mahsulotlar kiradi. AQSh Kongressi 1996 yilda AQSh-Isroil Erkin Savdo Shartnomasi doirasida QIZ dasturini yaratgan boʻlib, u Misrning toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatini rivojlantirishda muhim rol oʻynagan. 

Ushbu sektor mamlakatdagi eng qadimiy va eng yirik sanoat tarmoqlaridan biri boʻlib, taxminan 1 million ishchi bandligini taʼminlaydi hamda Misrning ishlab chiqarilgan mahsulotlari eksportining qariyb 30% ini tashkil etadi. Agar Misr Xitoy harbiy texnikalarini sotib olish orqali oʻz harbiy salohiyatini diversifikatsiya qilish qarorini qabul qilsa va bu AQSh yoki Isroil bilan aloqalarga taʼsir qilsa, Qohira iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Shunga qaramay, barcha yirik davlatlarning mintaqadagi manfaatlarini hisobga olgan holda, Misr oʻz harbiy kuchlarini diversifikatsiya qilishni davom ettirishi uchun yanada muhimroq zaruriyat mavjud.

Jahon tartibi oʻzgarib, yangi super kuchlar paydo boʻlayotgan bir paytda, Misrning harbiy diversifikatsiyasi unga AQSh harbiy taʼminotiga bogʻliqlikni kamaytirish imkonini beradi. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mintaqasidagi geosiyosiy noaniqliklar shuni koʻrsatmoqdaki, Misr kabi oʻrta darajadagi davlatlar oʻz raqiblari bilan teng raqobatlashish uchun bir nechta hamkorlik variantlarini koʻrib chiqishga majbur. Shu sababli, Misrning Xitoy bilan yangi harbiy hamkorligi zamonaviy qurollarni yanada kengroq va arzonroq narxlarda sotib olish imkonini beradi hamda harbiy qudratini oshirishga xizmat qiladi.

Yuqorida koʻrib muhokama qilinganidek, Misrning Sharqqa tomon siljishiga bir nechta sabab va motivlar mavjud. Strategik himoyalanish, cheklanmagan harbiy rivojlanish va muqobil mudofaa hamkorlarini izlash ushbu jasoratli qarorning asosiy omillaridir. Bu oʻzgarish nafaqat Misrning geosiyosiy rolini kuchaytiradi, balki MENA mintaqasida kengroq qayta shakllanish jarayonini ham aks ettiradi.

Biroq, potensial muammolarni ham hisobga olish muhim. Misr va AQSh oʻrtasidagi harbiy va iqtisodiy aloqalar shuni anglatadiki, Xitoy bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha har qanday keskin qadam sezilarli iqtisodiy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, agar Vashington Misrning Xitoy bilan aloqalarini salbiy signal sifatida qabul qilsa, Qohira AQSh harbiy yordami va QIZ dasturi kabi muhim savdo kelishuvlari imkoniyatlarini yoʻqotish xavfini tugʻdiradi. Ushbu dastur Misr iqtisodiyotida hal qiluvchi rol oʻynaydi.

Bu xavflarni kamaytirish uchun Qohira oʻz diversifikatsiya strategiyasini ehtiyotkorlik bilan boshqarishi lozim. Strategiya Xitoy bilan rivojlanayotgan aloqalar AQSh bilan mavjud hamkorlik hisobiga emas, balki unga qoʻshimcha tarzda olib borilishi kerak. Ushbu yondashuv uzoq muddatli foyda keltiradimi yoki kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi, Misr hukumatining oʻz strategiyasini qay darajada samarali amalga oshirishiga bogʻliqdir. Ammo aniq narsa shuki, Misrning Xitoy bilan hamkorligi uning geosiyosiy yoʻnalishini sezilarli darajada oʻzgartirmoqda.
 

Jasur Ravshanov

Mavzuga oid yangiliklar

Rasm sun'iy intellektda yaratilgan

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?

Xitoy bosh vaziri Li Syan va AQSH davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Pekin mintaqada hamkorlikni kuchaytirayotgan bir paytda, Vashington rasmiysi ham 200 dan ortiq biznes vakili bilan Markaziy Osiyoga tashrif buyurmoqda.

Siyosat

17.10.2026, 12:12

AQSh Britaniyadan bombardimonchi samolyotlarini qaytib oldi

AQSh Eron bilan bog‘liq ehtimoliy xavfsizlik tahdidi ortidan Buyuk Britaniyadagi RAF Fairford bazasidan barcha bombardimonchi samolyotlarini olib chiqdi.

Jahon

05.10.2026, 10:22

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi

Hindiston AQSh va Xitoy peshqadamlik qilayotgan SI sohasida mustaqillikka erishmoqchi. Mamlakat xorijiy texnologiyalarga qaramlikni kamaytirib, mahalliy Deep Tech sanoatini rivojlantirishga urinmoqda.

Fan-texnologiya

29.09.2026, 16:13

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi

Si Szinpinning AQSHga rejalashtirilgan tashrifi oldidan Vashington va Pekin SI xavfsizligi va rivojlanishi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.

Jahon

15.09.2026, 11:42

Netanyahu Tramp taklif qilgan Ğazo rejasini rad etdi

Netanyaxu örtalarida kelişmovçiliklar kuçayib borayotgan Trampni “Oq uydagi eng buyuk döstimiz” deb atadi, şu bilan birga unga qarşi çiqişga tayyorligini ham oçiq aytdi.

Siyosat

10.08.2026, 11:14

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining fuqarolik yadro energetikasi dasturini rivojlantirishga yo‘l ochuvchi muhim kelishuvni rasman ma’qulladi. 30 yilga mo‘ljallangan bitim qiymati o‘nlab milliard dollarga baholanmoqda. 

Jahon

22.07.2026, 11:10

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi

Qirğiziston Rossiyaga iş va’dasi bilan borib, aldangan va uruşga yuboriliş xavfi ostida qolgan qirğizistonlik yigitni vataniga qaytarişni söramoqda.

Siyosat

06.11.2026, 17:40

Diogo Jota xotirasiga bag‘ishlangan gullar va muxlislar qoldirgan yodgorliklar

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar

Futbol millionlab insonlarni birlaştiradigan, muxlislariga unutilmas lahzalar va hayajonli uçraşuvlarni taqdim etadigan sport turi. Biroq uning tarixida faqat gollar, sovrinlar va ğalabalar bilan emas, balki ayançli fojialar bilan ham yodda qolgan voqealar bor.

Sport

06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi

Qozoğistonda benzin, dizel yoqilğisi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini avtomobil transportida olib çiqişga qöyilgan taqiq yana olti oyga uzaytirildi. 

Iqtisodiyot

06.11.2026, 14:48

Серджио Гор портрети

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?

AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.

Siyosat

06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?

2026-yilning 3-noyabrida demokrat Gari Piters qayta saylanişga öz nomzodini qöymaganidan söng böşab qolgan örin uçun kuraş keskin tus oldi. Saylov poygasida Demokratik partiya nomzodi Abdul Al-Sayed ğalaba qozondi.

Siyosat

05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyatiga yakun yasamoqda. Beş karra “Oltin töp” sohibi xayrlaşuv xatida rekordlar va sovrinlardan köra, xalq qalbidan joy oliş muhimroq ekanini ta’kidladi.

Sport

05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi

Donald Tramp jamoasining boş sotsiologi Toni Fabritsio respublikaçilar uçun oraliq saylovlar natijasi salbiy bölgan taqdirda Isroildan siyosiy boşpana söraşini aytdi.

Siyosat

05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi

Ayrim hududlarda suv narxi oşdi, kelasi yildan esa tariflarni belgilaş tartibi ham özgaradi.

Iqtisodiyot

31.10.2026, 13:00

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →