Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 14:18

Yoʻlak urushlari yoxud Asaddan keyingi davrda Suriyadagi Turkiyaning energiya loyihalari

Asad rejimining qulashi ortidan voqealar rivojining sabablarini tushuntiradigan har xil "nazariyalar" paydo boʻldi. Versiyalardan biri buning ortida butunlay Turkiya turgani, bu esa Suriya va oʻz hududi orqali Qatardan Yevropaga gaz quvurini qurish loyihasini jonlantirayotgani haqidagi taxmindir. Shunga koʻra, Anqara Rossiya, Kaspiy dengizi havzasi, Sharqiy Oʻrtayer dengizi, Fors koʻrfazidan gaz oqimini toʻxtatib, kontinental gaz markazi sifatidagi strategik maqomini yanada mustahkamlamoqchi. Bu haqiqatmi yoki yoʻq? Aniqlik kiritish zarur.

Foto: Anadolu

Qatar-Yevropa gaz quvuri

Siyosiy xaritaga qarasak, quvur liniyasi Saudiya Arabistonini hech boʻlmaganda quruqlikdan aylanib oʻtolmasligini koʻramiz. Ar-Riyod har qanday sharoitda ham bu loyihaga yashil chiroq yoqishini tasavvur qilish qiyin. Ikki monarxiya oʻrtasidagi iqtisodiy va mafkuraviy chigal qarama-qarshiliklar hanuzgacha murakkab. 2017 yilda tomonlar qurolli toʻqnashuv yoqasida edi. Endilikda keskinlik biroz pasaygan, ammo raqobat saqlanib qolmoqda.

Fors koʻrfazi suvlari orqali Quvaytga va undan keyin Iroqqa chiqish bilan xalqaro huquqiy va ekologik nuqtai nazardan qimmat va shubhali potensial yoʻl saqlanib qolmoqda. Iroqdagi asosiy manfaatdor tomon global gaz bozorida raqobatchilarga muhtoj boʻlmagan va 16-17-asrlardagi Usmonli-Fors urushlaridan beri Turkiyaning kuchayishini istamagan Eron boʻlib qolmoqda. Demak, hozircha Suriyada nima boʻlishidan qatʼi nazar, Qatar quvuri haqida unutish mumkin.

 

EastMed suv osti gaz quvuri

Sharqiy Oʻrta yer dengizi, uning pastki shelfida milliardlab kub metr tabiiy gaz yotadi. Turkiyaning Liviya bilan shelf va suv maydonini boʻlish toʻgʻrisidagi kelishuvi Saudiya Arabistoni, Amirliklar, Iordaniya, Italiya, Fransiya va hatto Hindistondan iborat, Misr, Gretsiya, Isroil, Kiprdan iborat muqobil koalitsiyani mustahkamlanishiga olib keldi. Ayni paytda ishtirokchilar EastMed suv osti gaz quvurini qurish boʻyicha xalqaro konsorsiumni tuzdilar. AQSh EastMed loyihasini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi. Bu bilan loyiha boshi berk koʻchaga kirib qolganga oʻxshaydi.

Turk gaz markazi

Konsepsiyaning mohiyati, sodda qilib aytganda, strategik afzallik sifatida pul va siyosiy vositalarni olish evaziga xorijiy gazni Yevropa yoʻnalishiga tortishdir.

Yevropalik isteʼmolchilar, albatta, qoʻshimcha gazni mamnuniyat bilan qabul qilishadi. Biroq, oʻz mijozlarini shantaj qilish orqali yetkazib beruvchi maqomini strategik taʼsirga aylantirmoqchi boʻlgan Rossiya tomonidan bir marta yoqib yuborilgan Yevropa yana barcha "tuxumlarni bitta savatga qoʻyishi" dargumon.

Yevropa gaz bozorining diversifikatsiyasi ortga qaytmas jarayondir va u faqat kengayib boradi, jumladan Norvegiya, Jazoir, Nigeriya, Amerika va Qatar quvurlari va suyultirilgan gaz orqali. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Anqaraning dastlab nazariy jihatdan benuqson gaz strategiyasi geosiyosiy muhitning tez evolyutsiyasi taʼsirida qolib ketmoqda.

Yuqorida aytilganlarning barchasi strategiyaning toʻliq qulashini anglatmaydi. Birinchidan, Turkiya hozirgi sharoitda (Turk oqimi quvuri orqali) Rossiya gazini eksport qiluvchi yagona tranzit davlat hisoblanadi.

Ikkinchidan, Ozarbayjondan tabiiy gaz muntazam ravishda TANAP (Trans Anadolu Pipeline) / TAP (Trans Adriatic Pipeline) quvur liniyasi va uning Bolqon filiallari orqali Yevropa isteʼmolchilariga yetkazib berilmoqda.

Rossiyaning energiya eksportiga Gʻarb sanksiyalarining kuchayishi sharoitida Kaspiy gaz vektorining ahamiyati yanada ortib bormoqda. Ayniqsa, Turkmaniston va Qozogʻiston tabiiy gazini Transkaspiy quvuri orqali ulash varianti hali ham inkor etilmaydi. Biroq bu yoʻnalish amalga oshmasa ham, Ozarbayjon uzoq vaqt davomida Kavkaz-Anadolu quvurini gaz bilan toʻldirishi mumkin. (Bilgin_RUS kanali maʼlumotlari asosida)

Siyosatshunos Muxtor Nazirov

Mavzuga oid yangiliklar

Dunyo siyosatiga qutblanishlarning taʼsiri

Xalqaro munosabatlar bugungi kunda bir nechta chuqur oʻzgarishlar taʼsirida shakllanmoqda - bu esa siyosatchilar uchun jarayonni anglash va zarur choralarni koʻrishda jiddiy sinov boʻlib qolmoqda. Jahon siyosati barqarorlik doirasidan chiqib, tobora koʻproq tartibsizlik sari harakatlanmoqda, xususan, Tramp maʼmuriyatining Oq Uyga qaytishi bilan bu yanada yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Ayni oʻzgarishlardan biri - texnologik markazlarning anʼanaviy hududlardan chekkaroq, noanʼanaviy mintaqalarga siljishi boʻlib, bu global tenglik va kuch muvozanatini oʻzgartirib yubormoqda. Shu bilan birga, oʻta oʻng va oʻta chap siyosiy kuchlar oʻrtasidagi tafovut keskin ortib bormoqda - bu esa siyosiy tizimlarda radikallashuv xavfini kuchaytiradi.

Siyosat

24.04.2025, 15:36

Turkish and Israel

Keskinlashgan Isroil-Turkiya munosabatlari yoxud "yangi usmoniylik" siyosati

2024-yil soʻnggida Suriyada Bashar Asad rejimi qulagach vaziyat keskin oʻzgardi. Turkiya Suriyada Eronning oʻrnini egallashga va mamlakatda harbiy bazasini joylashtirishga harakat qilmoqda. Suriya bilan qoʻshma mudofaa shartnomasiga koʻra Palmira, Hama va T 4 aviabazasi Turkiyaga berilishi koʻzda tutilgan edi. Shuningdek, soʻnggi haftalar davomida turkiyalik mutaxassislar tomonidan ushbu harbiy bazalar koʻzdan kechirilgan edi.

Siyosat

12.04.2025, 13:43

Vashington va Qobul: munosabatlarda yangi bosqich boshlanmoqdami?

­­Amerikalik diplomatlarning yaqinda Kobulga qilgan tashrifi Qo‘shma Shtatlar va Tolibon harakati o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘lidagi ilk ehtiyotkor qadamlar bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Siyosat

11.04.2025, 18:49

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi

13-kuni Hindiston harbiy-transport samolyoti mamlakatning olis shimoli-sharqidagi harbiy havo kuchlari bazasiga qo‘nayotib qulab tushdi.

Jahon

13.06.2026, 13:47

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi

Xorijiy va nodavlat universitetidan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, unga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Ta'lim

13.06.2026, 12:34

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi

So‘rov kelasi payshanba kuni Ukraina mudofaasi bo‘yicha Muloqot guruhining yig‘ilishida bildiriladi.

Jahon

13.06.2026, 09:46

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi

Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi vatanidagi Ebola epidemiyasi sababli Yevropada uch hafta izolyatsiyada qolishga majbur bo‘lgach, nihoyat Jahon chempionati uchun AQShga yetib keldi.

Sport

12.06.2026, 14:57

Qozog‘istonda milliy valyuta (Тенге) nomi o‘zgarmoqda

Qozog‘istonda yangi konstitutsiyaviy modelga muvofiqlashtirish maqsadida, 1-iyuldan soliq kodeksidagi "Тенге" nomiga tuzatishlar kiritiladi.

Jahon

12.06.2026, 13:29

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi

Yevropa Ittifoqi 2013–2024-yillar oralig‘ida afg‘onistonliklardan boshpana so‘rab topshirilgan bir millionga yaqin arizani qabul qilgan.

Jahon

12.06.2026, 11:37

Jeffri Epshteyn menga shantaj qilgan — Bill Geyts

Texnologiya milliarderining aytishicha, Epshteyn uning nikohdan tashqari munosabatlariga oid maxfiy ma’lumotlar bilan Geytsga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Jahon

11.06.2026, 16:29

“Biz hukumatlar qarorini bekor qiloladigan qirol emasmiz” – Infantino

FIFA rahbari somalilik hakamning AQShga kiritilmaganini izohlar ekan, o‘z tashkiloti hukumatlar siyosatiga aralasha olmasligini aytdi.  

Sport

11.06.2026, 14:44

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi

Shri-Lankaning  yillik plastik chiqindilari hajmi – 250 000 metrik tonna. Biroq uning oz qismigina qayta ishlanadi. Chiqindilarning aksariyati poligonlar, suv havzalari va okeanga borib tushadi.

Jahon

11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi

Bitim bo‘yicha pilot dastur amalga oshirilib, Shvetsiya mehnat bozori ehtiyojlari o‘rganiladi, shved tili va kasbiy tayyorgarlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Oʻzbekiston

11.06.2026, 10:11

Ozarbayjon muxolifat yetakchisi Ali Karimli “davlat to‘ntarishiga urinish”da ayblanmoqda

Aliyevlar rejimining boshog‘rig‘iga aylanib qolgan Ali Karimli aybdor deb topilsa, 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Jahon

10.06.2026, 17:42

Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron, avans - bo‘nak: yuridik atama va tushunchalar o‘zgartirilmoqda

9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda  qonunlardagi 7 ta so‘zni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish taklif etildi. 

Oʻzbekiston

10.06.2026, 15:26

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi

O‘zbekistonlik talaba qiz global plastik muammosiga innovatsion yechim topgani xabar qilinmoqda

Fan-texnologiya

10.06.2026, 11:35

Yana Pokiston Afg‘onistonga halokatli zarbalar berdi. Qurbonlar bor

Islomobod hujumlar jangarilarga qarshi qaratilganini aytmoqda, ammo Kobulning ta’kidlashicha, bu — tinch aholiga qilingan tajovuz.

Jahon

10.06.2026, 10:07

“Shippaklar mamlakati” – isroillik vazir Italiyani haqorat qildi

Rim G‘azoga yo‘l olgan faollarga qilgan yomon munosabati yuzasidan Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvirga nisbatan tergov boshladi. Bunga javoban Ben Gvir Italiyani masxaraladi.

Jahon

09.06.2026, 17:36

Shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yiliga 132 soat vaqt tejamoqda – tadqiqot

Sun’iy intellekt shifokorlarning vaqtini tejamoqda. Biroq sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislarining aksariyati ushbu texnologiya bo‘yicha o‘qitish yetarli yoki umuman mavjud emasligini aytishmoqda.

Fan-texnologiya

09.06.2026, 16:34

Latviya osmonida Rossiya droni urib tushirildi

NATO qiruvchi samolyotlari Rossiya tomondan Latviya havo hududiga kirib kelgan dronni yo‘q qildi. Bu hodisa 4 yillik urushning Ukraina tashqarisiga tarqalishi borasidagi xavotirlarni kuchaytirdi.

Jahon

09.06.2026, 15:23

“Soliq Mobile” orqali 3,2 mlrd so‘m keshbek talon-toroj qilindi

Farg‘ona viloyatida “Soliq Mobile” ilovasi orqali 3,2 mlrd so‘m mablag‘lar “Keshbek” sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi.

Oʻzbekiston

09.06.2026, 12:21

Bukmekerlikni reklama qilish qonunchilikka zid – Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi

Futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishi arafasida ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida bukmekerlik xizmatlari, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi reklamalar tarqalishi faollashdi.

Oʻzbekiston

09.06.2026, 11:54

“Zudlik bilan to‘xtang“ – Tramp Eron va Isroildan o‘t ochmaslikni so‘ramoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa AQSH prezidentiga "Yo‘q" demoqda.

Jahon

08.06.2026, 17:33

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →