BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi
575 million yevrolik keskin tejamkorlik, 2000 tagacha ish o‘rni qisqarishi va Trampning 10 milliard dollarlik sud da’vosi — BBCning turli muammolari bir nuqtada jamlanmoqda.
Jahon
16.04.2026, 10:14
Ulashish:

Chorshanba kuni BBC yaqin ikki yil ichida 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Vaqtinchalik bosh direktor Rodri Talfan Devisning AFP axborot agentligiga bergan bayonotida qisqartirishlar BBCning “jiddiy moliyaviy bosimlarga duch kelayotgani va ularga zudlik bilan chora ko‘rish zarurati” tufayli yuzaga kelganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot o‘zining 5,7 milliard yevro miqdoridagi operatsion xarajatlaridan 575 million yevro qisqartirishi kerak. Tejamkorlik choralarining asosiy qismi 2027 va 2028-yillarga to‘g‘ri keladi.
Bu teleradiokompaniyadagi so‘nggi 15 yildagi eng yirik ish o‘rinlari qisqarishi bo‘ladi.
BBC sun’iy intellekt va foydalanuvchilar odatlarining o‘zgarishi tufayli beqarorlashib borayotgan media muhitida ish o‘rinlarini qisqartirmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp telekanalni 10 milliard dollar (8,4 milliard yevro) miqdorida tuhmatda ayblab, sudga berdi. Bunga telekanal efirga uzatgan hujjatli filmda uning 2021-yil AQSh Kapitoliysidagi g‘alayonlar oldidan so‘zlagan nutqi o‘zgartirilgani, go‘yoki u o‘z tarafdorlarini Kongress binosiga hujum qilishga ochiqdan-ochiq da’vat etgandek ko‘rsatilgani sabab bo‘lgan.
Kelasi oydan boshlab BBCda Google’ning sobiq rahbari Mett Brittin yangi bosh direktor bo‘lib ish boshlaydi. Uning tayinlanishi korporatsiyani transformatsiya davridan olib o‘tish vazifasi bilan bog‘liq.
BBC kontentni ko‘rish yoki tinglash uchun litsenziya sotib oladigan aholi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyadagi voyaga yetgan aholining 94 foizi har oy uning xizmatlaridan foydalanadi.
Mart oyidagi hisobotida BBC litsenziya to‘lovlaridan tushgan daromadi 2017-yildan buyon 24 foizga kamayganini ma’lum qilgan.
“Litsenziya to‘lovlari bilan bog‘liq qiyinchiliklar va boshqa bosimlar tufayli 2029-yil mart oyiga qadar umumiy xarajatlarimizni 10 foizga kamaytirishimiz zarur”, — deyiladi hisobotda va bu murakkab tanlov natijasida kontent va xizmatlar ham qisqarish ehtimoli aytib o‘tilgan.
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
So'nggi yangiliklar

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati
Madaniy
20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi
Madaniy
20.05.2026, 12:33
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
