Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 19:21

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

Bugun, 15 yanvar kuni impichmentga uchragan Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda "Yonhap" agentligi xabar qildi. 

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

Qayd etilishicha, bu Janubiy Koreya tarixida birinchi marta amaldagi prezidentni hibsga olish hisoblanadi. Yun Sok Yol qoʻlga olinganidan keyin soʻroq qilish uchun Seul shahri janubidagi Korrupsiya boʻyicha tergov byurosi ofisiga olib ketilgan. 

Soʻroqda Markaziy razvedka boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Li Chje Seung, Yunning advokatlari va boshqa vakillari ishtirok etgan. 

Yun Sok Yol hibsga olinganida soʻng qilgan video murojaatida bu tergovni noqonuniy deb atagan. Uning aytishicha, qon toʻkilishining oldini olish uchun u tergov xonasiga kelishga rozi boʻlgan. 

Maʼlumot uchun, 2024 yilning 14 dekabr kuni Janubiy Koreya Milliy assambleyasi Yun Sok Yolga nisbatan impichment eʼlon qilinganidan soʻng u lavozimdan chetlashtirilgan esi. Hukumat uni hokimiyatni suiisteʼmol qilishda ayblamoqda. 

Shuningdek, Yun Sok Yolʼ oʻtgan yilning 3 dekabrga oʻtar kechasi harbiy holat eʼlon qilinganidan keyin deputatlarning farmonga ovoz berishini toʻxtatish uchun Milliy assambleyaga qoʻshin yuborganlikda ayblanmoqda. 

Hokimiyatdan chetlashtirilgan sobiq prezidentni hibsga olishga birinchi urinish 3 yanvar kuni sodir boʻlgan. Biroq oʻsha vaqtda Yun Sok Yolning qoʻriqchilari politsiyaga nisbatan qarshilik koʻrsatgan edi va uni hibsga olish rejasi muvaffaqiyatsiz tugagan edi.

Jahon

15.01.2025, 13:18

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi

Mazkur kitob Rui Gonsales de Klavixo  yozgan mashhur o‘rta asr xronikasi – “Temur huzuriga elchilik” asari asosida yaratilgan. 

Madaniy

21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti

Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Tayvan prezidenti Lay Ching-te bilan gaplashishini ma’lum qildi.

Jahon

21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi

1-iyuldan “Yagona davlat nazorati” tizimi ishga tushadi. Endi tadbirkor va mansabdor shaxs o‘rtasidagi muloqotlar nazorat qilinadi. Qoidabuzar tekshiruvchi esa “Insofsiz tekshiruvchilar reyestri”ga kiritiladi.

Oʻzbekiston

21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti

Qisqartirishlardan tashqari, Instagram, Facebook va WhatsApp'ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi 6000 kishini ishga yollash rejalarini bekor qiladi hamda 7000 nafar xodimni sun’iy intellekt bilan bog‘liq ish jarayonlariga o‘tkazadi.

Iqtisodiyot

21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati

Markaziy Osiyoni ko‘pincha Rossiya imperiyasining xotiralari, Xitoyning ta’sir doirasi, Ipak yo‘li jozibasi yoki gigant davlatlar raqobati kabi tashqi qarashlar prizmasi orqali ko‘rishgan. Endi eski qolip darz ketib, mintaqa o‘z tarixini so‘zlab berishning yangi yo‘llarini kashf etyapti.

Madaniy

20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi

Yangi xalqaro tadqiqotga ko‘ra, juda kam yoki haddan tashqari ko‘p uyqu miya, yurak, o‘pka va immun tizimining qarishini tezlashtirishi hamda bir qator kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Madaniy

20.05.2026, 12:33

Boliviyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi

Yo‘llar to‘sib qo‘yilgani sababli poytaxt La-Pasda oziq-ovqat, yoqilg‘i va dori-darmon tanqisligi yuzaga kelgan. Minglab odamlar  prezident Rodrigo Pasning iste’fosini talab qilmoqda. 

Jahon

20.05.2026, 10:37

Lotin Amerikasiga yo‘l: Rio-de-Janeyroda O‘zbekiston–Braziliya savdo uyi ish boshladi

Rio-de-Janeyro shahri Braziliyaning muhim moliyaviy, turistik, transport va yirik logistika markazi hisoblanadi. Bu esa o‘zbek eksportchilari uchun nafaqat Braziliya, balki Argentina, Chili, Paragvay, Urugvay, Peru, Kolumbiya bozorlariga chiqish imkonini beradi

Iqtisodiyot

19.05.2026, 17:08

Umumiy sun’iy intellekt poygasi: sohada AQSH kuchlimi yoki Xitoy?

AQSH sun’iy intellekt raqobatida yetakchilikni boy berishi mumkin. Chunki haqiqiy yutuq — ixtiro qilishda emas, birinchi bo‘lib amalda qo‘llashda.

Fan-texnologiya

19.05.2026, 15:55

Toshkentda JAC Motors avtomobil zavodi ishga tushirildi

Kelgusida Toshkentda JAC M4, Sunray, JS8, RF8, T8 va T9 modellarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Iqtisodiyot

19.05.2026, 10:10

Endi o‘zbekistonliklar Italiya qishloq xo‘jaligida ishlashi mumkin

Italiya bilan hamkorlikda Toshkentda qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha markaz faoliyat yuritmoqda. Dastlab traktorlarni boshqaradigan mutaxassislar guruhidan boshlashga qaror qilingan. Shuningdek, dastur ishtirokchilari italyan tilini o‘rganmoqda. 

Oʻzbekiston

19.05.2026, 09:32

Bolalarni himoya qilish tizimi yangilandi: jinoyat va ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi

Voyaga yetmagan shaxs tasvirlangan pornografik materialni tarqatish maqsadida saqlaganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik joriy etildi. Bunday huquqbuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 100 baravarigacha jarima belgilangan.

Oʻzbekiston

18.05.2026, 17:46

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirdi

Seul Shimoliy Koreyaga hukumatga qarshi targ‘ibot varaqalari yuborishni taqiqlash hamda chegara hududlarida karnaylar orqali eshittirishlar berishni to‘xtatishga oid qarorlar qabul qildi.

Jahon

18.05.2026, 16:24

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →