«Oskar–2026»: eng yaxshi film uchun asosiy daʼvogar aniq

Amerika Kinoakademiyasining 98-«Oskar» mukofoti uchun nomzodlar eʼlon qilindi. Dunyo boʻylab kino ishqibozlari kutib olgan ushbu tadbir bu yil ham eng yaxshi film, rejissyor, aktyor va aktrisalar oʻrtasida qizgʻin bahslarga sabab boʻlmoqda.

Ulashish:

2026 yilgi «Oskar» esa alohida eʼtiborga loyiq, chunki tarixiy rekord yangilanadi.

Nomzodlar Beverli-Hillzdagi Semyuel Goldvin teatrida boʻlib oʻtgan marosimda eʼlon qilindi. Tadbirni aktyorlar Deniyel Bruks va Lyuis Pullman olib bordi. Jami 24 ta nominatsiya boʻyicha daʼvogarlar maʼlum qilindi.

 

«Oskar» tarixida yangi rekord

Rayan Kugler suratga olgan «Gunohkorlar» nomli vampir dramasi 16 ta nominatsiya bilan «Oskar» tarixida eng koʻp nomzod koʻrsatilgan filmga aylandi. Shu paytgacha rekord 14 ta nominatsiya bilan «Hamma Yeva haqida», «Titanik» va «La-La Land» filmlariga tegishli edi.

«Gunohkorlar» «Eng yaxshi film», «Eng yaxshi rejissyor», «Eng yaxshi aktyor» (Maykl B. Jordan), «Eng yaxshi original ssenariy» hamda bir qator texnik yoʻnalishlarda nomzod sifatida koʻrsatildi.

 

Yetakchi filmlar va studiyalar

13 ta nominatsiya bilan Pol Tomas Andersonning «Jang ortidan jang» filmi ikkinchi oʻrinda bormoqda. Warner Bros. studiyasi esa jami 30 dan ortiq nominatsiya bilan oʻz tarixidagi eng muvaffaqiyatli mavsumlardan birini qayd etdi.

Shuningdek, «Frankenshteyn», «Marty Supreme» va «Sentimentalnaya sennost» filmlari 9 tadan nominatsiyaga ega boʻldi. NEON mustaqil studiyasi esa «Eng yaxshi xalqaro film» yoʻnalishida 5 ta oʻrindan 4 tasini egallab, diqqat markazida boʻldi.

 

Eng yaxshi aktyor va aktrisa uchun kurash

«Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida Timoti Shalame, Leonardo Di Kaprio, Maykl B. Jordan, Itan Xouk va Vagner Moura oʻrtasida kuchli raqobat kutilmoqda.

«Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasida esa Jessi Bakli, Rouz Birn, Keyt Hadson, Renata Reynsve va Emma Stoun nomzod sifatida koʻrsatilgan.

73 yoshli britan aktyori Delroy Lindo oʻz faoliyatida ilk bor «Oskar» nominatsiyasiga loyiq koʻrildi.

 

Yangi nominatsiya va oʻzgarishlar

2026 yilgi marosimda 2001 yildan beri ilk bor yangi — «Eng yaxshi kasting» nominatsiyasi joriy etildi. Shuningdek, ovoz berish tizimiga ham oʻzgartish kiritildi: endi akademiya aʼzolari ovoz berishdan oldin barcha nomzod filmlarni koʻrganini maxsus ilova orqali tasdiqlashi shart.

 

Nomzodsiz qolganlar

Bu yilgi eng katta syurprizlardan biri «Wicked: For Good» filmining umuman nominatsiya olmagani boʻldi. Shuningdek, rejissyor Gilermo del Toro, aktyorlar Pol Meskal va Cheyz Infiniti ham roʻyxatdan chetda qoldi.

 

Marosim qachon oʻtadi?

98-«Oskar» mukofotini topshirish marosimi 2026 yil 15 mart kuni Los-Anjelesdagi Dolby teatrida boʻlib oʻtadi. Kechani mashhur komik Konan O’Brayen olib boradi. Marosim ABC telekanali va Hulu platformasida jonli efirda namoyish etiladi.

So‘nggi yangiliklar

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi

 

Madaniy

09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida

2025 yil oʻzbek boksi uchun tarixiy yil boʻldi — jahon chempionatlarida rekord natijalar qayd etildi, oltin medallar soni oshdi va ilk bor uch karra jahon chempioni yetishib chiqdi.

Sport

09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi

2025 yilda oʻzbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, mos ravishda 361 ming va 349 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi.

Sport

09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda

Oʻzbekistonda retro-avtomobil egalari 2026 yildan joriy etilishi rejalashtirilayotgan utilizatsiya tizimi va texnik koʻrikdagi cheklovlarga qarshi chiqmoqda.

Oʻzbekiston

09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi

Britaniya bosh vaziri apparati rahbari Morgan Maksuini jinsiy jinoyatlarda ayblangan milliarder Jeffri Epshteyn bilan bogʻliq mojaro ortidan isteʼfoga chiqdi.

Jahon

09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda

Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Asrlar davomida qoʻlyozma va kitoblarda saqlangan uning boy adabiy merosi bugun nafaqat nashrlar, balki internet platformalari orqali ham keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

Madaniy

09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari

Mamlakatda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni oʻzaro bogʻlaydigan 12 yillik uzluksiz taʼlim modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ta'lim

09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda

Salvador, Qozogʻiston, BAA va AQShda millionlab oʻquvchi hamda oʻqituvchilar taʼlimga moslashtirilgan chat-botlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Fan-texnologiya

08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hayʼati yigʻilishida muborak Ramazon oyining boshlanish sanasi boʻyicha qaror qabul qilindi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi

Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalari boʻyicha yangi tartib joriy etildi: agar haydovchi rulda telefondan foydalanishni birinchi marta buzsa, unga jarima solinmaydi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi

AQSh Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan minglab hujjatlarni internetdan olib tashladi. Bu kamida 100 nafar jabrlanuvchining hayotini jiddiy izdan chiqargan. 

Jahon

06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin

Ukrainada yangi Fuqarolik kodeksi qabul qilinsa, ayrim holatlarda 14 yoshdan nikohdan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.

Jahon

06.02.2026, 16:00