Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur
Eron bugungi muzokaralar fonida kamida 6 milliard dollarini qaytarishni talab qilmoqda, umumiy muzlatilgan aktivlar esa 100 milliarddan oshadi.
Jahon
16.04.2026, 14:58
Ulashish:

Eron sanksiyalar sababli yildan yilga zaiflashib bormoqda. 1979-yildan beri qo‘llanib kelinadigan mazkur sanksiyalar Tehronning xorijiy banklarda muzlatib qo‘yilgan neft savdosidan tushgan daromadlar va boshqa aktivlaridan foydalanish imkoniyatini cheklab qo‘ydi.
10-aprel kuni Pokistonda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi boshlanishidan avval Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof har qanday muzokaralar bo‘lishidan oldin Eronning muzlatilgan aktivlari qaytarilishi shartligini ma’lum qildi.
Bir kundan so‘ng Islomobodda bo‘lib o‘tgan sulh muzokaralarida Vashington Eronning mamlakat tashqarisidagi aktivlarining hech bo‘lmaganda bir qismini muzlatishdan chiqarishga rozi bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq ularni AQSH hukumati zudlik bilan rad etdi.
Amaldagi AQSH-Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining muddati tugayapti. Tez orada muzokaralar qayta tiklanishi kutilayotgani bois, bu keskinlik yana yuzaga chiqishi mumkin.
Xo‘sh, Eronning qancha aktivi muzlatilgan, bu mablag‘lar ayni paytda qayerda saqlanmoqda va nega ular Eron uchun juda muhim?
Eronning muzlatilgan aktivlari miqdori

Eronning rasmiy hisobotlari xorijdagi muzlatilgan aktivlarning umumiy miqdorini 100 milliard dollardan ortiqqa baholamoqda.
“Al-Jazira” xabariga ko‘ra, bu aktivlar Eronning uglevodorodlar sotishdan tushadigan yillik daromadidan taxminan uch baravar ko‘pdir.
Bu o‘nlab yillar davomida AQSH boshchiligidagi sanksiyalardan aziyat chekib kelayotgan jamiyat uchun juda katta summa.
Biroq AQSH aktivlarni qaytargan taqdirda ham ularning qanday ishlatilishiga shart qo‘yish-qo‘ymasligi hozircha noaniq.
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama davrida g‘aznachilik kotibi bo‘lib ishlagan Jeykob Lyu 2016-yilda barcha sanksiyalar bekor qilingan taqdirda ham Eron chet elda muzlatilgan aktivlarining hammasidan foydalana olmasligini aytgan.
O‘sha paytda Eron sanksiyalarni yengillashtirish evaziga yadroviy dasturini to‘xtatish bo‘yicha AQSh va boshqa davlatlar bilan muhim kelishuvga erishgandi.
Lyuning ma’lum qilishicha, aslida Eron muzlatilgan aktivlarining ko‘pi bilan yarmidan foydalana olishi mumkin, chunki qolgan qismi avvalgi qilingan sarmoyalar yoki qarz to‘lovlari uchun yo‘naltiriladi.
Hozirgi kunda Tehronning sulh muzokaralaridagi asosiy talabi — ishonchni mustahkamlash chorasi sifatida o‘zining muzlatilgan aktivlaridan kamida 6 milliard dollarini qaytarib olish.
Aktivlarning muzlatilishi

Biror shaxs, kompaniya yoki davlat markaziy bankining mablag‘lari, mulki, qimmatli qog‘ozlari boshqa bir davlat hukumati yoxud xalqaro tashkilot tomonidan vaqtincha saqlab turilishi – aktivlarni muzlatish deyiladi.
Aktivlar sud, boshqa davlat, xalqaro organ yoki bank muassasasi tomonidan muzlatilishi mumkin. Davlatlar rasman boshqa bir mamlakat yoki kompaniyaning aktivlarini jinoiy faoliyat, pul yuvish yoki xalqaro huquq normalarini buzganlik ayblovlari bilan muzlatib qo‘yadi.
Biroq tanqidchilar fikricha, odatda bu amaliyot G‘arb davlatlarining raqiblarini nishonga olish uchun tanlab qo‘llaniladi.
Masalan, Isroil inson huquqlarini poymol qilish, noqonuniy urushlar olib borish va aparteidni amalga oshirishda bir necha bor ayblangan. Shunga qaramay, uning xorijdagi aktivlari birorta davlat tomonidan muzlatilmagan.
Eron, Rossiya, Shimoliy Koreya, Liviya, Venesuela va Kuba xorijiy hukumatlar tomonidan aktivlari muzlatib qo‘yilgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Ularning barchasini bog‘lab turuvchi umumiy jihat — AQShning xalqaro maydondagi gegemonligiga qarshi chiqqani.
Eron aktivlarining muzlatilish sabablari
Eron aktivlari ilk bor 1979-yil noyabrda muzlatilgan. O‘shanda AQSH prezidenti Jimmi Karter Eron Qo‘shma Shtatlarning milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga noodatiy va favqulodda tahdid solmoqda, deb bayonot bergan.
Bu vaqtda eronlik talabalar AQSHning Tehrondagi elchixonasida 66 nafar amerikalik fuqaroni garovda ushlab turgan edi.
O‘sha paytdagi G‘aznachilik kotibi Uilyam Miller jurnalistlarga Eronning likvid aktivlari miqdori 6 mlrd dollardan kam bo‘lib, uning eng katta qismi Nyu-York Federal zaxira bankidagi 1,3 mlrd dollarlik veksellar ekanini aytgan.
1981-yilda Jazoir vositachiligida AQSH va Eron o‘rtasida bitimlar tuzilgan. Natijada Eronning o‘sha paytgacha ushlab turilgan 52 nafar amerikalik asirni ozod qilishi evaziga Qo‘shma Shtatlar ushbu aktivlarning asosiy qismini chiqardi.
Biroq keyingi yillarda Vashingtonning Tehron yadroviy dasturidan xavotirlangani sababli munosabatlar yomonlashishda davom etdi.
Garchi Eron uranni fuqarolik energetikasi uchun zarur bo‘lgan me’yordan ancha yuqori darajada boyitgan bo‘lsa-da, u o‘zining uran boyitish dasturi faqat tinch maqsadlarga mo‘ljallanganini doim ta’kidlab keladi.
Isroil va AQSH Eronni ko‘p bora yadroviy qurol yaratish uchun uran boyitayotganlikda ayblagan.
AQSH va uning ittifoqchilari, xususan Yevropa mamlakatga nisbatan bir necha bor sanksiyalar qo‘llagan. Vaholanki, Yaqin Sharqda maxfiy dastur asosida yaratilgan yadroviy qurolga ega bo‘lgan yagona davlat – Isroil bunday cheklovlarga duch kelmagan.
2015-yilda Eron AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Barak Obama vositachiligida jahonning qudratli davlatlari bilan JCPOA (Umumiy qo‘shma harakatlar rejasi) deb nomlangan bitimni imzoladi.
Ushbu bitimga ko‘ra, Tehron o‘z yadroviy dasturini cheklashga rozi bo‘ldi va buning evaziga xorijdagi aksariyat aktivlaridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi.
Biroq 2018-yilda Donald Tramp AQShni bitimdan bir tomonlama chiqarib, uni “xolis emas” deb atadi. Eronga qarshi sanksiyalarni qayta joriy qilib, uning xorijiy aktivlarini yana muzlatib qo‘ydi.
2023-yilda esa AQSh va Eron mahbuslar almashinuvi to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, AQShda qamalgan bir nechta Eron fuqarosining chiqarilishi hamda Janubiy Koreyada muzlatib qo‘yilgan 6 milliard dollarlik mablag‘lardan foydalanishga ruxsat berilishi evaziga Tehron besh nafar AQSh fuqarosini ozod etdi.
Yevropa Ittifoqi ham Eronni inson huquqlarini poymol qilganlikda, yadroviy majburiyatlarga rioya etmaslikda, terrorizmni qo‘llashda hamda dron dasturi orqali Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini dastaklashda ayblab, mamlakat markaziy banki aktivlarini qisman muzlatib qo‘ygan.
Muzlatilgan Eron aktivlari qayerda?

Eronning muzlatilgan aktivlari bir nechta davlatda saqlanadi. Ularning har birida qancha mablag‘ saqlanayotgani aniq emas.
Biroq Eron OAV avvalroq Yaponiya taxminan 1,5 milliard, Iroq 6 milliard, Xitoy kamida 20 milliard va Hindiston 7 milliard dollar mablag‘ga egalik qilayotgani haqida xabar bergan edi.
Shuningdek, AQShda Eronning bevosita muzlatilgan 2 milliard dollarlik aktivlari mavjud, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1,6 milliard dollarni tashkil etadi.
Qatarda taxminan 6 milliard dollar bor – bu mablag‘ Eronga to‘lov qilish uchun Janubiy Koreyadan o‘tkazilgan, ammo keyinchalik AQSh tomonidan bloklab qo‘yilgan.
Ular Eronga qanchalik zarur?

Eron iqtisodiyoti inqirozda. O‘n yillik sanksiyalar uning neft eksportini cheklab, investitsiyalarni jalb qilish hamda sanoat va texnologiyalarini modernizatsiyalash imkoniyatlarini to‘xtatib qo‘ydi.
Inflyatsiyaning keskin o‘sishi va milliy valyuta – rialning qadrsizlanishi dekabr hamda yanvar oylarida ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi, keyinchalik bu namoyishlar hukmron tuzumga qarshi keng ko‘lamli harakatga aylanib ketdi.
Xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘tkazilgan bostirishlar chog‘ida minglab odamlar halok bo‘ldi. Eron rasmiylarining da’vo qilishicha, bu qotilliklar uchun AQSH va Isroil tomonidan moliyalashtirilgan hamda qurollantirilgan “terrorchilar” mas’uldir. Yaqinda Tramp AQSH namoyishchilarning bir qismini qurollantirganini tasdiqladi.
Shunday sharoitda muzlatilgan aktivlar Eron bemalol foydalanishi mumkin bo‘lgan tayyor naqd puldir. 100 milliard dollar mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb choragini tashkil etadi.
Eronning neft konlari, suv tizimlari va elektr tarmoqlari eskirmoqda, agar mamlakat aktivlariga erkin kirish imkoniga ega bo‘lsa, yirik sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qila oladi.
Shuningdek, mamlakat urushdagi yirik talafotlarni ham bartaraf etishi lozim, aktivlarning ochilishi bu jarayonni tezlashtiradi.
Agar AQSH tomonidan aktivlarning muzlatilishi bekor qilinsa, bu Eronning xalqaro davlatlar va qo‘shnilari bilan savdo hamda integratsiyasini rivojlantirishi mumkin.
Rostdan shunday bo‘ladimi yoki yo‘q – hozircha noaniq. Chunki Tramp ma’muriyati shunaqangi keskin siyosat yuritmoqdaki, uning keyingi qadamlarini taxmin qilish juda qiyin.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Jahon
16.04.2026, 14:58
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub
Madaniy
27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Jahon
27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi
Oʻzbekiston
27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi
Siyosat
27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
