30 yillik eski avtomobillar uchun ekologik to‘lov bekor qilinmoqda

O‘zbekistonda foydalanilgan avtomobillarni utilizatsiya qilish tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamalaridan so‘ng qayta ishlanmoqda.

Ulashish:

30 yillik eski avtomobillar uchun ekologik to‘lov bekor qilinmoqda


Eng muhim o‘zgarishlardan biri — 30 yil va undan eski avtomobillar egalari uchun ekologik kompensatsiya to‘lovini joriy etish haqidagi norma bekor qilinishidir.

Avvalgi loyihada 30 yildan oshgan avtomobillar egalari har yili bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida ekologik kompensatsiya to‘lashi nazarda tutilgan edi. Biroq jamoatchilik fikri inobatga olinib, ushbu talab loyihadan chiqarilmoqda.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda qariyb 5 millionta avtotransport vositasi mavjud. Ularning 100 mingga yaqini texnik nosoz bo‘lib, shaharlardagi zararli chiqindilarning 63 foizi aynan shu transport vositalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shu bois avtomobil parkini yangilash maqsadida yangi mexanizm taklif etilmoqda. Biroq bu jarayon majburiy to‘lovlar emas, balki fuqarolarni rag‘batlantirish asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Taklifga ko‘ra, eski avtomobillar mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan bozor qiymati asosida baholanadi. Harakatlana olmaydigan transport vositalari esa mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Shundan so‘ng avtomobil egasi baholangan qiymatni naqd pul yoki vaucher shaklida olishi mumkin. Vaucher yangi avtomobil sotib olishda boshlang‘ich to‘lov sifatida qabul qilinadi, qolgan mablag‘ni esa 2 yildan 7 yilgacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilishi rejalashtirilgan.

Masalan, qiymati 165 million so‘m bo‘lgan Cobalt avtomobili xarid qilinganda, eski avtomobil 5 million so‘mga baholansa, qolgan 160 million so‘mni 7 yil davomida oyiga taxminan 1 million 900 ming so‘mdan foizsiz to‘lash mumkin bo‘ladi.

Agentlik ta’kidlashicha, qonun loyihasi hali yakuniy qabul qilinmagan. Hujjat jamoatchilik va mutaxassislarning takliflari asosida yanada takomillashtiriladi.

Mavzuga oid yangiliklar

Davlat organlari formasiga o‘xshash kiyim kiyganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Davlat organlari xodimlarining formasiga öxşaş kiyimlarni kiyiş yoki joriy etişga qarşi çoralar kuçaytirilmoqda. Bu fuqarolarni çalğitiş va davlat organlari nomidan işonçning suiiste’mol qilinişini oldini olişga qaratilgan.

Oʻzbekiston

04.08.2026, 14:29

Lotin alifbosini yangilash bo‘yicha qonun Senatga yuborildi

“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Oʻzbekiston

07.07.2026, 12:44

Chirchiq va Qoradaryo baliqlaridan mikroplastik topildi

2025-yil boshida “Nature Medicine” ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, odamning miyasida taxminan 7 gramgacha — ya’ni bir martalik plastik qoshiq og‘irligicha mikro- va nanoplastik zarrachalari to‘planib qolgan. 

Madaniy

06.07.2026, 14:45

Cobalt sotuvlari quladi: UzAuto Motors avtokredit shartlarini yumshatmoqda

UzAuto Motors Cobalt avtomobilini sotib olish uchun avtokredit shartlarini yengillashtirdi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, endi avtomobilni «Ipoteka bank» orqali yillik 21 foiz stavka va 30 foiz boshlang‘ich to‘lov asosida xarid qilish mumkin.  

Iqtisodiyot

03.07.2026, 17:30

1-avgustdan kamyob hayvonlarni ovlash taqiqlanadi

Ov qilish taqiqlangan hayvon turlari uchun endi hech qanday ov kvotasi ajratilmaydi.

Oʻzbekiston

01.07.2026, 15:36

Qoraqalpog‘istonda 672 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Qushlar Qozog‘istonda maxsus parvarish qilinib, zarur tayyorgarlikdan so‘ng Orolbo‘yi hududidagi tabiiy yashash muhitiga qaytarildi. 

Oʻzbekiston

01.07.2026, 12:21

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirmoqchi bo‘ldi – Netanyahu

“Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirishga urindi, shuning uchun xavfsizlik choralari hashamat emas”, – dedi Isroil bosh vaziri.

Jahon

25.08.2026, 14:01

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 5 milliontaga yaqinlashdi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining qariyb 93 foizini yengil avtomobillar tashkil etadi.

Oʻzbekiston

24.08.2026, 14:53

AQSH sudi O‘zbekiston fuqarolariga immigratsion vizalar taqiqini bekor qildi

Nyu-York federal sudi AQSH Davlat departamentining 75 davlat fuqarolariga immigratsion vizalar berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi. Qaror O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolariga ham daxl qiladi.

Siyosat

24.08.2026, 09:36

Rossiyaning Ukrainaga oxirgi hujumlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi jarohatlandi

“Bunday hujumlar terrorchilik harakatlaridan boshqa narsa emas. Biz albatta javob qaytaramiz”, — dedi Zelenskiy.

Jahon

22.08.2026, 10:47

Rossiya tinchlik bo‘yicha yangi takliflarni eshitishga tayyor — rossiyalik rasmiy

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha yangi takliflarni tinglashga ochiq, biroq har qanday taklif “mavjud voqelikni” aks ettirishi lozim.

Siyosat

21.08.2026, 14:32

Ukraina “Masha va ayiq” multserialiga sanksiya joriy etdi

Ukraina “Masha va ayiq” animatsion serialini yaratish va tarqatishga aloqador bo‘lgan besh nafar rossiyalik va to‘rtta tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.

Jahon

21.08.2026, 10:40

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri Donald Trampning Tehronga qarshi yangi kampaniyasini AQSHga nisbatan nafratni kuchaytiradigan “muvaffaqiyatsiz siyosat” deb atadi.

Siyosat

20.08.2026, 16:33

AQSH mintaqa resurslarini talon-toroj qilishni ko‘zlagan — Eron spikeri

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof Qo‘shma Shtatlarning Fors ko‘rfazidagi ishtiroki faqatgina mintaqa resurslarini talon-toroj qilish istagidan kelib chiqishini ta’kidlab, bundan ogohlantirdi.

Siyosat

20.08.2026, 14:50

Rossiya ballistik raketalari hujumi oqibatida Kiyevda kamida 5 kishi o‘ldi

Turar joy binolaridan birida odamlar qamalib qolgan, omborlar va bolalar shifoxonasiga ham zarar yetgan. Ikki slavyan davlati o‘rtasidagi yangi tinchlik muzokaralaridan esa darak yo‘q.

Jahon

20.08.2026, 09:51

Xitoy sun’iy intellekt sohasida raqamli suverenitetni hurmat qilishga chaqirdi

Vashington o‘nlab davlatlarga Xitoy va AQSH o‘rtasidagi sun’iy intellekt poygasida bir tomonni tanlashni aytishga hozirlanmoqda.

Jahon

19.08.2026, 14:34

Toshkent shahri uchun “Noqonuniy qurilish” maxsus Telegram-boti ishga tushdi

Ushbu (@noqonuniy_qurilish_bot) Telegram-bot orqali poytaxtdagi noqonuniy qurilishlar haqida tezkor ma’lumot berish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Oʻzbekiston

19.08.2026, 12:03

BAA Erondan ikkita raketa uchirilganini ma’lum qildi

Raketalar dengiz transporti harakatini nishonga olgan. Ikkala raketa ham dengizga qulab tushgan.

Jahon

19.08.2026, 10:02

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi.

Oʻzbekiston

18.08.2026, 14:53

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon qamoqdan shifoxonaga ko‘chirilmoqda

Pokiston Oliy sudi qamoqdagi sobiq bosh vazir Imron Xonni tibbiy ko‘rik uchun shifoxonaga o‘tkazish haqida buyruq berdi. Aytishlaricha, u o‘ng ko‘zining ko‘rish qobiliyatini deyarli yo‘qotgan.

Jahon

18.08.2026, 14:20

Vaziyat: Eron yangi hujumlarga shay, AQSh sulhni uzaytirmoqchi emas

Eron va AQSh o‘rtasidagi anglashuv memorandumi samarasiz yakunlandi. Tehron Hormuz bo‘g‘ozida harbiy pozitsiyani egallamoqda, Vashington esa muzokaralarni uzaytirishni istamayapti. 

Siyosat

18.08.2026, 11:50

“G‘azo bizniki”: Isroil vaziri har kecha G‘azoda 30–40 nafar falastinlikni o‘ldirishga chaqirdi

Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir falastinliklarni G‘azodan butunlay ko‘chirib, Isroilni ushbu hududda yangi aholi punktlari qurishga chaqirdi. “U yerda yashashga noloyiq odamlar bor. Ular hatto odam ham emas”, – dedi  vazir.

Jahon

17.08.2026, 10:31

Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada

Eron AQShni mag‘lubiyatni tan olishga chaqirdi. Tramp esa Tehronni “o‘ta yovuz” deb atab, amerikaliklarni yoqilg‘i narxi ko‘tarilishiga tayyor turishga undadi.

Siyosat

15.08.2026, 12:13

O'zbekistonga qayerdan köproq pul yuborilyapti?

2026-yilning birinçi yarim yilligida horijdan O'zbekistonga kelib tuşgan pul ötkazmalari 9,3 milliard dollarga yetdi.

Iqtisodiyot

14.08.2026, 16:32

Rossiya Ukraina temiryo‘l va port inshootlariga, Ukraina esa Rossiya neft markazi va omboriga hujum qildi

Moskvadagi barcha aeroportlarda parvozlar vaqtincha cheklangan. Mintaqaviy xatar ortgani uchun Latviya va Finlandiya ham xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Jahon

14.08.2026, 16:02

O‘zbekistonga elektromobil importi hajmi 2,6 baravarga ko‘paydi

Mahsulot yetkazib berishning asosiy hajmi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi — 37 ming 560 ta elektromobil.

Iqtisodiyot

14.08.2026, 14:14

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →