Qamchibek Tashiyev barcha lavozimlaridan ozod etildi

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov farmoni bilan Qamchibek Tashiyev Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari — Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Jahon

11.02.2026, 09:33

Ulashish:

Maʼlum qilinishicha, Tashiyev ushbu lavozimga 2020 yil 16 oktabr kuni tayinlangan edi.

Ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, u yaqin kunlarda Germaniyaning Myunxen shahriga rejali tibbiy muolaja uchun borgan. Manbalarga koʻra, u yuragi bilan bogʻliq muammolar sabab davolanmoqda.

 

Qisqacha maʼlumot

Qamchibek Tashiyev 1968 yil Jalolobod viloyati Suzoq tumanida tugʻilgan. U Tom politexnika universiteti hamda Qirgʻiziston davlat milliy universitetini tamomlagan.

Siyosiy faoliyati davomida parlament deputati, favqulodda vaziyatlar vaziri, «Ata Jurt» va «Mekenchil» partiyalari rahbari boʻlgan. 2011 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan.

2020 yil oktabr voqealaridan keyin Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlangan. 2021 yilda general-leytenant, 2024 yilda general-polkovnik unvonini olgan. 2022 yilda Qirgʻiz Respublikasi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Soʻnggi yillarda Tashiyev prezident Sadir Japarovning eng yaqin hamkorlaridan biri sifatida mamlakatdagi nufuzli shaxslardan sanalgan. Ayrim ekspertlar uning isteʼfosini ehtimoliy muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari bilan bogʻlamoqda.

So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48