Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 19:44

Parij-2024: Olimpiada sarhisobi

Joriy yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar davom etgan Parij-2024 yozgi Olimpiada oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilar yangi marralarni qayd etdi. Koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan bu galgi Olimpiada qaysi davlatlar peshqadamlik qildi? Oʻzbekistonlik sportchilar qanday natijalarga erishdi? Endi ularning taqdiri nima boʻladi? PARADIGMA.UZ jamoasi tomonidan tayyorlangan quyidagi maqola orqali barcha savollarga javob oling.

Ulashish:

Parij-2024: Olimpiada sarhisobi

Parij-2024: Olimpiada sarhisobi

Toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasi Parijda oʻtayotgan 33-yozgi Olimpiya oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi. 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustgacha Parij shahri butun dunyo eʼtibor markazida boʻldi. Olimpiadaning boshlanishidan hozirga qadar Fransiyaga tashrif buyuruvchilar soni rekord darajada oʻsdi. Bundan tashqari, sport bellashuvlariga sotiladigan Olimpiada chiptalari eng koʻp xarid qilinganligi boʻyicha ham Parij yangi rekordni oʻrnatdi. Yuqoridagi koʻrsatkichlarning oʻzi bu Olimpiada qanday oʻtishi, qolganlaridan butunlay farq qilishi va takrorlanmasligini anglatib turardi. 

Parij Olimpiadasi unda  ishtirok etadigan davlatlar va ularning vakillari boʻyicha ham rekord oʻrnatdi deyish mumkin. Unda jami 206 mamlakatdan 10 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Ishtirokchilar soni boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlari 592 nafar aʼzosi bilan reytingda birinchilikni qayd edi. Ikkinchi oʻrinni mezbon Fransiya 587 nafar vakili bilan egalladi. Kuchli uchlikka Avstraliya terma jamoasi 468 nafar sportchi bilan yakun yasab berdi. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirokchilar soni boʻyicha oʻz rekordini yangiladi. Tarixda ilk bor 19 sport turi boʻyicha 90 nafar sportchi bilan 75 ta yoʻllanmaga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi ishtirokchilar soni boʻyicha reytingda 35-oʻrinni band etdi. 

Yakuniga yetgan Olimpiadada ishtirokchilar soniga yarasha medallar jamgʻarmasi boʻyicha ham oʻzbek atletlari yangi rekordlar oʻrnatdi. Yakuniy natijalarga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qoʻlga kiritib, reytingda 13-oʻrinni egalladi. Tabiiyki, ishtirokchilari soni boʻyicha peshqadamlik qilgan AQSh 40 ta oltin, 44 ta kumush, va 42 ta bronza, jami 126 ta medal bilan Parij Olimpiadasining birinchi raqamli delegatsiyasi boʻldi. Xitoy terma jamoasi 40 ta oltin, 27 ta kumush, 24 ta bronza, jami 91 ta medal bilan ikkinchi oʻrinni va Yaponiya 20 ta oltin, 12 ta kumush, 13 ta bronza jami 45 ta medal bilan kuchli uchlikdan joy oldi. Avstraliya, Fransiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya terma jamoalari medallar soni boʻyicha birin-ketin kuchli oʻnlikdan joy olishdi. Slovakiya va Zambiya terma jamoalari Olimpiadada bittadan bronza medalini jamgʻargan holda umum jamoa hisobida oxirgi oʻrinni egalladi. 

Oʻzbekistonlik sportchilar egallagan medallari shodasi 

Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarini oltin medal bilan boshladi. Mahoratli dzyudochi Diyora Keldiyorova 28 iyulda boʻlib oʻtgan finalda Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarining -48 kg vazn toifasidagi chempioni kosovolik Distriya Krasnichini magʻlubiyatga uchratdi. Shu tariqa Diyora Keldiyorova Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik dzyudochiga aylandi. Shuningdek, 16 yil deganda oʻzbekistonlik ayol sportchi yana Olimpiya shohsupasiga koʻtarildi. 

Ikkinchi medal 1 avgust kuni boʻlib oʻtgan bahslarda qoʻlga kiritildi. Bunda dzyudochi Muzaffarbek Toʻraboyev -100 kg vazn toifasida bronza medalini egalladi. Uuchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilini magʻlubiyatga uchratdi. 

Navbatdagi uchinchi medal 2 avgust kuni dyuzdochi Alisher Yusupov tomonigan qayd etildi. +100 kg vazn toifasida ishtirok etgan Yusupov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni magʻlub etishga muvaffaq boʻldi hamda bronza medaliga ega chiqdi. 

Toʻrtinchi medal oradan bir necha  kun oʻtib, 8 avgust kuni qoʻlga kiritildi. Shu kuni oltin medalni qoʻlga kiritgan Ulugʻbek Rashitov Olimpiya oʻyinlarining ikki karra gʻolibligiga erishgan birinchi oʻzbek taekvondochisi sifatida oʻz nomini muhrladi. -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan Rashitov finalda iordaniyalik Zaid Karimni 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻlgan. 

Beshinchi medal ham ayni shu kuni, yaʼni 8 avgust kuni Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Doʻsmatov tomonidan qoʻlga kiritildi. -51 kg vazn toifasida bahsga kirishgan Doʻsmatov bu gʻalabdan soʻng ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni sharafiga muyassar boʻlgan ilk oʻzbek bokschisiga aylandi. U final jangida mezbon bokschi Bilal Bennamani magʻlub etgan. 

Oltinchi medal 9 avgust kuni qayd etildi. Unga erkin kurashchi Gʻulomjon Abdullayev mualliflik qildi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdullayev bronza medali uchun bahsda qirgʻizistonlik Bekzat Almaz oʻgʻlidan ustun keldi va uchinchi oʻrinni egalladi. 

9 avgust kuni galdagi yettinchi medal boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev tomonidan qoʻlga kiritildi. -71 kg vazn toifasida oʻyinga tushgan Moʻydinxoʻjayev meksikalik Marko Alvaresni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. 

Sakkizinchi medal 9 avgust kuni bokschi Lazizbek Mullojonov tomonidan Oʻzbekiston delegatsiyasiga taqdim qilindi.  -92 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mullojonov chempionlik bahsida ozarbayjonlik Loren Alfonso Domingesni magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi. 

Oʻzbekistonlik sportchilar egallagan toʻqqizinchi medal 10 avgust kunida boʻlib oʻtgan bahslarda qoʻlga kiritildi. Unda -102 kg vaznda oʻtgan bellashuvlarda Akbar Joʻrayev jami 404 kg natija bilan 2-oʻrinni egalladi hamda kumush medali bilan taqdirlandi. -109 kg vaznda Tokio Olimpiadasi chempioni boʻlgan oʻzbekistonlik atlet dast koʻtarishda 185 kg, siltab koʻtarishda 219 kg tosh koʻtargan. Xitoylik Liyu Huan 406 kg natija bilan oltin medalga sazovor boʻldi. Bronza neytral maqomida qatnashgan Yevgeniy Tixonsovga (402) nasib etdi. 

Oʻninchi medal ham 10 avgust kuni oltin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida oltinchi oltin medal. Mazkur medalga erkin kurashchimiz Razambek Jamalov mualliflik qildi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. 

Bundan tashqari, 10 avgust kuni oʻzbekistonliklar hisobiga yozib qoʻyilgan navbatdagi 11-medal ham egallandi. Unda boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov sovrinlari orasiga yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini ham qoʻshib qoʻygan. Buxorolik sportchi chempionlik jangida Qirgʻiziston vakili Munarbek Seitbek oʻgʻlini yaqqol ustunlik bilan magʻlub etib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi. 

Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun omadli kelgan 10 avgust kunida ikkinchi kumush medali qoʻlga kiritildi. Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Svetlana Osipova ushbu sport turida Olimpiya oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan birinchi ayol sportchiga aylandi. U final bahsida mezbonlar vakili, sobiq jahon chempioni va Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sohibi Alteya Lorenga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. 

Eng soʻnggi oʻn uchinchi medal — oltin medal ham 10 avgust kuni mahoratli bokschi Bahodir Jalolov tomonidan qayd etildi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etgan Jalolov chempionlik jangida ispaniyalik Ayub Gʻadfani oʻzining kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.  

Oʻzbekistonlik Olimpiada gʻoliblariga beriladigan katta mukofotlar 

Oʻzbekiston Parij 2024 Olimpiadasida qatnashgan sportchilarga vaʼda qilgan mukofotlar juda katta miqdordagi pul va qimmatbaho sovgʻalarni oʻz ichiga oladi. Bu mukofotlar orasida oltin medal sohiblariga 200 000 AQSh dollari, "Tahoe" avtomobili va uch xonali uy, kumush medal uchun 100 000 dollar va bronza medal uchun 50 000 dollar, shuningdek, "Trailblazer" avtomobili ham kiritilgan. Biroq, bu mukofotlar qayerdan moliyalashtiriladi? Mamlakatning tashqi qarzi 35 milliard dollardan oshgan bir paytda, davlat byudjeti hisobiga sportchilarga bu qadar katta mukofotlar ajratilishi qanchalik toʻgʻri?

Masalan, Germaniyada oltin medal sohiblariga 20 000 yevro (22 000 AQSh dollari) miqdorida mukofot beriladi, Avstraliyada esa 20 000 Avstraliya dollari (13 000 AQSh dollari) ajratiladi. AQShda esa oltin medal uchun 37 500 AQSh dollari beriladi, bu Oʻzbekiston taklif qilayotgan miqdorlarga nisbatan ancha kam.

Parij-2024 Olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egalladi. Gʻoliblarga yuqorida sanalgan mukofotlar topshiriladi. Ularning umumiy qiymati 1 950 000 AQSh dollari. Bu koʻz koʻrib quloq eshitmagan raqamlar faqat pul hisobidagilari uy, mashinalarni qoʻshadigan boʻlsak, raqamlarni koʻrib choʻchib ketishingiz turgan gap.

Sport

12.08.2024, 11:22

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi

Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi vatanidagi Ebola epidemiyasi sababli Yevropada uch hafta izolyatsiyada qolishga majbur bo‘lgach, nihoyat Jahon chempionati uchun AQShga yetib keldi.

Sport

12.06.2026, 14:57

Qozog‘istonda milliy valyuta (Тенге) nomi o‘zgarmoqda

Qozog‘istonda yangi konstitutsiyaviy modelga muvofiqlashtirish maqsadida, 1-iyuldan soliq kodeksidagi "Тенге" nomiga tuzatishlar kiritiladi.

Jahon

12.06.2026, 13:29

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi

Yevropa Ittifoqi 2013–2024-yillar oralig‘ida afg‘onistonliklardan boshpana so‘rab topshirilgan bir millionga yaqin arizani qabul qilgan.

Jahon

12.06.2026, 11:37

Jeffri Epshteyn menga shantaj qilgan — Bill Geyts

Texnologiya milliarderining aytishicha, Epshteyn uning nikohdan tashqari munosabatlariga oid maxfiy ma’lumotlar bilan Geytsga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Jahon

11.06.2026, 16:29

“Biz hukumatlar qarorini bekor qiloladigan qirol emasmiz” – Infantino

FIFA rahbari somalilik hakamning AQShga kiritilmaganini izohlar ekan, o‘z tashkiloti hukumatlar siyosatiga aralasha olmasligini aytdi.  

Sport

11.06.2026, 14:44

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi

Shri-Lankaning  yillik plastik chiqindilari hajmi – 250 000 metrik tonna. Biroq uning oz qismigina qayta ishlanadi. Chiqindilarning aksariyati poligonlar, suv havzalari va okeanga borib tushadi.

Jahon

11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi

Bitim bo‘yicha pilot dastur amalga oshirilib, Shvetsiya mehnat bozori ehtiyojlari o‘rganiladi, shved tili va kasbiy tayyorgarlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Oʻzbekiston

11.06.2026, 10:11

Ozarbayjon muxolifat yetakchisi Ali Karimli “davlat to‘ntarishiga urinish”da ayblanmoqda

Aliyevlar rejimining boshog‘rig‘iga aylanib qolgan Ali Karimli aybdor deb topilsa, 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Jahon

10.06.2026, 17:42

Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron, avans - bo‘nak: yuridik atama va tushunchalar o‘zgartirilmoqda

9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda  qonunlardagi 7 ta so‘zni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish taklif etildi. 

Oʻzbekiston

10.06.2026, 15:26

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi

O‘zbekistonlik talaba qiz global plastik muammosiga innovatsion yechim topgani xabar qilinmoqda

Fan-texnologiya

10.06.2026, 11:35

Yana Pokiston Afg‘onistonga halokatli zarbalar berdi. Qurbonlar bor

Islomobod hujumlar jangarilarga qarshi qaratilganini aytmoqda, ammo Kobulning ta’kidlashicha, bu — tinch aholiga qilingan tajovuz.

Jahon

10.06.2026, 10:07

“Shippaklar mamlakati” – isroillik vazir Italiyani haqorat qildi

Rim G‘azoga yo‘l olgan faollarga qilgan yomon munosabati yuzasidan Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvirga nisbatan tergov boshladi. Bunga javoban Ben Gvir Italiyani masxaraladi.

Jahon

09.06.2026, 17:36

Shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yiliga 132 soat vaqt tejamoqda – tadqiqot

Sun’iy intellekt shifokorlarning vaqtini tejamoqda. Biroq sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislarining aksariyati ushbu texnologiya bo‘yicha o‘qitish yetarli yoki umuman mavjud emasligini aytishmoqda.

Fan-texnologiya

09.06.2026, 16:34

Latviya osmonida Rossiya droni urib tushirildi

NATO qiruvchi samolyotlari Rossiya tomondan Latviya havo hududiga kirib kelgan dronni yo‘q qildi. Bu hodisa 4 yillik urushning Ukraina tashqarisiga tarqalishi borasidagi xavotirlarni kuchaytirdi.

Jahon

09.06.2026, 15:23

“Soliq Mobile” orqali 3,2 mlrd so‘m keshbek talon-toroj qilindi

Farg‘ona viloyatida “Soliq Mobile” ilovasi orqali 3,2 mlrd so‘m mablag‘lar “Keshbek” sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi.

Oʻzbekiston

09.06.2026, 12:21

Bukmekerlikni reklama qilish qonunchilikka zid – Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi

Futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishi arafasida ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida bukmekerlik xizmatlari, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi reklamalar tarqalishi faollashdi.

Oʻzbekiston

09.06.2026, 11:54

“Zudlik bilan to‘xtang“ – Tramp Eron va Isroildan o‘t ochmaslikni so‘ramoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa AQSH prezidentiga "Yo‘q" demoqda.

Jahon

08.06.2026, 17:33

Nikol Pashinyan saylovda g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Dastlabki natijalarga ko‘ra, hukmron “Fuqarolik kelishuvi” partiyasi 49,81 foiz ovoz to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi.

Jahon

08.06.2026, 14:25

O‘zbekiston banklarining aktivlari hajmi 962,8 trillion so‘mga yetdi

Bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 133 trillion so‘mlik o‘sish qayd etildi.

Oʻzbekiston

08.06.2026, 13:39

Sifatsiz oziq-ovqat tufayli yiliga 1,5 million odam vafot etmoqda – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ogohlantirishicha, har yili dunyo bo‘ylab 860 milliondan ortiq odam nosog‘lom oziq-ovqat tufayli kasallanib, 1,5 million kishi nobud bo'lmoqda.

Jahon

08.06.2026, 11:11

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →