Toshkentda 17 nafar fuqaro diniy tashkilot tuzishda gumonlanib ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy diniy jamoat fosh etildi. Ular shu paytga qadar poytaxtdagi oshxonalardan birida tungi vaqtda yigʻilib, turli yigʻinlarda qatnashib kelgan.
Oʻzbekiston
13.02.2025, 10:43
Ulashish:

Toshkentda 17 nafar fuqaro diniy tashkilot tuzishda gumonlanib ushlandi
Qayd etilishicha, poytaxtdagi milliy taomlar oshxonalaridan birida tungi vaqtda bojxona idoralarining 3 nafar xodimi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi, Texnopark direktori oʻrinbosari, xususiy avtomaktab direktori oʻrinbosari, "Sergeli-avto" bozorida savdo bilan shugʻullanuvchi shaxslar va boshqalardan iborat jami 17 nafar fuqaro ovqatlanish bahonasida toʻplanib, turli xil diniy adabiyotlardan foydalangan holda noqonuniy jamoat koʻrinishidagi yigʻinlarni tashkil etgan. 1976-2001 yillar oraligʻida tugʻilgan mazkur shaxslarning koʻpchiligi asli namanganlik boʻlib, hozirda Toshkent shahrida istiqomat qiladi.
Aniqlanishicha, Bojxona qoʻmitasining boshqarma boshligʻi oʻrinbosari dinga mutaassiblarcha berilib, 2021 yildan boshlab mazkur norasmiy diniy darslarni muntazam ravishda tashkil etib kelgan. U har bir dars uchun jamoat aʼzolaridan maʼlum miqdorda pul yigʻib, "ustozlar"ga bergan.
Guruh aʼzolari 1989 yilda Namangan viloyatida tugʻilgan va hozirda Misr Arab Respublikasida boʻlgan shaxsdan Telegram messenjeri orqali onlayn tarzda saboq olishgan. Shuningdek, ularga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi ham offlayn tarzda diniy maʼruzalar oʻtgan.
Hozirda Bojxona qoʻmitasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, bojxona organlari tezkor xodimi va katta inspektori, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi hamda jamoat aʼzolariga Misr davlatidan turib, onlayn tarzda diniy saboq bergan fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 216-moddasi (Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Qolgan fuqarolar jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb qilingan.
Oʻzbekiston
13.02.2025, 10:43
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

IIV oʻz safida tozalash ishlarini davom ettirmoqda
Siyosat
24.11.2025, 16:48

IIV rahbariyati ilk bor Furqatdagi holat boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 10:45

Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi boʻlgan Migratsiya agentligi xodimlari pora qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston
27.08.2025, 17:28

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
05.08.2025, 15:34

Toshkent, Namangan va Qashqadaryoda poraxoʻrlar qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
29.07.2025, 14:02

Toshkent va Fargʻona shaharlarida OTMga noqonuniy oʻqishga kiritish holatlari aniqlandi
Oʻzbekiston
12.07.2025, 11:57
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
