Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 18:12

Qamoqdagi hokim millionlanb pul ajratish boʻyicha qaror chiqardi

Pora bilan qamoqqa tushgan Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman hokimi hibsdaligi vaqtida uning nomidan pul ajratish boʻyicha qarorlar chiqqan.

 

Joriy yilning 8 iyul kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi va hokimlik bosh mutaxassisi qoʻlga olindi. Ular tadbirkorga “Tokchilik” Mahalla fuqarolar yigʻinida hududidagi umumiy oʻrta taʼlim maktabi uchun ajratilgan 1,7 gektar yerda 8 ta koʻp qavatli uy qurishga ruxsat olib berish evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

5 iyul kuni bosh mutaxassis 10 ming dollar olib, uni hokimga bergan. 8 iyul kuni esa tadbirkordan qolgan 20 ming dollarni olgan va unga ruxsat hujjatlarini topshirgan. Shu kuni u hokim bilan hokimiyat binosi oldida uchrashgan vaqtda, ikkala mansabdor ham pora olishda gumon qilinib Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hibsga olingan.

 

Voqeadan soʻng tuman hokimi deputatlik daxlsizligidan mahrum etilib, unga Jinoyat kodeksining 210-moddasi yaʼni pora olish, bosh mutaxassisga esa 168-modda firibgarlik va 211-modda pora olishda vositachilik qilish boʻyicha jinoyat ishi ochilgan.

 

Hibsdagi hokim bir emas 5 qarorga imzo qoʻygan. Qarorlarning barchasi mablagʻ ajratish bilan bogʻliq. Qiziq tomoni bularning deyarli hammasi 9 iyul kuni qabul qilingan.

 

8 iyul kuni chiqarilgan qarorga koʻra, sobiq hokim nomidan tuman obodonlashtirish boshqarmasiga jami 120 million soʻm ajratilgan.

 

9 iyul kungi tuman hokimligi texnik bazasini mustahkamlash maqsadida, devonxona mollarini xarid qilish jarayonida vujudga kelgan qarzdorliklarni qoplash, org-texnika vositalarini taʼmirlash hamda xoʻjalik mollari xarid qilish uchun 150 million soʻm tuman hokimligiga mablagʻ tuman hokimligiga ajratilgan.

 

Shu kunning oʻzida oila va xotin-qizlar boʻlimlari moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida yana 100 million soʻm mablagʻ tuman hokimligiga ajratilgan.

 

Jizzax viloyatidagi Otchopar massivida sunʼiy qoplamali mini futbol maydonini qurish hamda Qulpisar mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan madaniyat boʻlimiga qarashli binoni joriy taʼmirlash kabi ishlar uchun jami jami 600 million soʻm mablagʻni tuman hokimligiga ajratilgan.

 

Yana moddiy texnik bazasini mustahkamlash, devonxona mollarini xarid qilish jarayonida vujudga kelgan qarzdorliklarni qoplash, org-texnika vositalarini taʼmirlash hamda xoʻjalik mollari xarid qilish uchun 255 million soʻm mablagʻ tuman hokimligiga ajratilishi haqidagi qaror qabul qilingan.

 

Bu qarorlarning barchasi sobiq hokimning hibsda ekanligi vaqtida qabul qilingan.

 

Kecha 21- iyul kuni mazkur holatlarga Jizzax viloyati prokuraturasi rasmiy munosabat bildirib chiqdi.

 

Munosabatga koʻra, ushbu holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Toʻplangan hujjatlar boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

 

Xoʻsh sizningcha bu jinoyatga mos javobgarlik boʻladimi? Nega hokim hibsdaligi vaqtida shuncha mablagʻ chiqarish boʻyicha qarorlar qabul qilindi? Oʻz fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring hamda PARADIGMA.UZʼni kuzatishda davom eting.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

AQSh BMTning oziq-ovqat dasturiga 800 million dollar yordam ajratdi

AQSh Jahon oziq-ovqat dasturining eng yirik donori hisoblanadi. Biroq uning hissasi so'nggi yillarda ikki baravardan ko‘proqqa kamaygandi.

Jahon

17.06.2026, 17:29

O‘zbekistonda Amazon Leo interneti ishga tushadi

Amazon Leo va “UZ-SAT” o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistonda yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Fan-texnologiya

17.06.2026, 16:50

G7 davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, Rossiyaga bosimni kuchaytiradi

“Katta yettilik” mamlakatlari yetakchilari 17-iyun kuni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yakdil ekanliklarini ma’lum qildi va Rossiya iqtisodiyotiga bosimni kuchaytirishga kelishib oldi. 

Jahon

17.06.2026, 12:26

Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida barpo etilayotgan “O‘zbek-turk do‘stligi” xiyoboniga yondosh bo‘lgan Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismiga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.

Oʻzbekiston

16.06.2026, 15:25

Jahon chempionati yurak xurujiga olib kelishi mumkin - tadqiqot

Milliy jamoangiz o‘yinini kuzatish yuragingizni xuddi qisqa masofaga yugurgandek tez urishiga sabab bo‘lishi, natijada esa jiddiy tibbiy xavflar kelib chiqishi mumkin. 

Fan-texnologiya

16.06.2026, 14:34

BMT Tolibonni ayollarga nisbatan tazyiqlarni bekor qilishga chaqirdi

Yangi rezolyutsiya Hirotda Tolibonning qat’iy kiyinish qoidalarini buzganlikda ayblanib  30 nafar ayol hibsga olinganidan so‘ng qabul qilindi. 

Jahon

16.06.2026, 10:55

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda

Buyuk Britaniya yirik texnologiyalarga qarshi kurash doirasida dunyoda kuzatilmagan keskin chorani tatbiq etish arafasida.

Jahon

15.06.2026, 15:55

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi

Qirg‘izistonda maktab bitiruvchilariga attestatlar 26-iyun kuni topshiriladi, bitiruv kechalari esa taqiqlanadi.

Ta'lim

15.06.2026, 14:23

Eron yadro quroli yaratmaydi, AQSH esa sanksiya qo‘llamaydi...

Eronlik mulozim Tehron va Vashington o‘rtasidagi tinchlik memorandumi o‘z ichiga nimalarni olganini ochiqladi.

Jahon

15.06.2026, 12:32

Tramp telefon orqali Putin va Zelenskiy bilan suhbatlashdi

14-iyun kuni Rossiyada dron hujumlari oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Buyuk Britaniya Rossiyaga qarashli tankerni qo‘lga oldi.  Shuningdek, Putin va Zelenskiy Tramp bilan telefon orqali gaplashdi.

Jahon

15.06.2026, 10:24

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi

13-kuni Hindiston harbiy-transport samolyoti mamlakatning olis shimoli-sharqidagi harbiy havo kuchlari bazasiga qo‘nayotib qulab tushdi.

Jahon

13.06.2026, 13:47

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi

Xorijiy va nodavlat universitetidan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, unga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Ta'lim

13.06.2026, 12:34

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi

So‘rov kelasi payshanba kuni Ukraina mudofaasi bo‘yicha Muloqot guruhining yig‘ilishida bildiriladi.

Jahon

13.06.2026, 09:46

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi

Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi vatanidagi Ebola epidemiyasi sababli Yevropada uch hafta izolyatsiyada qolishga majbur bo‘lgach, nihoyat Jahon chempionati uchun AQShga yetib keldi.

Sport

12.06.2026, 14:57

Qozog‘istonda milliy valyuta (Тенге) nomi o‘zgarmoqda

Qozog‘istonda yangi konstitutsiyaviy modelga muvofiqlashtirish maqsadida, 1-iyuldan soliq kodeksidagi "Тенге" nomiga tuzatishlar kiritiladi.

Jahon

12.06.2026, 13:29

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi

Yevropa Ittifoqi 2013–2024-yillar oralig‘ida afg‘onistonliklardan boshpana so‘rab topshirilgan bir millionga yaqin arizani qabul qilgan.

Jahon

12.06.2026, 11:37

Jeffri Epshteyn menga shantaj qilgan — Bill Geyts

Texnologiya milliarderining aytishicha, Epshteyn uning nikohdan tashqari munosabatlariga oid maxfiy ma’lumotlar bilan Geytsga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Jahon

11.06.2026, 16:29

“Biz hukumatlar qarorini bekor qiloladigan qirol emasmiz” – Infantino

FIFA rahbari somalilik hakamning AQShga kiritilmaganini izohlar ekan, o‘z tashkiloti hukumatlar siyosatiga aralasha olmasligini aytdi.  

Sport

11.06.2026, 14:44

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi

Shri-Lankaning  yillik plastik chiqindilari hajmi – 250 000 metrik tonna. Biroq uning oz qismigina qayta ishlanadi. Chiqindilarning aksariyati poligonlar, suv havzalari va okeanga borib tushadi.

Jahon

11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi

Bitim bo‘yicha pilot dastur amalga oshirilib, Shvetsiya mehnat bozori ehtiyojlari o‘rganiladi, shved tili va kasbiy tayyorgarlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Oʻzbekiston

11.06.2026, 10:11

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →