Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 08:27

Shavkat Mirziyoyev qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi

Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan 29 avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyoboniga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar yigʻildi.

Shavkat Mirziyoyev qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi

Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Vatan fidoyilari haqiga Qurʼon tilovat qilindi. Elga osh tortildi.

Xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qurʼon tilovat qilindi. Shu yerda ulamo va ziyolilar bilan tarixni oʻrganish va yoshlarga oʻrgatish, mustaqillik va tinchlikni qadrlash haqida muloqot boʻldi.

– Har yili Mustaqillik bayrami arafasida Vatan ozodligi yoʻlida jon fido etgan ota-bobolarimiz haqlariga duo qilamiz. Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun kurashgan qahramon ajdodlarimiz jasorati biz uchun doimo ibrat maktabi boʻlib qoladi, – dedi davlat rahbari.

Maʼlumki, oʻsha mashʼum yillarda 100 mingdan ziyod begunoh vatandoshimiz qatagʻon qilingan. Minglab yurtdoshlarimiz “xalq dushmani” degan nohaq ayblov bilan otib tashlangan, undan ham koʻpi surgun qilingan. Ularning ortidan minglab ayollar beva, bolalar yetim boʻlib qolgan. Oradan qariyb bir asr oʻtgan boʻlsa-da, oʻsha mudhish davrni chuqur iztirob bilan esga olamiz.

Bular bugungi erkin hayotimizni yanada qadrlashga, mustaqillikni mustahkamlashga undashi taʼkidlandi.

– Vatanimiz fidoyilarini ulugʻlash, xotirasini abadiylashtirish boʻyicha koʻp ishlar qilyapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Soʻnggi sakkiz yilda 1 ming 200 dan ziyod jafokash bobolarimiz nomi oqlandi. “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi rekonstruksiya qilinib, minglab yangi hujjatlar bilan toʻldirildi. Hududlarda ham shunday muzeylar tashkil etildi. Bu yil jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligini nishonlayapmiz. Buxoro shahrida Jadidlar merosi davlat muzeyi tashkil qilinmoqda.

Endi bularning mazmunini, “tirik” tariximizni xalqimizga kengroq yetkazish kerak.

Mana, oʻtgan yildan eʼtiboran, har yili oktabrning birinchi haftasini Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida belgiladik. Bu yil ushbu tadbir Xotira va tarbiya haftaligi sifatida oʻtkaziladi. Xoʻsh, bu haftalikda xalqimizga nimalarni yetkazamiz, yoshlarimizga nimani oʻrgatamiz? Tarixchi olimlar, yozuvchi-shoirlar bilan birga buni chuqurroq oʻylab, xalqchil, ommabop qilib yoʻlga qoʻyish kerak. Maktab va universitetlarda qoʻshimcha darslar, telekanallarda maxsus koʻrsatuvlar berish, yoshlar oʻrtasida tanlovlar oʻtkazish mumkin. Mustaqillik qanday buyuk neʼmat ekanini, qanday kuchli ajdodlarimiz borligini elning qon-qoniga singdirish kerak. Agar yoshlarimiz ruhan kuchli boʻlsa, oʻz oldiga katta maqsadlar qoʻyadi, fanlarniyam yaxshi oʻrganadi, yetuk shaxslar boʻlib yetishadi.

Bu borada millat oydinlari hayotini oʻrganish gʻoyat muhim ekani taʼkidlandi.

– Jadid bobolarimiz har sohada ilgʻor edi. Birinchi oʻzbek romani, teatr va kino asarlari, turli fanlar boʻyicha darsliklarni aynan ular yaratgan. Oʻtgan asrning 20-yillarida Germaniyada tahsil olgan turkistonlik talabalar qatagʻon qilinmaganida, butun jamiyatni oʻzgartirardi. Bor tariximizni toʻgʻri yetkaza olsak, yoshlarimiz boshqa qahramon izlamaydi, yetuk bobolarimiz buning uchun tayyor namuna, – dedi prezident.

Ulamolar yurtimizdagi shu tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka barqaror boʻlishini tilab duolar qilishdi.

Oʻzbekiston

29.08.2025, 15:12

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi

Bryussel shahriga rasmiy tashrif doirasida Laken saroyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaliklar qiroli Filipp bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Siyosat

24.10.2025, 21:17

Muhammad Abunayyan: “Oʻz xalqini Siz kabi sevadigan davlat rahbarini uchratmadim”

Kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishiga tamal toshi qoʻyishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan yirik investor – «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan ham soʻzga chiqib, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida oʻz fikrlarini bildirdi. 

Oʻzbekiston

16.10.2025, 16:03

Shavkat Mirziyoyev OTB bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida oʻtayotgan "Kambagʻallikdan farovonlik sari" xalqaro forumi doirasida Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yangni qabul qildi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 10:30

Namanganda natijadorlikni yanada oshirish vazifalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentabr kuni Uychi tumanida Namangan viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Oʻzbekiston

17.09.2025, 10:48

Boʻstonliqda “Chimyon” umummavsumiy kurorti barpo etilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida qurilayotgan “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti imkoniyatlari bilan tanishdi.

Iqtisodiyot

16.09.2025, 20:34

Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etiladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.

Siyosat

11.09.2025, 09:01

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs

O‘zbekistonda sel xavfi mavjud 60 ta yirik soy orqali yiliga 690 million kub metr suv samarasiz oqib ketmoqda.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi

Moskvaning ta’kidlashicha, agar Armaniston undan yuz o‘girib, Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashsa, arzon gazdan mahrum bo‘ladi.

Jahon

26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi

Shuningdek, endi tadbirkorlar kredit olish uchun barcha bank takliflarini yagona platformada ko‘ra olishi mumkin. Garovsiz mikrokredit limitini esa 200 million so‘mgacha oshirilish taklif etildi.

Iqtisodiyot

26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin

Toshkent shahar hokimligi va “China Railway Construction Corporation” kompaniyasi rahbariyati Toshkent shahrida qo‘shimcha pulli avtomobil yo‘llari qurish loyihalarini muhokama qilishdi.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati ayrim toifadagi talabalar va abituriyentlar uchun 10-iyunga qadar uzaytirildi 

Ta'lim

25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”

Joriy yilning 26-may — 1-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Oʻzbekiston

25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi

Dushanba kuni Pokistonda furgon to‘xtab turgan avtobusga urilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Hayit arafasida uylariga qaytayotgan edi.

Jahon

25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.

Madaniy

25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?

Eron AQSh prezidenti Donald Trampning ikki mamlakat o‘rtasidagi muqarrar kelishuv haqidagi so‘nggi so‘zlariga javoban tarixdagi janglarni misol qilib keltirdi.

Jahon

25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi

Mazkur kitob Rui Gonsales de Klavixo  yozgan mashhur o‘rta asr xronikasi – “Temur huzuriga elchilik” asari asosida yaratilgan. 

Madaniy

21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti

Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Tayvan prezidenti Lay Ching-te bilan gaplashishini ma’lum qildi.

Jahon

21.05.2026, 14:01

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →