Transportdan bepul foydalanuvchilar safi kengaymoqda
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish koʻlami va turlarini kengaytirish boʻyicha qilingan ishlar asosida ayrim toifadagi fuqarolarning shahar yoʻlovchi transportidan bepul foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
Oʻzbekiston
12.09.2025, 13:30
Ulashish:

Jumladan, bugungi kunda 9 toifadagi shaxslar shahar yoʻlovchi transportidan bepul foydalanish huquqiga ega.
Soʻnggi 2 yilda davlat rahbarining tashabbusi bilan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan fuqarolarga shahar yoʻlovchi transportidan bepul foydalanish imkoniyati berildi.
Endilikda bu toifadagi shaxslar safi kengaymoqda. Yangi ishlab chiqilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qonun loyihasiga koʻra, I guruh nogironligi boʻlgan va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga hamda Ikkinchi jahon urushi nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga shahar yoʻlovchi transportidan bepul foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.
Shuningdek, loyihada davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari avtomobil transportida yoʻlovchi va yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik faoliyatiga aralashishi hamda ushbu tashkilotlarning ishlayotgan xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishi faqat tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan, bunday holat joriy etilgan hollarda amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Yaqinda parlament quyi palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan mazkur qonun loyihasida koʻzda tutilayotgan normalar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish koʻlamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, qonun hujjatlaridagi boʻshliqlar toʻldirilishiga asos boʻladi.
Oʻzbekiston
12.09.2025, 13:30
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Termizga 35 dona zamonaviy Zhongtong avtobuslari olib kelinadi
Iqtisodiyot
20.08.2025, 16:18

Toshkentda 15 ta avtobus yoʻnalishiga vaqtincha oʻzgartirish kiritildi
Oʻzbekiston
19.08.2025, 16:28

Oʻzbekistonga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi
Oʻzbekiston
13.03.2025, 12:36
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
So'nggi yangiliklar

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati
Madaniy
20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi
Madaniy
20.05.2026, 12:33
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
