Pora bilan qoʻlga tushgan 47 amaldor qamaldi
6 oyda 47 nafar amaldor 600 ming AQSh dollariga yaqin pora bilan ushlandi. Ularning orasida 2 ta kadastr xodimi, 5 ta soliq inspektori, 3 ta prokuror, 5 ta hokim yordamchisi va bir nafar hokim ham bor.
Oʻzbekiston
08.08.2024, 17:37
Ulashish:

Pora bilan qoʻlga tushgan 47 amaldor qamaldi
DXX tomonidan ochiqlangan maʼlumotlarga koʻra, amaldorlar telefon qurilmasidan boshlab 6 million AQSh dollargacha pora soʻragan. Mansab egalari asosan AQSh dollarida pora olishni afzal bilishgan. Qoʻlga olinayotganda ularga berilgan boshlangʻich ulushning oʻzi 561 532,67 AQSh dollarini tashkil etgan.
PARADIGMA.UZ soʻnggi 6 oy ichida Oʻzbekistonda pora bilan qoʻlga tushgan amaldorlar reytingini sizga havola etadi.
Samarqand viloyatida Oqdaryo tumanining sobiq hokimi va yana 2 shaxs 11,1 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun fuqarodan 6 mln AQSh dollari yoki soʻmga chaqqanda 76 mlrd 438 mln talab qilgan. Ular pulning 200 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlangan.
Buxoro viloyatida esa Kogon tumani prokurori qidiruvdagi shaxsga qoʻllangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi boʻyicha yengillik qilib berish evaziga 90 ming AQSh dollari olayotganda DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasida boʻlim boshligʻi oʻrinbosari tekshiruvlar dalolatnomasini bekor qilib berish evaziga 22,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Asaka tuman hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi hamda Kadastr agentligining Asaka tuman boʻlimi boshligʻi 50 sotix davlat yerining toifasini noturar joyga oʻzgartirib, sotish uchun xaridordan 40 ming AQSh dollari talab qilgan. Belgilangan pulning 20 mingini olayotgan paytda qoʻlga olingan.
Navbatdagi holat ham Andijonda kuzatilgan. Andijon viloyati Transport boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi mansabdor tenderda gʻoliblikni qoʻlga kiritib berish uchun 7500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Yana bir holatda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi qamoq ehtiyot chorasi qoʻllamaslik evaziga MChJ rahbaridan 5 ming AQSh dollar pora olgan vaqtida xizmat xonasida qoʻlga olingan.
Qashqadaryodan uzoqlashmaymiz. Koʻkdala tumani hokimining oʻrinbosari fuqarodan 5 ming AQSh dollar talab qilib, pulning 15 mln soʻm (1200 AQSh dollar) qismini olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Bundan tashqari, majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori korxonaga tegishli koʻchmas mulklarni yuqori baholab berish evaziga 2500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlangan.
Namangan viloyatida Mingbuloq tuman sudi raisi esa sudlanuvchiga nisbatan yengilroq jazo tayinlash evaziga, uning otasidan 2000 AQSh dollari olgan vaqtida qoʻlga tushgan.
Ushbu jinoyatlarni sodir etgan amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tegishli moddalar asosida jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Oʻzbekiston
08.08.2024, 17:37
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Andijon va Namangan viloyatlarida korrupsion holatlar fosh etildi
Oʻzbekiston
29.08.2025, 15:53

Jizzaxda hokim oʻrinbosari pora bilan ushlandi
Oʻzbekiston
18.08.2025, 10:56

Prokuratura xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston
25.06.2025, 12:49

Sobiq sudya pora bilan qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston
11.09.2024, 10:43

Qozogʻistonlik korrupsioner siyosatchi Argentinada qoʻlga olindi
Jahon
18.03.2024, 09:59
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27
So'nggi yangiliklar

AQSh BMTning oziq-ovqat dasturiga 800 million dollar yordam ajratdi
Jahon
17.06.2026, 17:29

O‘zbekistonda Amazon Leo interneti ishga tushadi
Fan-texnologiya
17.06.2026, 16:50

G7 davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, Rossiyaga bosimni kuchaytiradi
Jahon
17.06.2026, 12:26

Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
Oʻzbekiston
16.06.2026, 15:25

Jahon chempionati yurak xurujiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
Fan-texnologiya
16.06.2026, 14:34

BMT Tolibonni ayollarga nisbatan tazyiqlarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon
16.06.2026, 10:55

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Eron yadro quroli yaratmaydi, AQSH esa sanksiya qo‘llamaydi...
Jahon
15.06.2026, 12:32

Tramp telefon orqali Putin va Zelenskiy bilan suhbatlashdi
Jahon
15.06.2026, 10:24

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi
Jahon
13.06.2026, 13:47

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi
Jahon
13.06.2026, 09:46

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi
Sport
12.06.2026, 14:57

Qozog‘istonda milliy valyuta (Тенге) nomi o‘zgarmoqda
Jahon
12.06.2026, 13:29

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi
Jahon
12.06.2026, 11:37

Jeffri Epshteyn menga shantaj qilgan — Bill Geyts
Jahon
11.06.2026, 16:29

“Biz hukumatlar qarorini bekor qiloladigan qirol emasmiz” – Infantino
Sport
11.06.2026, 14:44

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi
Oʻzbekiston
11.06.2026, 10:11
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27
