Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun

2005-yil hibsga olingan andijonlik 23 akramiylar a’zosi deya gumon qilingan shaxslarning yaqinlari va hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13-may kungi qonli voqealariga olib keldi.

Ulashish:

Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun

2005 yilning aprel-may oylarida jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudida “Akromiylar” guruhiga a’zo deb ayb qo‘yilgan 23 nafar shaxs bo‘yicha sud jarayoni bo‘layotgandi.

2005-yilning 13-mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston tarixiga “Andijon voqealari” nomi bilan kirgan eng qonli hodisalardan biri boshlandi.

O‘zbekiston televideniyesi tomonidan e’lon qilingan maxsus ko‘rsatuvga ko‘ra, terrorchilar dastlab 12 may soat 23:45 da Andijon shahridagi soqchi-patrul xizmatiga hujum qilishadi.

Soqchilik qilayotgan 4 nafar militsiya xodimini o‘ldirib, qurol-yarog‘ omborini buzishadi va o‘nlab avtomatlar, to‘pponcha, granata va boshqa qurollarni qo‘lga kiritishadi.

Oradan bir soat o‘tgach, qurollarini ko‘paytirib, saflarini kengaytirib olgan jinoyatchilar to‘dasi Respublika Mudofaa vazirligiga qarashli 34-harbiy qism hududida paydo bo‘ladi.

Bu yerda ham jinoyatchilar tomonidan 4-5 soqchi o‘ldirilib, ko‘plab qurol-yarog‘lar o‘g‘irlanadi.

Shundan so‘ng jinoiy to‘da tezkorlik bilan ZIL-130 va bir qator yengil avtomobillarda Andijon shahri yaqinida joylashgan qamoqxona tomon yo‘l oladilar.

Qamoqxona eshigini ZIL mashinasi yordamida buzib, ichkariga kirishadi. 600 ga yaqin mahbuslarni, shu jumladan, 23 nafar “Akromiylar” hamda shu turmada saqlanayotgan o‘ta xavfli retsidivistlarni chiqarib yuborishdi, deyiladi ko'rsatuvda.

Vaziyatdan xabar topgan Islom Karimov 13 may kuni soat 7:30 da Andijonga yetib kelib, zudlik bilan shtab tashkil etadi.

O‘sha paytdagi ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov Kun.uz’ga bergan intervyusida Andijon voqealarini shunday xotirlagan:

“Meni Andijon voqealarida aybdor deb ko‘p gapirishadi. Ha, men o‘shanda shtab boshlig‘i bo‘lganman, qarorni men qabul qilganman, ammo kim o‘shanda Andijonga qurol ko‘tarib keldi? 

Kim chegaradan qurol bilan o‘tdi? Kim Ichki ishlar vazirligiga qarashli PPSga qurolli hujum qildi, kim harbiy qismga hujum qilib, qurol-yarog‘ oldi? 

Kim tergov hibsxonasiga hujum qilib, 500 dan ortiq ashaddiy jinoyatchilarni chiqarib yubordi? Kim hokimiyat binosini egallab, unga o‘t qo‘ydi? 

Kim yuzga yaqin sud-huquq tizimidagi xodimlarni tutqunda ushlab, ba’zilarini qatl etdi? Hukumat nima, qarab turishi kerakmidi? 

Biz ularga chiqib ketinglar, dedik. Adashmasam, militsiya va prokuratura xodimlaridan 34 nafari halok bo‘lgandi. Tez yordam xodimlari otib tashlangan”, degan sobiq vazir.

Isyonchilar birin-ketin mahalliy ma’muriy idoralar, xususan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Milliy xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi va viloyat hokimligi binosiga hujum qilishadi. Bu uch obyektdan faqatgina viloyat hokimligi binosi ishg‘ol qilinadi.

Rasmiylar isyonchilar bilan muzokara olib borishga harakat qilingani, biroq muzokaralardan hech qanday natija bo‘lmaganini aytishadi.

Tushdan so‘ng esa qurollangan isyonchilar va harbiylar o‘rtasida otishma yuzaga keladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon voqealari davomida 73 ta avtomobilga, 20 ta binoga o‘t qo‘yilgan.

“Terrorchilik harakatlari oqibatida jami 187 kishi halok bo‘lgan, ulardan 60 nafari tinch aholi bo‘lib, ularning ikkitasi voyaga yetmagan bola va bittasi ayoldir. 

Terrorchilar tomonidan 31 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimi va harbiy xizmatchi o‘ldirilgan. Jinoyatchilar 70 kishini garovga olib, ulardan 15 nafarini vahshiyona o‘ldirgan”, - deyiladi idoraning 2005 yil sentyabridagi hisobotida.

Yana 287 kishi (ularning 91 nafari tinch aholi, 49 nafari organ xodimlari) yaralangan. Qurbonlar soniga doir rasmiy raqamlar xalqaro jamoatchilik tomonidan ko‘p marta shubha ostiga olingan. Bu shubhalar va tanqidlar O‘zbekiston rasmiylari tomonidan rad etilgan.

“Andijonda 500 ta, 1000 ga yaqin odam halok bo‘ldi degan gaplar – noto‘g‘ri”, – degan Andijon voqealari vaqtida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan tuzilgan shtabga boshchilik qilgan va qurollangan shaxslar bilan muzokaralar olib borgan IIVning o‘sha vaqtdagi rahbari Zokirjon Almatov.
 
Akrom Yo‘ldoshev kim?
2004 yil iyunidan boshlab O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olingan andijonlik 23 nafar Akromiylar a’zosi deya gumon qilingan shaxslarning yaqinlari, hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13-may voqealariga olib keldi.

Akrom Yo‘ldoshev 1963-yil 25-iyunda Andijon shahrida tug‘ilgan.

U “Akromiylar”ni tuzishdan oldin matematika o‘qituvchisi bo‘lishi bilan bir qatorda Andijondagi mebel firmasida ishlagan.

O‘zbekiston militsiyasi Yo‘ldoshevni 1998-yil aprel oyida giyohvand moddalarni saqlaganlikda ayblab hibsga oldi.

Sud uni 30 oylik qamoq jazosiga hukm qiladi, biroq 1998-yilning dekabrida amnistiya tufayli ozod etiladi.

Ko‘p o‘tmay 1999-yil fevraldagi 16 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Toshkent portlashlariga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan Yo‘ldoshev Akromiylar rahbarlik qilgani uchun 17 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.

2005-yildagi qurolli qo‘zg‘olonning talablaridan biri Akramni ozod etish edi.

2005-yil oxiridagi suddagi chiqishi Yo‘ldoshevning jamoatchilikka so‘nggi ko‘rinishi bo‘ldi. Uning taqdiri 2016-yilgacha sir bo‘lib qolgan.

2016-yil yanvar oyida Akram Yo‘ldoshevni 2010—2011-yillarda qamoqda sil kasalligidan vafot etganini ma’lum qilindi.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Yevropa Ittifoqi va Ukraina dron ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Urush qiyinchiliklarida shakllangan Ukraina tajribasi endi Yevropa Ittifoqi himoyasiga ham hissa qo‘shadi.

Jahon

15.07.2026, 16:51

O‘zbekistonda “Shajara” axborot tizimi ishga tushiriladi

Endi ajdodlaringiz haqidagi arxiv ma’lumotlarini onlayn topish va oilangiz shajarasini yaratish mumkin bo‘ladi.

Oʻzbekiston

15.07.2026, 15:40

AQSH Eron portlariga blokada joriy etdi

Eronning aytishicha,  AQSH vaqtinchalik sulh kelishuvini yo‘qqa chiqargan. Tramp esa Eronni “Birinchi bo‘lib o‘q uzish”da aybladi.

Siyosat

15.07.2026, 15:11

“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi boshlandi

Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi uchun loyihalarni qabul qilish boshlandi.

Oʻzbekiston

15.07.2026, 14:10

Putin endi Si Szinpinning teng hamkori emas, balki kichik sherigiga aylandi

Ukrainadagi urush va iqtisodiy yakkalanish Rossiyaning Xitoyga qaramligini keskin kuchaytirdi. Natijada Pekin 2 davlat munosabatlarida ustun tomonga aylanib, Moskva esa tobora ko‘proq yon bosishga majbur bo‘lmoqda. 

Jahon

15.07.2026, 12:06

AQSH va Rossiya Qozog‘istondagi kosmodromdan kosmik kema uchirdi

Ukrainadagi urush sabab yuzaga kelgan taranglikka qaramay, AQSH va Rossiya kosmosdagi hamkorligini davom ettirmoqda. 

Fan-texnologiya

15.07.2026, 11:38

AQSHda musulmon erkak dini tufayli pichoqlandi

AQSHning Yuta shtatida yashovchi shaxs musulmon fuqaroga bir necha bor pichoq urganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Jinoyatchining aytishicha, u jabrlanuvchini aynan dini sabab nishonga olgan.

Jahon

15.07.2026, 10:02

Xitoyning oylik avtomobil eksporti 1 million donadan oshdi

Donald Trampning tarif siyosatiga qaramay, Xitoy o'tgan yilgi 1 trillion dollarlik rekord savdo profitsitini oshirishi mumkin.

Iqtisodiyot

14.07.2026, 17:31

Elektromobillarning "umri" qisqami?

Xitoyda elektromobillar bozori juda yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda. Shuning uchun yangi modellar deyarli har oy taqdim etilmoqda va bu eski avtomobillarning qiymatiga ham ta’sir ko‘rsatyapti.

Iqtisodiyot

14.07.2026, 14:48

Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan 6-klaster bo‘yicha muzokara boshladi

Yevropa Ittifoqi Ukrainaning a’zolik muzokaralarida navbatdagi klasterni ochdi. Ushbu qaror Kiyevni Viktor Orban tufayli yuzaga kelgan ikki yillik turg‘unlikdan olib chiqmoqda.

Siyosat

14.07.2026, 14:43

Tramp Kongressga Eron bilan urush qayta boshlanganini bildirdi

AQSH qonunchiligiga ko‘ra, prezident Kongress roziligisiz urush boshlasa, uni 60 kun ichida to‘xtatishi shart. AQSH va Eron o‘rtasidagi mojaro bo‘yicha 60 kunlik muddat 1-mayda tugagan. Ammo Trampda urushni davom ettirish uchun "bahona" mavjud.

Siyosat

14.07.2026, 11:34

Yevropa Ittifoqi G‘azo uchun 1 milliard dollarlik yordam dasturini ishga tushirdi

Yevropa Ittifoqining G‘azodagi tiklanish ishlarini jadallashtirish uchun boshlagan loyihasi 15 ta xalqaro hamkor ishtirokida amalga oshirilmoqda. 

Jahon

13.07.2026, 18:03

Endi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etadimi?

FIFA prezidenti Janni Infantino 64 jamoalik format muhokama qilinishini ma'lum qildi.

Sport

13.07.2026, 16:12

Yadrosizlanishni AQSh ittifoqchilaridan boshlash kerak — Shimoliy Koreya

Pxenyan NATOni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qarama-qarshilikni kuchaytirayotganlikda aybladi.

Siyosat

11.07.2026, 14:27

AQSh butun Eronni yo‘q qilishga tayyor – Tramp

Vashingtonga Eron Trampga suiqasd qilish rejalarini ishlab chiqqani haqida razvedka ma’lumotlari yetkazilgan. Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilsa, qaqshatqich javob tayyorlab qo‘yganini ma’lum qildi.

Jahon

11.07.2026, 11:14

OpenAI yangi ChatGPT Work agentini namoyish qildi

Anthropic bilan kuchli raqobatga kirishgan OpenAI uzoq kutilgan "super ilova"sini taqdim etdi.

Fan-texnologiya

10.07.2026, 18:30

«Сунъий интеллект мустақил киберҳужум уюштирди: тарихда илк бор

Sun’iy intellekt mustaqil ravishda kiberhujum uyushtirdi

Sun’iy intellekt tarixda ilk bor kiberhujum uyushtirdi. U inson ishtirokisiz serverga kirib ma’lumotlarni shifrlab tovon ham talab qilgan.

Fan-texnologiya

10.07.2026, 14:43

Turkiy davlatlar iqtisodiyoti 673,6 milliard dollarga yetdi

Turkiy davlatlar tashkiloti e’lon qilgan "Turk iqtisodiy sharhi" hisobotida iqtisodiy o‘sish, savdo aylanmasi va sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. 

Iqtisodiyot

10.07.2026, 11:34

NATOning Anqara sammiti: Eron va Ukraina bo‘yicha qarorlar

Ukrainaga 70 mlrd yevrolik yordam, Turkiyaga oid sanksiyaning bekor qilinishi, Eron va Grenlandiya masalasi — NATOning Anqara sammitidagi  muhim voqealar tafsiloti.

Jahon

10.07.2026, 10:46

Qozog‘istonda davlat bayrog‘i tushirilgan buyumlar taqiqlandi

Hukumat tomonidan tasdiqlangan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat bayrog‘ini kiyim-kechak, reklama yoki maishiy buyum sifatida ishlatishga ruxsat berilmaydi.  

Jahon

10.07.2026, 10:12

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →