Rossiya safida urushda qatnashgan andijonlikka jazo tayinlandi
2023 yil yanvar oyida andijonlik fuqaro giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi uchun Chelyabinsk shahar sudi hukmi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazo oʻtash jarayonida unga Rossiya—Ukraina urushida qatnashish evaziga jazodan qutulish taklif qilingan.
Oʻzbekiston
05.01.2026, 09:33
Ulashish:

Maʼlum boʻlishicha, Andijon shahrida istiqomat qiluvchi I.X. 2022 yil dekabr oyida ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga borgan. U Moskva va Chelyabinsk shaharlarida “Yandeks” platformasi orqali yetkazib berish xizmati bilan shugʻullangan.
2023 yil yanvar oyida I.X. giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq jinoyatda ayblanib, Chelyabinsk shahar sudi hukmi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Jazoni oʻtash davomida unga Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlarda qatnashish evaziga jazodan qutulish imkoniyati taklif qilingan. Shu asosda u 2024 yil avgust oyida Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolab, oddiy askar sifatida xizmatga kirishgan.
I.X. 2024 yil avgust–sentabr oylarida Donetsk shahri atrofida olib borilgan janglarda AK-74 oʻqotar quroli bilan qatnashgan. Janglar davomida snaryad portlashi oqibatida ogʻir tan jarohatlari olgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, ayblanuvchi umumiy mehnat qobiliyatining uchdan bir qismidan koʻprogʻini doimiy ravishda yoʻqotgan. Uning chap oyogʻiga “Ilizarov” apparati oʻrnatilgan va u Rossiyaga qarashli harbiy gospitallarda uzoq vaqt davolangan.
2025 yil sentabr oyida I.X. Oʻzbekiston Respublikasining konsullik hujjatlari asosida Vatanga qaytgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Jalaquduq tuman sudi I.X.ni Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topdi. Sud unga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi, biroq Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan jazo shartli hisoblanib, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash (uy qamogʻi) belgilandi.
Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, fuqarolarning chet davlatlar harbiy xizmatlarida ishtirok etishi jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Xususan, Jinoyat kodeksining 154 va 154-1-moddalariga asosan bunday harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Oʻzbekiston
05.01.2026, 09:33
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Alkogolli ichimliklarni reklama qilgan blogerga chora ko‘rildi
Oʻzbekiston
20.07.2026, 13:38

“Butun Livan yonishi, minglab livanlik onalar yig‘lashi kerak” — Itamar Ben Gvir
Jahon
19.06.2026, 15:12

Gʻazo sektori markazida Isroil havo hujumi oqibatida ikki shifokor halok boʻldi
Jahon
13.05.2024, 10:05

Livandan Isroilga 35 ta raketa uchirildi
Jahon
11.03.2024, 09:47
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37
So'nggi yangiliklar

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08

Xusiylar Saudiya Arabistoniga qarşi dengiz blokadasi e’lon qildi
Jahon
21.07.2026, 16:33

Gayana qirğoqlarida parom ağdarildi: halok bölganlar soni hozirça 27 ta
Jahon
21.07.2026, 13:23

Toshkent metropoliteniga 3 ta yangi poyezd olib kelindi
Oʻzbekiston
21.07.2026, 11:51

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston reytingda 10 pog‘ona pastladi
Sport
21.07.2026, 11:14

Afg‘onistonda Eronga ketayotgan 5 muhojir sahroda halok bo‘ldi, 14 nafari bedarak yo‘qoldi
Jahon
20.07.2026, 16:05
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37
