Alanga ichida qolgan Los-Anjeles: Amerikada nimalar yuz bermoqda?
Joriy yilning 7 yanvar kuni Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida boshlangan oʻrmon yongʻinlari ulkan talafotlarga sabab boʻldi. Bu yongʻinlar kuchli shamollar va quruq iqlim sharoitida tez tarqalib, shaharning keng hududlarini qamrab oldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida 10 kishi halok boʻlgan.
Jahon
11.01.2025, 10:51
Ulashish:

Alanga ichida qolgan Los-Anjeles: Amerikada nimalar yuz bermoqda?
Mahalliy Sogʻliqni saqlash boshqarmasiga koʻra, yongʻin 10 mingdan ortiq bino va inshootlarni vayron qilgan. Ayniqsa, shtatning Paliseyds hududi eng koʻp zarar koʻrgan joylardan biri boʻlgan. Bu hududda yongʻin taxminan 20 ming gektar yer maydonini yoqib yuborgan. Yongʻin tezligi va qamrovi aholini evakuatsiya qilishni yanada murakkablashtirgan.

Los-Anjeles okrugi sherifi Robert shtatda komendantlik soati eʼlon qilgan. Komendantlik soatida Palisades, Eaton va yongʻinlar atrofidagi boshqa hududlarda ertalab soat 6 dan 18:00 gacha amal qilinishi taʼkidlangan.

Pasadena meri Viktor Gordoning aytishicha, evakuatsiya qilingan aholi rasmiylar tomonidan xabardor qilinmaguncha uylariga qaytmasliklari kerak.
"Ayni paytda Los-Anjeles okrugida 180 mingga yaqin odam evakuatsiya qilish boʻyicha, yana 200 ming kishi esa evakuatsiya boʻyicha ogohlantirish ostida", degan u.
Yongʻin oqibatida koʻplab mashhur shaxslarning mulklari ham jiddiy zarar koʻrdi. Jumladan, AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarrisning uyi, aktyorlar Ben Afflek va Tom Xenksning, shuningdek, qoʻshiqchi Riannaning uylariga yongʻin yetib bordi. Malibuda esa aktyor va qoʻshiqchi Peris Xiltonga tegishli boʻlgan uylardan biri butunlay kulga aylangan.

Prezident Jo Bayden esa shtatda keng koʻlamli ofat rejimini joriy etdi. Ushbu rejim doirasida Gollivud yaqinidagi hududlardan 180 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya jarayonida aholi xavfsiz hududlarga koʻchirilgan.

Dastlabki baholashlarga koʻra, yongʻinlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori 50 milliard AQSh dollaridan oshgan. Bu zarar nafaqat binolar va infratuzilmaga, balki shaharning iqtisodiyotiga ham katta taʼsir koʻrsatmoqda. Minglab odamlar oʻz uylarini va mol-mulklarini yoʻqotib, yordamga muhtoj boʻlib qolishgan.

Hozirgi vaqtda yongʻinlarni oʻchirish ishlari davom etmoqda. Biroq kuchli shamol va quruq ob-havo sharoiti vaziyatni murakkablashtirmoqda. Yongʻinni oʻchirish uchun oʻnlab yongʻin oʻchirish brigadalari, maxsus texnika va samolyotlar jalb etilgan. Mutasaddilar aholiga xavfsizlik choralariga rioya qilish, rasmiylarning koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilish va zarurat boʻlsa, evakuatsiya zonalaridan chiqishni tavsiya qilishmoqda.
Jahon
11.01.2025, 10:51
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49
So'nggi yangiliklar

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi
Jahon
28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt
Madaniy
27.05.2026, 07:48

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs
Oʻzbekiston
26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi
Iqtisodiyot
26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin
Oʻzbekiston
26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

