Firʼavnning ajdarho bilan raqsi: Misrning Xitoy bilan harbiy hamkorligi
Qoʻshma Shtatlar oʻnlab yillar davomida Yaqin Sharqdagi koʻplab davlatlarning asosiy harbiy hamkori boʻlib kelgan. Ammo Misr oʻzining harbiy va iqtisodiy aloqalarini qayta uygʻonayotgan qudratli davlatlar, ayniqsa Xitoy bilan diversifikatsiya qilish yoʻlida strategik oʻzgarish qilishga intilmoqda. Ushbu tendensiya Misrning uzoq muddatli ambitsiyalarini yaqqol namoyon qiladi va bu kabi jasoratli qadam Misrning geosiyosiy yoʻnalishi va kelajakdagi siyosiy voqealar rivojiga keskin taʼsir qilishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklarni va shu bilan bir qatorda yangi imkoniyatlarni ham keltirib chiqaradi.
Jahon
17.03.2025, 12:27
Ulashish:

Firʼavnning ajdarho bilan raqsi: Misrning Xitoy bilan harbiy hamkorligi
Misrning harbiy hamkorlikni diversifikatsiya qilishdagi maqsadlari qanday?
Strategik himoyalanish strategiyasi. Qudratli davlatlar oʻrtasidagi raqobat davrida koʻplab oʻrta kuchga ega davlatlar hedjing, yaʼni himoyalanish strategiyasiga amal qilib, barcha tomonlar bilan bir vaqtning oʻzida hamkorlik qilish orqali aniq bir qudratli davlatning yonini olishdan qochmoqda. Misr AQSh bilan anʼanaviy aloqalarni saqlab qolgan boʻlsada, Xitoy bilan munosabatlarni mustahkamlash Misrga geosiyosiy noaniqlik davrida koʻproq tanlov imkoniyatini beradi.
Boshqacha qilib aytganda, Qohira Xitoyning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi harbiy va iqtisodiy taʼsiri ortib borayotganini toʻliq anglamoqda. Bu tushuncha Xitoyning strategik hamkorliklari, infratuzilma loyihalari va harbiy namoyishlari orqali taʼsir doirasini tez kengaytirayotganidan kelib chiqadi. Xitoy muntazam ravishda oʻz qudratini qoʻshma harbiy mashgʻulotlar, aviashoular va Yaqin Sharq davlatlari, jumladan, Misr, Jazoir va Birlashgan Arab Amirliklari bilan mudofaa bitimlarini imzolash orqali namoyish qilib kelmoqda.
Iqtisodiy hamkorlikka kelsak, Xitoy Misrda sanoat zonalari, elektr stansiyalari va yangi maʼmuriy poytaxt qurilishida faol ishtirok etmoqda. Misr uchun bu oʻzgarishlarning barchasi bitta oddiy haqiqatni koʻrsatadi: yaqin kelajakda Xitoy ushbu mintaqadagi eng nufuzli davlatlardan biriga aylanishi ehtimoli yuqori. Shu sababli, Xitoy bilan yaxshi aloqalar oʻrnatish Misr uchun shunchaki ixtiyoriy harakat emas, balki davlatlar oʻrtasidagi raqobatda muvozanatni saqlash uchun zaruriy strategiya hisoblanadi.
Cheklanmagan harbiy rivojlanish. Bundan tashqari, Misr hukumati oʻzining harbiy yoki iqtisodiy rivojlanishini sunʼiy ravishda cheklamaydigan ishonchli hamkor izlamoqda. AQSh esa Misrning harbiy soʻrovlarini bir necha bor rad etgan, chunki Qoʻshma Shtatlar Isroilning "Sifatli Harbiy Ustunlik" (QME) siyosatini barqarorligini taʼminlashni maqsad qilgan.
Ushbu siyosat Isroilni mintaqada harbiy jihatdan ustunlikka ega boʻlish uchun qoʻshni davlatlarning qurollanishiga cheklovlar qoʻyadi. Masalan, AQSh tomonidan taqdim etilgan F-16 qiruvchi samolyotlari uchun AIM-120 AMRAAM uzoq masofali havo-havo raketalaridan foydalanish cheklangan. Xuddi shuningdek, Misrning Rafale qiruvchi samolyotlari uchun MBDA Meteor raketalarini sotib olish istagi AQSh tomonidan Isroil xavfsizligiga tahdid sifatida koʻrildi va qarshilikka uchradi.
Shunday qilib, Misr harbiy hamkorlikni diversifikatsiya qilish orqali AQShga qaramligini kamaytirishi va hech qanday cheklovlarsiz yangi hamkorlar bilan mudofaa salohiyatini mustahkamlashi mumkin. Xitoy esa harbiy texnikani AQShga qaraganda arzonroq narxlarda taklif qilishi mumkin.
Bundan tashqari, 2024 yilda AQSh Prezidenti Bayden inson huquqlari buzilishi sababli Misrga harbiy yordamni qisqartirishini eʼlon qilgan edi. Garchi ushbu yordam kechikib boʻlsa ham yetib kelgan boʻlsada, bu Misr hukumatida shubha uygʻotdi: ertami-kechmi AQSh har qanday bahonani topib, yillik yordamni butunlay bekor qilishi mumkin. Shu sababli, Misr uchun oʻz suverenitetini hurmat qiladigan va milliy rivojlanish ambitsiyalariga toʻsqinlik qilmaydigan tashqi hamkorlarni izlash zarurati paydo boʻlmoqda.
Xitoy – Misr harbiy hamkorligi
Gʻarb davlatlaridan harbiy texnika sotib olishdagi cheklovlar tufayli Misr oʻz harbiy kuchlarini modernizatsiya qilish va mintaqaviy qudratga aylanish uchun yangi hamkorlar izlashga majbur boʻlmoqda. Potensial sheriklar orasida Xitoy eng yaxshi variantlardan biri sifatida koʻrilmoqda, chunki u bilan munosabatlar kamroq siyosiy shartlar va cheklovlarni oʻz ichiga oladi. Shu sababli, Xitoy va Misr allaqachon bir qator sohalarda, jumladan qiruvchi samolyotlar, mudofaa, kiberxavfsizlik va aerokosmik texnologiyalar boʻyicha harbiy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
Xitoy yetakchisi tomonidan eʼlon qilingan "Global xavfsizlik tashabbusi" ushbu hamkorlikni yanada jozibador qiladi. Ushbu loyiha oʻzaro hurmat, aralashmaslik va ikki tomonlama foyda tamoyillariga asoslangan yangi xavfsizlik modelini ilgari suradi. Bu tashabbus allaqachon AQSh va NATO xavfsizlik tamoyillariga muqobil yondashuv sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga, Xitoy ushbu strategiya orqali AQSh va uning ittifoqchilariga harbiy vositalarsiz, diplomatik va iqtisodiy usullar bilan qarshi turish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
Aniqroq aytganda, Xitoy yuqori sifatli va ilgʻor texnologiyalarni nisbatan arzonroq narxlarda taklif qilish orqali Misrning anʼanaviy ittifoqchilari — AQSh va Yevropa mamlakatlarini bu mintaqadan siqib chiqarmoqda. Ayniqsa, AQShning F-16 qiruvchi samolyotlari texnologik yutuqlar va narx boʻyicha allaqachon Xitoyning J-10C qiruvchi samolyotlariga yutqazmoqda.
Yaqinda Misr Xitoyning J-10C qiruvchi samolyotlarini sotib olish masalasida Pekin bilan muzokaralar olib bordi. Ushbu kelishuv 2024 yil 19 avgustda imzolangan boʻlib, bu Misrning harbiy strategiyasidagi sezilarli oʻzgarish va Yaqin Sharqdagi kengroq geosiyosiy qayta shakllanishni aks ettiradi.
AQSh tomonidan yetkazib berilgan samolyotlar bilan taqqoslaganda, yangi J-10C samolyotlari bir qator muhim jihatlardan farqlanadi. Birinchidan, J-10C toʻrtinchi avlod qiruvchi samolyoti boʻlib, Gʻarb variantlariga nisbatan ilgʻor imkoniyatlarni ancha arzon narxlarda taqdim etadi. Xususan, J-10C ning narxi taxminan 40-50 million dollar atrofida baholanmoqda, holbuki AQSh tomonidan Isroilga yetkazib berilayotgan F-16 ning soʻnggi versiyasi (F-16V) taxminan 65-70 million dollarga tushadi.
Ikkinchidan, J-10C AESA (Active Electronically Scanned Array) radari va ilgʻor elektron urush tizimlariga ega boʻlib, zamonaviy harbiy samolyotlar bilan raqobatlasha oladi. Bundan tashqari, samolyot Rossiyaning Lyulka-Saturn AL-31FN turboventilyatorli dvigateli bilan jihozlangan boʻlib, u 2200 km/soat maksimal tezlik va 3200 km masofaga uchish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, ushbu qiruvchi samolyot Xitoy tomonidan ishlab chiqilgan PL-10 qisqa masofali havo-havo raketasi bilan jihozlangan. Bu raketa "Thunderbolt-10" nomi bilan ham tanilgan boʻlib, ilgʻor infraqizil (IIR) nishonga olish tizimiga ega. Bu texnologiya raketaga istalgan burchakdan hujum qilish imkonini beradi va nishonlarni ularning shakli asosida aniqlash mexanizmini oʻz ichiga oladi.
Shu bilan birga, Misr va Xitoy oʻrtasida havo mudofaasi sohasida ham bir qancha muzokaralar olib borilgan. Masalan, "Tactical Report" maʼlumotlariga koʻra, 2022 yil yanvar oyida Xitoy Misrga nomaʼlum miqdordagi Wing Loong I-D uchuvchisiz jangovar samolyotlarini yetkazib berish masalasida muzokaralar oʻtkazgan.
Shuningdek, 2024 yil 14 oktabr kuni Misr Harbiy-havo kuchlarining 45 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan rasmiy efirda Mudofaa vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilingan maʼlumotga koʻra, "Misr armiyasi dunyoning eng zamonaviy qurollari bilan boyitildi, jumladan, koʻp maqsadli Rafale qiruvchi samolyotlari, F-16 qiruvchi samolyotlari, Boeing AH-64 Apache vertolyotlari va Xitoyning Wing Loong jangovar samolyotlari." Bu esa shuni anglatadiki, Xitoyning qiruvchi samolyotlari allaqachon AQSh samolyotlari bilan bir qatorda Misr harbiy-havo kuchlari tarkibiga kirishga ulgurdi.
Misrning harbiy hamkorlari Gʻarbdan Sharqqa siljishining ehtimoliy oqibatlari
Garchi bu qaror ayrim muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoli boʻlsa-da, Misr mavjud vaziyatdan foyda olish imkoniyatiga ham ega. Birinchidan, bu harakat bilan bogʻliq muammolarni hisobga oladigan boʻlsak, eng avvalo, Misr Xitoy bilan yaqin harbiy aloqalarni boshlagandan soʻng iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Ayniqsa, agar bu aloqalar Isroil va AQSh manfaatlariga zid boʻlsa.
Hozirda Misr AQSh bozoriga bojxona toʻlovlarisiz mahsulot eksport qilish imkoniyatiga ega. Bunga faqat belgilangan Sanoat Imtiyozli Zonalar(QIZ)ida ishlab chiqarilgan va kamida 10,5% Isroil tarkibiy qismini oʻz ichiga olgan mahsulotlar kiradi. AQSh Kongressi 1996 yilda AQSh-Isroil Erkin Savdo Shartnomasi doirasida QIZ dasturini yaratgan boʻlib, u Misrning toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatini rivojlantirishda muhim rol oʻynagan.
Ushbu sektor mamlakatdagi eng qadimiy va eng yirik sanoat tarmoqlaridan biri boʻlib, taxminan 1 million ishchi bandligini taʼminlaydi hamda Misrning ishlab chiqarilgan mahsulotlari eksportining qariyb 30% ini tashkil etadi. Agar Misr Xitoy harbiy texnikalarini sotib olish orqali oʻz harbiy salohiyatini diversifikatsiya qilish qarorini qabul qilsa va bu AQSh yoki Isroil bilan aloqalarga taʼsir qilsa, Qohira iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Shunga qaramay, barcha yirik davlatlarning mintaqadagi manfaatlarini hisobga olgan holda, Misr oʻz harbiy kuchlarini diversifikatsiya qilishni davom ettirishi uchun yanada muhimroq zaruriyat mavjud.
Jahon tartibi oʻzgarib, yangi super kuchlar paydo boʻlayotgan bir paytda, Misrning harbiy diversifikatsiyasi unga AQSh harbiy taʼminotiga bogʻliqlikni kamaytirish imkonini beradi. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mintaqasidagi geosiyosiy noaniqliklar shuni koʻrsatmoqdaki, Misr kabi oʻrta darajadagi davlatlar oʻz raqiblari bilan teng raqobatlashish uchun bir nechta hamkorlik variantlarini koʻrib chiqishga majbur. Shu sababli, Misrning Xitoy bilan yangi harbiy hamkorligi zamonaviy qurollarni yanada kengroq va arzonroq narxlarda sotib olish imkonini beradi hamda harbiy qudratini oshirishga xizmat qiladi.
Yuqorida koʻrib muhokama qilinganidek, Misrning Sharqqa tomon siljishiga bir nechta sabab va motivlar mavjud. Strategik himoyalanish, cheklanmagan harbiy rivojlanish va muqobil mudofaa hamkorlarini izlash ushbu jasoratli qarorning asosiy omillaridir. Bu oʻzgarish nafaqat Misrning geosiyosiy rolini kuchaytiradi, balki MENA mintaqasida kengroq qayta shakllanish jarayonini ham aks ettiradi.
Biroq, potensial muammolarni ham hisobga olish muhim. Misr va AQSh oʻrtasidagi harbiy va iqtisodiy aloqalar shuni anglatadiki, Xitoy bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha har qanday keskin qadam sezilarli iqtisodiy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, agar Vashington Misrning Xitoy bilan aloqalarini salbiy signal sifatida qabul qilsa, Qohira AQSh harbiy yordami va QIZ dasturi kabi muhim savdo kelishuvlari imkoniyatlarini yoʻqotish xavfini tugʻdiradi. Ushbu dastur Misr iqtisodiyotida hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Bu xavflarni kamaytirish uchun Qohira oʻz diversifikatsiya strategiyasini ehtiyotkorlik bilan boshqarishi lozim. Strategiya Xitoy bilan rivojlanayotgan aloqalar AQSh bilan mavjud hamkorlik hisobiga emas, balki unga qoʻshimcha tarzda olib borilishi kerak. Ushbu yondashuv uzoq muddatli foyda keltiradimi yoki kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi, Misr hukumatining oʻz strategiyasini qay darajada samarali amalga oshirishiga bogʻliqdir. Ammo aniq narsa shuki, Misrning Xitoy bilan hamkorligi uning geosiyosiy yoʻnalishini sezilarli darajada oʻzgartirmoqda.
Jasur Ravshanov
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

AQSh Britaniyadan bombardimonchi samolyotlarini qaytib oldi
Jahon
05.10.2026, 10:22

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

Netanyahu Tramp taklif qilgan Ğazo rejasini rad etdi
Siyosat
10.08.2026, 11:14

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
