Tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi
Prezidentning PF-176-son farmoni bilan tadbirkorlik subʼektlarini yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi.
Iqtisodiyot
02.10.2025, 14:48
Ulashish:

2026-2027 yillarda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan 5 ming tadbirkorlik loyihasiga 4 trln soʻm miqdorida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash taqdim etiladi.
2025 yil 1 noyabrdan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimcha instrumentlar joriy etiladi:
tadbirkorlik subʼektlarini "chempion" tadbirkor toifasiga olib chiqishga koʻmaklashish uchun ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarga milliy va xorijiy valyutada 10 mlrd soʻmgacha kreditlar ajratish uchun banklar orqali resurslar joylashtirish;
banklar tomonidan kichik tadbirkorlik subʼektlarining ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va "yashil" iqtisodiyot yoʻnalishidagi mikroloyihalariga ajratilgan 500 mln soʻmgacha kreditlarni quyidagi shartlarda qayta moliyalashtirish:
– ajratilgan kreditning foiz stavkasini 6 foizgacha, lekin Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkagacha pasaytirish;
– kamida 1 yil faoliyat yuritgan va 2 nafar xodimi boʻlgan, 5 va undan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratishni nazarda tutgan tadbirkorlik subʼektlarining loyihalariga taqdim etish.
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasining kafolat va kafillik taqdim etish tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish uchun uning muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida kafolatlar berish tashkiloti tashkil etiladi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab Kompaniya uzoq va borish qiyin hududlarda roʻyxatdan oʻtgan kichik va oʻrta tadbirkorlik subʼektlariga ajratilgan kreditlarni mos ravishda 1,5 va 5 mlrd soʻmgacha Markaziy bank asosiy stavkasidan toʻrt foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta moliyalashtirish yoʻli bilan kompensatsiyalar taqdim etadi. Bunda:
qayta moliyalashtirish tadbirkorlik subʼektlarida band boʻlgan xodimlardan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolari kamida:
- 5 nafarni tashkil qilganda – 2 foizgacha;
- 10 nafarni tashkil qilganda – 4 foizgacha;
- 20 nafarni tashkil qilganda – 6 foizgacha amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, biznes-reja va loyihalarning samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlganda toʻxtatilgan moliyaviy yordamni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tarmoq uyushmalari tomonidan belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha tiklash huquqi beriladi.
Kompaniya 2026-2028 yillarda 500 mlrd soʻm miqdorida korporativ obligatsiyalar chiqaradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026 yildan boshlab har yili Kompaniyaga uning buyurtmasiga koʻra "qayta moliyalashtirish" va "resurs joylashtirish" instrumentlari uchun 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda, Markaziy bank asosiy stavkasidan 2 foiz punktga past stavkada 300 mlrd soʻmgacha byudjet ssudasini ajratadi.
2026 yil 1 yanvarga qadar Kompaniyaning "Tadbirkor" axborot tizimi tashkilotlarning (roʻyxat boʻyicha) axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish boʻyicha "Yoʻl xaritasi" tasdiqlandi.
Iqtisodiyot
02.10.2025, 14:48
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Avtokredit, subsidiya va chegirmalar: elektromobillar qoʻllab-quvvatlanadi
Iqtisodiyot
18.02.2026, 17:21

Toshkentdan Sirdaryoga koʻchayotgan biznesmenlarga yangi imtiyozlar beriladi
Oʻzbekiston
05.12.2025, 10:31

Pensionerlar yer va mol-mulk soligʻidan toʻliq ozod qilinadimi?
Oʻzbekiston
03.12.2025, 11:44

Elektrotexnika sohasi uchun 20 milliard soʻmgacha imtiyozlar beriladi
Iqtisodiyot
17.10.2025, 09:03

2026 yildan boshlab YaTT va oʻzini band qilganlar uchun aylanma soligʻi 1 foizgacha pasaytiriladi
Iqtisodiyot
12.08.2025, 10:29

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yangi jamgʻarma tashkil etiladi
Siyosat
18.02.2025, 10:06
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
So'nggi yangiliklar

Ko‘p kvartirali uylarga oid yangi taqiqlar
Oʻzbekiston
02.05.2026, 17:54

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq
Madaniy
01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi
Iqtisodiyot
01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi
Jahon
01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi
Jahon
01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi
Fan-texnologiya
30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda
Jahon
30.04.2026, 17:30

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda
Jahon
30.04.2026, 16:54

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi
Jahon
30.04.2026, 16:30

BAAning OPECdan chiqishi dunyo iqlimi uchun yangi xavfmi?
Jahon
30.04.2026, 12:21

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda
Oʻzbekiston
28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Polsha va Ukraina birgalikda “dronlar floti”ni yaratadi
Jahon
27.04.2026, 17:45

Isroil prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurdi
Jahon
27.04.2026, 16:23

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Oʻzbekiston
27.04.2026, 12:05

Ajrimlar statistikasi hududlar kesimida farq qilmoqda
Oʻzbekiston
27.04.2026, 11:32
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
