Toshkentda fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda yangi tartib joriy etildi
Endilikda Toshkent shahri koʻchalarida ichki ishlar organlari xodimiga qilingan murojaat 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilish bilan teng hisoblanadi.
Oʻzbekiston
27.01.2026, 16:02
Ulashish:

Bu haqda 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Yigʻilishda Chilonzor tumani misolida ichki ishlar organlari faoliyatida yangi yondashuvlar taqdim etildi. Unga koʻra, endilikda tuman ichki ishlar xodimlari oʻz xizmat yoʻnalishi va hududidan qatʼi nazar, fuqarolar murojaatlarini qabul qiladi. Koʻchada formali ichki ishlar xodimiga qilingan murojaat 102 xizmatiga berilgan xabar bilan tenglashtiriladi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi 55 ta mahallada profilaktika inspektorlarining xizmat xonalari ular bilan tezkor aloqa oʻrnatish imkonini beruvchi maxsus tugmalar bilan jihozlanadi. Profilaktika inspektorlari qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, aholi ular bilan qoʻl telefonlari va planshetlari orqali tun-u kun bogʻlanishi mumkin boʻladi.
Profilaktika inspektorlari uchun zamonaviy va xalqqa mos xizmat formasi joriy etiladi. Ularning ish faoliyati raqamlashtirilib, «ovozli tushuntirish xati» olish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Bundan tashqari, tuman ichki ishlar tergov boʻlimlarida materiallarni koʻrib chiquvchi tergovga qadar tekshiruv guruhlari tashkil etiladi. Endi profilaktika inspektorlarining faoliyatini baholashda protokol tuzish asosiy mezon boʻlmaydi.
Yigʻilishda aholi huquqlarini himoya qilish va qulaylik yaratish maqsadida sudlar, advokatura hamda sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari uchun markazlashgan tungi navbatchilik tizimini joriy etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish vazifasi belgilandi.
Qayd etilishicha, endilikda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatning har bir soati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi. Shu bilan birga, aholi gavjum joylarda dronlar yordamida patrullik kuzatuvi amalga oshiriladi.
Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid qonunchilikni amalda ishlaydigan holatga keltirish va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksni takomillashtirish rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish maqsadida «poytaxt namunasi» joriy etiladi.
Oʻzbekiston
27.01.2026, 16:02
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 14:48

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06

Toshkent shahar IIBB boshligʻi va prokuroriga «hayfsan» berildi: poytaxtda 800 dan ortiq jinoyat hisobdan yashirilgan
Oʻzbekiston
27.01.2026, 17:00

Toshkentda YPX inspektorini xizmat paytida urib ketdi
Oʻzbekiston
23.01.2026, 08:52

Toshkentdagi ekologik xavfli 87 ta korxona shahar tashqarisiga koʻchiriladi
Oʻzbekiston
19.01.2026, 13:20

Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
Jahon
17.01.2026, 12:23
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
So'nggi yangiliklar

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Oʻzbekiston
15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda
Jahon
15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin
Iqtisodiyot
15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni
Jahon
07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi
Sport
06.04.2026, 13:50

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Jahon
06.04.2026, 12:12

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda
Fan-texnologiya
04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi
Iqtisodiyot
03.04.2026, 17:17
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
