Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari
Xitoy o‘zi uchun yaratgan yangi xaritada qo‘shni davlatlarning bir qismi, butun Tayvan, hatto Rossiyaga tegishli hududni ham o‘ziniki sifatida tasvirlagan. Bu oddiy xaritami yoki Pekinning kelajakdagi strategik maqsadi?
Jahon
15.09.2026, 17:16
Ulashish:
2023-yilda Xitoy tabiiy resurslar vazirligi yangi rasmiy Xitoy xaritasini e’lon qildi. Unda oldin xalqaro xaritalarda boshqa davlatlarga tegishli bo‘lgan hududlar Xitoy chegaralari ichida ko‘rsatilgan. Natijada Hindiston, Filippin, Malayziya, Vetnam, Tayvan va yana qator davlatlar Pekinni xalqaro huquqni buzishda aybladi.
Ushbu xaritaning e’lon qilinishi Xitoyning o‘zida ham katta voqealik sifatida kutib olindi. Davlat OAVlari eski xaritalar "jamiyatga katta zarar yetkazishi" haqida xalqqa ogohlantirish berib, yangi xarita milliy birlikning muhim omili ekanini alohida ta’kidlab bu qarashni targ‘ib qilishdi.
Xitoyning o‘zi yaratib olgan bu bahsli xaritasini ko‘rib chiqamiz.
Birinchi bo‘lib Kashmirdan boshlasak. Xabaringiz bor, Kashmir hududi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi eng bahsli hududlardan biridir.
Xitoy yangi xaritasida ushbu hududning barchasini o‘z hududi tarkibida ko‘rsatgan. Amalda esa, Xitoy uning bir qismini – Aksay Chin o‘lkasi va 1963-yil Pokiston tomonidan topshirilgan Shaksgam vodiysini nazorat qiladi.
Hindiston ham Kashmir o‘ziga tegishli ekanini da’vo qiladi. Aynan shu masala ikki davlat o‘rtasidagi keskinlikning asosiy sababi bo‘lmoqda.
Har ikki tomon bu hududda faol qurilish ishlari olib borib, yo‘llar, aloqa minoralari, aerodromlar bunyod etmoqda. Chunki harbiy mojaro boshlanganda bu infrastrukturalardan urush uchun foydalanishi aytilmoqda.
Ikki davlat harbiylari “Amaldagi nazorat chizig‘i” deb ataladigan chegara bo‘ylab bir-biriga qarama-qarshi turadi.
Mazkur chiziq rasmiy ravishda kelishib olinmagan bo‘lsa-da, amalda ikki davlat chegarasi hisoblanadi.
Ayniqsa, chegaraning Himolay - yer yuzidagi eng baland tog‘dan o‘tgan qismlari eng munozarali. Bunday baland tog‘ tizmasida chegara aniqlash va hududni nazorat qilish deyarli imkonsiz. Shunga qaramay, Xitoy va Hindiston ushbu murakkab tog‘larda o‘z nazoratini oshirishga harakat qilmoqda.
Xitoy ham, Hindiston ham yadro quroliga ega davlat bo‘lgani uchun 1996-yilda ular amaldagi nazorat chizig‘i bo‘ylab o‘qotar qurollardan foydalanmaslikka kelishib olgan.
Shu sababli, biror harbiy mojaro kelib chiqsa, ikki tomon harbiylari tayoqlar va panjara ustunlari bilan jang qilishadi. Bu o‘rta asrlardagi urushlarni eslatsa-da, mojaroni o‘qotar qurollar ishlatiladigan bosqichga o‘tishdan saqlab qolmoqda.
Masalan, 2020-yilda, Ladahda bo‘lib o‘tgan mojaroda Hindiston va Xitoy askarlari asosan toshlar hamda bambuk tayoqlari bilan jang qilgan. O‘shanda 20 nafar hind va 4 nafar xitoy askari “tayoq yeb” halok bo‘lgan edi.
Xarita bo‘ylab sharqqa qarab davom etsak, Nepalga yetib kelamiz.
2022-yilda BBC tomonidan Nepal hukumatining maxfiy hisoboti sizdirildi. Unda Xitoy Nepalning Humla tumanidagi suveren hududiga kirib borayotgani va Nepalda ruxsatisiz turli inshootlar qurayotgani aytiladi.
Aslida Nepal hukumati bu hisobotning ommaga tarqalishini istamagan. Chunki Xitoy va Hindiston kabi ikki yirik davlat o‘rtasida joylashgan Nepal tashqi siyosatda nihoyatda ehtiyotkor yo‘l tutishga majbur. Ayniqsa, iqtisodiy va infratuzilmaviy hamkorlik tobora kuchayib borayotgan Xitoy bilan munosabatlarda Nepal keskin bayonotlardan qochishga harakat qiladi.
Yuqorida aytganimiz, 2023-yilda Xitoy e’lon qilgan standart xarita Nepalda ham bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Garchi Xitoy xaritada Nepalning xalqaro tan olingan hududlarini o‘z tarkibiga kiritmagan bo‘lsa-da, Nepal bu xaritadan noroziligini bildirdi.
Sababi, unda Nepal 2020-yilda o‘zining yangi rasmiy xaritasiga kiritgan Kalapani, Lipuleh va Limpiyadhura hududlari Nepal tarkibida aks ettirilmagan. Mazkur joylar hozirda amalda Hindiston nazorati ostida bo‘lsa-da, Nepal ularni o‘z suveren hududi deb hisoblaydi.
Endi yana sharqqa qarab davom etsak, Himolaydagi yana bir davlat – Butanga duch kelamiz.
Butan to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan davlat. Uning Xitoy bilan chegarasi muzliklar bilan qoplangan murakkab tog‘li hudud orqali o‘tadi.
Xitoy 2006-yilda Butanning markaziy qismidagi Pasamlung va Jakarlung vodiylari bo‘yicha da’vosidan voz kechishi evaziga Butan g‘arbidagi tog‘li hududlar – Doklam platosi, Sinchulungpa, Dramana va Shahatoye yaylovlarini berishni bosim o‘tkazib talab qilgan. Butan taklifga rozi bo‘lmagan.
Biroq rasmiy Pekin dunyoga ushbu hududlar endi o‘z nazorati ostida ekanini e’lon qilgan. Va buni standart xaritasida ham aks ettirgan.
Xitoy Butanning boshqa hududlarida ham xuddi shu usuldan foydalanib, shimoliy chegara chizig‘ini janub tomon siljityapti.
2020-yilda esa Xitoy Butandagi Sakteng nomli o‘rmon va qo‘riqxonani ham o‘ziga tegishli ekanini da’vo qildi.
Biroq qiziq tomoni shundaki, rasmiy xaritasida bu hudud Xitoy chegarasi ichida ko‘rsatilmagan. Ehtimol, keyingi xaritalarda uni ham qo‘shishar.
Xitoyning Butanga nisbatan eng muhim strategik da’vosi Doklam platosi bilan bog‘liq. Aynan shu hudud sabab 2017-yilda Hindiston va Xitoy qo‘shinlari o‘rtasida 73 kun davom etgan harbiy qarama-qarshilik yuz bergan.
Doklamning Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi muhim strategik bo‘g‘inlardan biri bo‘lishiga – sabab uning “Tovuq bo‘yni” (Chicken Neck) deb ataladigan tor yo‘lakka juda yaqin joylashganidir. Uning ahamiyati shunda-ki, ushbu yo‘lak orqali Hindiston sharqiy shtatlari bilan bog‘lanadi.
Xitoy aynan Doklam platosi yordamida Hindistonning eng muhim transport yo‘lagi – “Tovuq bo‘yni” ustidan qulay harbiy kuzatuv nuqtasini egallashga harakat qilmoqda.
Xitoyning bu “yo‘lak”ni nazorat qila olishi, harbiy mojaro vaqtida, Hindistonni ancha zaif holatga tushirishi mumkin.
Xitoyning bu hududiy da’vosi faqatgina o‘zi xohlagandek xarita yaratish bilan cheklanmayapti.
Reuters tahlil qilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Xitoy Butanning suveren hududida 200 dan ortiq bino, jumladan, yo‘llar va aholi punktlari qurayotganini aniqlagan.
Xullas, Nepal singari Butan ham ikki yirik davlat orasida qolib ketgan.
Biz bilgan xalqaro tan olingan xaritalarda Hindistonning shimoli-sharqida Arunachal-Pradesh nomli shtat tasvirlangan.
Xitoy xaritasida esa ushbu hududning barchasi Xitoy chegaralari ichida ko‘rsatilgan. Hatto xitoyliklar bu hududni “Janubiy Tibet” deb qayta nomlab olgan.
Biroq aslida u Hindistonga tegishli va bu hududda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi Hindiston pasportiga ega.
1914-yilda Buyuk Britaniya Hindistoni, Tibet va Xitoy vakillari o‘rtasidagi kelishuvga asosan, uzunligi 890 kilometr bo‘lgan chegara hududi Dehli nazoratga ekanligi kelishilgan.
Ammo rasmiy Pekin Tibetni Xitoy tarkibida ekanligini va Tibet bilan Hindiston o‘rtasidagi ushbu 890 kilometr chegarani hech qachon tan olmaganini ta’kidlaydi.
Bundan tashqari, Xitoy mintaqadagi tog‘ cho‘qqilari, daryolar va shaharlarning nomlarini yangi xaritasida xitoycha qayta nomlamoqda.
Bunga javoban Hindiston hukumati Arunachal-Pradeshda yo‘llar qurish va yuzlab qishloqlarni rivojlantirish uchun 500 million dollar ajratdi.
Dehlining maqsadi — ushbu hudud ustidan Hindiston nazoratini yanada mustahkamlashdir.
Yana sharq tomon yursak, dengizga chiqamiz. Xitoy tuzgan xaritaning eng bahsli qismi aynan shu yerda. Yangi xaritada uzuq-uzuq chiziq orqali deyarli butun Janubiy Xitoy dengizi, Xitoy dengiz hududi sifatida tasvirlangan.
Bu “to‘qqiz punktirli chiziq” deb nomlanib, 1940-yillarda Xitoy hukumati tomonidan qo‘lda chizilgan taxminiy chegaradir. Biroq uni na xalqaro hamjamiyat, na mintaqadagi boshqa davlatlar ham tan olmagan.
2016-yilda Gaaga shahrida joylashgan Doimiy arbitraj sudi Filippin kiritgan da’vo bo‘yicha chiqargan qarorida Xitoyning "to‘qqiz punktirli chiziq" asosidagi tarixiy da’volari xalqaro yuridik asosga ega emasligini ma’lum qildi.
Ammo “imperialistik” g‘oyali davlatlarga xos tarzda Xitoy ham boshqa davlatlarni mensimagan holda butun dengiz bizniki degan pozitsiyada turibdi.
Janubiy Xitoy dengizi baliq zaxiralari, neft va gaz resurslariga boy hamda strategik orollar, muhim xalqaro savdo yo‘llariga ega hudud hisoblanadi. Xitoy uchun ahamiyatli ham shunda.
Xitoy dengiz ostidagi mayda qoyalarga qum to‘kib, sun’iy orollar barpo etmoqda. So‘ngra yangi orollarda harbiy bazalar qurishni rejalashtirgan.
O‘tgan o‘n yil ichida ular Janubiy Xitoy dengizi bo‘ylab o‘nlab shunday orolda bazalarni yaratishdi. Hatto ularning ba’zilari dunyo hamjamiyati tomonidan boshqa mamlakatlar hududi deb tan olingan dengiz hududlarida joylashgan.
Bundan tashqari, Xitoy dengiz floti ham ushbu xalqaro suvlarda o‘z hududidek muntazam patrul nazorati olib bormoqda.
Janubiy Xitoy dengiziga o‘xshash mojaro biroz shimolda joylashgan Senkaku orollari atrofida ham davom etmoqda.
Hozirda yirik neft va gaz konlariga ega ushbu orollar Yaponiya nazoratida. Xitoy nazarida esa, bular ham Xitoyning hududi. Ishonmasangiz, ular yaratgan xaritaga e’tibor bering.
Xitoy gohida Senkaku orollari atrofidagi suv va havo hududlariga Sohil qo‘riqlash xizmati kemalarini yuborib, Yaponiyaga o‘z qudratini ko‘rsatib turadi. Ya’ni ular xaritadan tashqari o‘z da’vosini amalda ham isbotlashga harakat qilmoqda.
Xitoyning rasmiy xaritasida Tayvan ham Xitoy tarkibidagi orol sifatida tasvirlangan.
Tayvan qariyb 80 yillardan beri amalda mustaqil boshqaruvga ega bo‘lsa-da, Xitoy uni o‘z hududi deb hisoblaydi.
Pekin vaziyat keskinlashsa, Tayvanni kuch ishlatish yo‘li bilan qaytarib olishga tayyor ekanini bir necha bor ochiq aytgan.
Shu maqsadda yangi xaritada to‘qqiz chiziqli chegaraga yana bitta, ya’ni “o‘ninchi chiziq” qo‘shilgan.
Bu yangi chiziq shimol tomonga cho‘zilib, Tayvanning sharqiy qismidagi dengiz hududini ham o‘z ichiga oladi.
Xitoy Rossiya hududiga ham da’vo qiladi.
Endi Xitoyliklarning xaritasida Rossiyaga tegishli bo‘lgan Bolshoy Ussuriyskiy daryo oroli Xitoy hududi sifatida tasvirlangan.
Bir vaqtlar bu orol ustida bahs bo‘lgan. Ammo 2004-yil 14-oktabrda Rossiya va Xitoy chegarani qayta belgilash bo‘yicha kelishuvga erishgach, orolning yarmi Rossiyaga berilgan. Bu bitim 2008-yilda kuchga kirgan.
Shunga qaramay, yangi xaritada Xitoy mazkur orolni to‘liq yana o‘ziniki sifatida ko‘rsatmoqda.
Xulosa
Tanishib chiqqanimizdek, Xitoy e’lon qilgan yangi xarita bir qator siyosiy bayonotlardan iborat. Chin hukumati ushbu xarita orqali tashqi siyosiy ambitsiyalarini va qarashlarini qo‘shni davlatlar va jahon hamjamiyatiga ko‘rsatmoqda.
Mazkur xarita siyosiy mazmun kasb etadi. U faqatgina bir davlatining xohishi emas, balki ochiqchasiga boshqa mustaqil davlat hududiga tajovuz sifatida baholash mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar

Hindiston va Xitoy: 2020-yilgi to‘qnashuvdan keyin vaziyat qanday?
Jahon
12.09.2026, 14:39

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi
Jahon
07.07.2026, 11:10

Xitoy Tayvanga tashrif buyurganlarga sanksiya qo‘llayapti
Siyosat
04.06.2026, 15:41

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
So'nggi yangiliklar

Qamashida 2 ming yildan ortiq tarixga ega mehrob va ostodon topildi
Madaniy
15.09.2026, 12:32

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

Neft narxining $100 dan oshishi Markaziy Osiyo davlatlariga turlicha ta’sir qiladi
Jahon
14.09.2026, 16:56

Rossiya neft ishlab chiqarish hajmi yanvardan beri 940 ming barrelga kamayib ketdi
Jahon
14.09.2026, 15:54

Rossiya Ukraina–Polşa çegarasi yaqinida yólovçi poyezdiga dronlar bilan zarba berdi
Jahon
14.09.2026, 10:20

O‘zbekistonda ayrim talabalarning yotoqxona yoki bir yillik ijara xarajatlari vаucher orqali qoplanadi
Oʻzbekiston
14.09.2026, 09:51

Hindiston va Xitoy: 2020-yilgi to‘qnashuvdan keyin vaziyat qanday?
Jahon
12.09.2026, 14:39

24-avgust – 4-sentabr chet tili imtihoni natijalari chiqdi
Ta'lim
12.09.2026, 12:26

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Kelasi hafta Seul Markaziy Osiyo sammitiga mezbonlik qiladi – Janubiy Koreya prezidenti
Siyosat
11.09.2026, 15:47

Ukraina dronlari Tula viloyatida ikki kishini o‘ldirdi, Kiyevda 8 kishi yaralandi
Jahon
11.09.2026, 14:27

Nepal BMTdan $20 mln kompensatsiya talab qildi
Jahon
11.09.2026, 12:00

G‘azo: Isroilning so‘nggi zarbalari bir oilaning to‘rt a’zosini hayotdan olib ketdi
Jahon
10.09.2026, 16:13

Isroil — Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashdi
Jahon
10.09.2026, 12:31

“Har biringizga $5000 dan beraman” – Trampdan yangi va’da
Siyosat
10.09.2026, 11:57

Dunyoda inflyatsiya yana kuchaymoqda
Iqtisodiyot
10.09.2026, 10:38

AI insoniyatni 2030-yilgacha yo‘q qilishi mumkinmi?
Fan-texnologiya
10.09.2026, 10:30

Ehtiyojmand oila farzandlarini bepul öqitadigan tadbirkorlarga yer 1 mln sömdan auksionga çiqariladi
Oʻzbekiston
10.09.2026, 10:06
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
