Eron yadro dasturini himoya qila oldimi?
Isroil Erondagi bir qancha yer usti nishonlarini jiddiy shikastladi, AQSh esa yer ostidagi yadro inshootlarini vayron qilganini daʼvo qilmoqda. Sunʼiy yoʻldosh tasvirlari raketalar nishonga tekkanligini koʻrsatadi, biroq vayron qilingan hududlar va yadro obʼektlarini tasdiqlovchi mustaqil dalillar hozircha yoʻq.
Jahon
25.06.2025, 11:07
Ulashish:

Chapdan, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy va AQSh prezidenti Donald Tramp [Saul Loeb/AFP/Eron oliy rahbarining veb-sayti/AFP Getty Images orqali]
"Hozircha hech kim – hatto MAGATE (Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi) ham – Fordodagi yer ostidagi zararni toʻliq baholay olmadi. Ishlatilgan portlovchi materiallar va sentrifugalarning tebranishga sezgirligini hisobga olsak, jiddiy zarar yetkazilgan boʻlishi mumkin," –dedi BMTning yadro nazorati agentligi MAGATE bosh direktori Rafael Grossi.
Shuningdek, MAGATE maʼlumotlariga koʻra, Eron qoʻlida boʻlgan 400 kilogramm yuqori darajada boyitilgan uranning hozirgi joyi ham nomaʼlum.
Eron Atom Energiyasi Tashkiloti rahbari Muhammad Islomiy yadro dasturi zarar koʻrmaganini aytdi.
Shu bilan birga, sulh boshlanganidan uch yarim soat oʻtib, seshanba ertalab Isroilga uchgan ikkita ballistik raketa manbasi haqida nomaʼlumlik saqlanib qolmoqda. Eron hukumati rasman bu raketalarni otganini rad etdi.
Xoʻsh, kim otgan? Yoki ular tasodifan otilgan boʻlishi mumkinmi – xuddi 2021 yilda 176 kishining hayotiga zomin boʻlgan Ukraina yoʻlovchi samolyotini urib tushirgan Eron raketasi kabi?
Eron yana zarba olishi mumkinmi?
Isroil va Eron faqat vaqtincha oʻt ochishni toʻxtatishga kelishdilar. Ular sulh tuzmadilar.
Eron yadro dasturiga kelsak, mutaxassislarning fikricha, kelajakda ikki yoʻl mavjud:
1. BMTning yangi tekshiruvlari va kelishuv.
Eron yadro inshootlarini qayta tekshirish va yangi shartnoma (ehtimol, 2015 yildagi Barak Obamaning "Qoʻshma Harakatning Umumiy Rejasi"ga oʻxshash) global bosimni pasaytirishga yordam beradi. Garchi Tramp ushbu kelishuvdan chiqqan boʻlsa-da, Eron bu kelishuvdan chiqmagan.
Bu yerda Yevropa davlatlari muhim rol oʻynashi mumkin. Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya 20 iyun kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat rahbari Kaya Kallas bilan uchrashib, AQSh zarbalarining oldini olishga harakat qilishdi. Bu uchrashuv muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi, biroq Yevropa Ittifoqi yakkaxon holda Eronni kelishuvga majburlay olmasa-da, AQSh-Isroilning qattiq siyosatiga alternativa boʻlishi mumkin.
"Eron yadro dasturi boʻyicha qoʻshimcha nazorat va majburiyatlar taklif qilib, Yevropaliklarni diplomatik jarayonga jalb qilishga urinadi. AQSh tinch yadro dasturini qabul qilishi mumkin – AQSh Davlat kotibi Mark Rubio buni aytgan ham. Ehtimol, AQSh rejim oʻzgarishini majburlashga urinmaydi. Endi Yevropa – Eronning yagona chiqish yoʻli. Rossiya bu tomondan ishonchsiz hamkor", — dedi Afina universiteti geosiyosati oʻqituvchisi Ioannis Kotulas "Al Jazeera" ga.
2.Isroilning yangi kelishuvga qarshiligi.
Isroil hozirda avval Gʻarb va Eron oʻrtasidagi har qanday yadro kelishuvini barbod qilishga uringan va yangi shartnomani qabul qilishga tayyor emas.
Bundan tashqari, Eron AQSh avvalgi kelishuvdan chiqqanidan, muzokaralar davomida shartlarni oʻzgartirganidan va nihoyat Isroil bilan birga yadro inshootlarini bombardimon qilganidan keyin ham kelishuvga rozi boʻladimi?
"Bu mamlakat ichidagi dinamikaga va qanday qilib imkoniyatlar izlanganiga bogʻliq, lekin Eron ichida ham uranni boyitishni kengaytirishga qarshi chaqiruvlar mavjud," – dedi Sent-Andreyus universiteti Eron tarixi professori Ali Ansari "Al Jazeera"ga.
Hozircha Eron yadro dasturini davom ettirishda qatʼiy ekanligini bildirmoqda. Dushanba kuni Eron parlamenti xavfsizlik qoʻmitasi majlisida qabul qilingan loyihada, agar umumiy majlis tomonidan tasdiqlansa, MAGATE bilan hamkorlik toʻxtatilishi talab qilinmoqda.
Isroil Eronga katta zarba berish, AQShni jalb qilish va xalqaro bosimga bardosh berish orqali oʻz qudratini namoyish etdi. Eron rasmiylarining aytishicha, Isroil Eron yadro infratuzilmasining bir qismini yoʻqotgan boʻlishi mumkin, lekin rasmiy ravishda Eronning uranni boyitish dasturi toʻxtamaydi.
AQSh va Yevropa kelajakdagi muzokaralarda hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin, ammo Eron hukumati bilan sulh tuzish hali noaniq.
Mavzuga oid yangiliklar

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida
Jahon
01.07.2025, 13:07

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
So'nggi yangiliklar

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati
Madaniy
20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi
Madaniy
20.05.2026, 12:33
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26
