Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 19:48

Janubiy koreyaliklar tunni bedor oʻtkazdi: Mamlakat siyosatida nimalar oʻzgarmoqda? (foto)

Joriy yilning 3 noyabr kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol YTN telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga chiqib, mamlakatdagi konstitutsiyaviy tartibni kommunistik kuchlardan himoya qilish uchun harbiy holat eʼlon qilishini aytdi. Shundan keyin mamlakatda har qanday siyosiy faoliyat, xususan, norozilik namoyishlari hamda siyosiy partiyalar faoliyati toʻxtatilgani eʼlon qilinib, barcha OAV va nashriyotlar ustidan nazorat oʻrnatildi. Davlat rahbarining mazkur harakati parlamentdagi ayrim muxolifatchilar tomonidan keskin qoralanib, unga qarshi noroziliklar boshlandi. Xoʻsh, Prezident joriy qilgan cheklovlar bekor qilinadimi? Voqea yuzasidan hozirgacha nimalar maʼlum?

Janubiy koreyaliklar tunni bedor oʻtkazdi: Mamlakat siyosatida nimalar oʻzgarmoqda? (foto)

Janubiy koreyaliklar tunni bedor oʻtkazdi: Mamlakat siyosatida nimalar oʻzgarmoqda? (foto)

Kecha, 3 dekabr kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol  YNT telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilgan murojaatda mamlakatda harbiy holat joriy etilganini eʼlon qildi. Davlat rahbari mazkur harakat orqali Shimoliy Koreyaga xayrixoh kuchlarning yoʻq qilishini hamda davlat boshqaruvini konstitutsiyaviy tartibda saqlanib qolishini taʼkidlagan

"Yonhap" hamda "Reuters" nashrining yozishicha, Janubiy Koreya parlamentida katta kuchga ega boʻlgan muxolifatchi Demokratik partiya hukumatning byudjet boʻyicha taklifini rad etib, davlat auditori va bosh prokurorga impichment eʼlon qilishga qaror qilgan. Shu sababli Prezident Yun Sok Yolning mamlakatda harbiy holat joriy qilgan.

Mamlakatda harbiy holat joriy etilganidan keyin Prezident parlament aʼzolari bilan yigʻilish oʻtkazib, oʻziga qarshi impichment protsedurasi (ayrim mansabdor shaxslarning mansabdan chetlatish va javobgarlikka tortish jarayoni)ni oʻtkazishga urinishlar tufayli hokimiyat falaj boʻlishi xavfi borligini aytgan. 

Shuningdek, Janubiy Koreya rahbari (2022 yilda "Xalq kuchi" partiyasidan saylangan) parlamentni nazorat qiluvchi Demokratik partiyadan boʻlgan muxoliflarni Shimoliy Koreyaga xayrixohlikda va hukumat ishini falaj qilayotgan davlatga qarshi faoliyatda ayblagan.  

"Xalqimizning ozodligi, baxt-saodati hamda konstitutsiyaviy tartibga tajovuz qiluvchi davlatga, yaʼni Shimoliy Koreya kuchlarini zudlik bilan yoʻq qilish uchun harbiy holat eʼlon qilaman", degan Prezident murojaatda.

Prezident oʻz murojaatida iyun oyida hukumat inauguratsiyasidan beri Milliy assambleya 22 nafar davlat xizmatchisi, xususan, Ichki ishlar vaziri va Mudofaa vaziriga impichment bilan tahdid qilganiga ham toʻxtalgan.  

Shuningdek, u muxolifatchi partiyani giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash masalasidan tortib, jamoat xavfsizligini qoʻllab-quvvatlash hamda bolalar nafaqalarigacha boʻlgan eng muhim xarajatlar uchun byudjetni qisqartirishda ayblagan.

"Milliy majlisimiz jinoiy guruhlar makoniga aylandi. Qonunchilik diktaturasi orqali mamlakat sud-maʼmuriy tizimini falaj qilishga va liberal demokratiya tizimini agʻdarib tashlashga urinmoqda", deya qoʻshimcha qilgan u.

Ammo Yun Sok Yol harbiy holat doirasida qanday choralar koʻrilishiga aniqlik kiritmagan.

"Bu nafaqat dunyoning har qanday mamlakati uchun, balki mamlakatimiz tashkil etilganidan beri misli koʻrilmagan hodisa", deya Prezident oʻz nutqini yakunlagan.

Harbiy holat joriy etilgandan soʻng ish boshlagan harbiy qoʻmondonlik mamlakatda har qanday siyosiy faoliyat, jumladan, norozilik namoyishlari va siyosiy partiyalar faoliyati toʻxtatilganini eʼlon qildi. Shuningdek, barcha OAV va nashriyotlar ustidan nazorat oʻrnatdi. 

"Yonhap" nashriga koʻra, parlament binosiga kirish politsiya va harbiylar tomonidan toʻsib qoʻyilgan. Demokratik partiya yetakchisi Li Jemyon harbiy holat joriy etilishini konstitutsiyaga zid deb atagan.

Prezidentning "Xalq kuchi" partiyasi rahbari Xan Don Xun esa buni notoʻgʻri deb, Prezident qarorini bloklashni vaʼda qilgan. Soʻng Li Jemyon ham tarafdorlarini Milliy assambleya binosiga kelishga chaqirgan.

300 deputatdan 190 nafari xavfsizlik kuchlari tomonidan oʻrab olingan Seuldagi Milliy assambleya binosiga kirishga muvaffaq boʻlgan hamda harbiy holatni bekor qilishni yoqlab ovoz bergan. Soʻng Prezident Yun Sok Yol ham oʻzi joriy etgan harbiy holat bekor qilinishini maʼlum qilgan. 

Janubiy Koreyada yuz berayotgan holatlar sabab Oʻzbekistonning Janubiy Koreyada boʻlib turgan  fuqarolari ham elchixona tomonidan ogohlikka chaqirildi.

"Xabaringiz bor, 3 dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat eʼlon qilindi. Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, oʻzingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sogʻligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz", deya yozadi Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi. 

Jahon

04.12.2024, 12:25

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Chorvachilikni rivojlantirishda yangi qadam

Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Uning oldiga qoramollar sonini 16,5 milliontaga, qo‘y va echkilar sonini 30 milliontaga, parrandalar sonini 141 milliontaga yetkazish vazifalari qo'yilgan.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 17:22

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi

Qaytarilgan artefaktlar Kushon davridan Temuriylargacha bo‘lgan davrlarga oid noyob yodgorliklardan iborat.

Madaniy

13.05.2026, 16:32

Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun

2005-yil hibsga olingan andijonlik 23 akramiylar a’zosi deya gumon qilingan shaxslarning yaqinlari va hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13-may kungi qonli voqealariga olib keldi.

Oʻzbekiston

13.05.2026, 14:42

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida kuzatilgan qisqarishdan so‘ng aprel yakunida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1,9 milliard dollarga ko‘payib, jami 70 milliard 891,9 million dollarni tashkil etgan.

Iqtisodiyot

12.05.2026, 15:49

Davomli xantavirus — Infeksiyadan keyingi hayot tashvishlimi?

Ushbu kasallikdan omon qolish to‘liq sog‘ayishni anglatmaydi. Ko‘plab bemorlar xantavirusdan tuzalganidan so‘ng ham COVID kabi uzoq muddatli jismoniy va ruhiy muammolardan aziyat chekmoqda.

Jahon

12.05.2026, 15:09

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi tashkil etadi

BAAning “Unison Capital Investment” kompaniyasi respublika bo‘ylab 100 ta to‘liq siklli diagnostika markazlarini tashkil etish rejalarini taqdim etdi.

Oʻzbekiston

12.05.2026, 11:25

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 46,8 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga oshgani bilan e’tiborli.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 16:08

Hindiston bosh vaziri masofaviy ishlashga qaytishni taklif qildi

Narendra Modi koronavirus pandemiyasi davrida qo'llaniladigan masofaviy ish, virtual uchrashuvlar va videokonferensiyalar amaliyotini qayta joriy etish zarurligini aytdi.

Jahon

11.05.2026, 15:40

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi

20 yoshli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Madinabonu Abdullayeva Xalqaro malay tili bo‘yicha Malayziya Bosh vaziri musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

Ta'lim

11.05.2026, 14:01

Qiymati 50 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tadi

Adliya vazirligi Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 12:55

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi

“Samsung Electronics” kompaniyasi Dua Lipa suratidan televizor sotishda ruxsatsiz foydalangan. Xonanda zararni qoplash uchun 15 million dollar talab qilmoqda.

Jahon

11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi

Fransiyalik professor Florent Montakler filologiya bo‘yicha soxta mukofot joriy etganlikda ayblanmoqda. U shuningdek, soxta “Xalqaro filologiya jamiyati”ni tuzgan va amerikalik tilshunos Noam Chomskiyni ham mukofotlagan.

Jahon

09.05.2026, 16:06

Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?

Pivo iste’moli bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Chexiyada rekord darajadagi pasayish qayd etildi. Pivo zavodlari xavotirda bo‘lsa-da, mutaxassislar bu o‘zgarishga ijobiy baho bermoqda.

Jahon

08.05.2026, 17:11

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi

Kolumbiyalik xonanda Shakira payshanba kuni 2026-yilgi Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini ommaga namoyish qildi.

Sport

08.05.2026, 10:48

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin

Markaziy Osiyo koridorlari dengiz yo‘llariga nisbatan uzunroq va qimmatroq bo‘lsa-da, barqarorlikni ta’minlay oladi. Yo‘lning arzonligi muhim emas. Muhimi – yo‘lning ishonchliligi.

Jahon

07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Pokiston xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish hamda Xunjarob dovoni orqali o‘tuvchi “Pokiston–Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” yo‘lagi bo‘ylab hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Iqtisodiyot

07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida

Qamoqda saqlanayotgan  tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti  sovrindori Narges Muhammadiy yurak xastaligi tufayli og‘ir ahvolda.

Jahon

06.05.2026, 17:11

FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi

Muxlislarning tanqidlari kuchayib borayotgan bir paytda Infantinoning aytishicha, juda baland narxlar Jahon chempionatini tomosha qilishga bo‘lgan talabni aks ettiradi.

Sport

06.05.2026, 16:09

Yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 18 milliard dollarga yetdi

Joriy yilning ilk choragida O‘zbekiston jahonning 170 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.

Iqtisodiyot

06.05.2026, 14:58

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Ukrainaning biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vakillari Ukrainadagi yirik kompaniyalar rahbarlari va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston

06.05.2026, 14:20

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →