Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 17:15

Butunjahon shaxmat Olimpiadasining birinchi kunida oʻzbekistonliklar peshqadam boʻldi

Kecha, 11 sentabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga start berildi. Bu haqda sport vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Butunjahon shaxmat Olimpiadasining birinchi kunida oʻzbekistonliklar peshqadam boʻldi

Butunjahon shaxmat Olimpiadasining birinchi kunida oʻzbekistonliklar peshqadam boʻldi

"Musobaqa 22 sentabrga qadar boʻlib oʻtadi. Uning Open dasturida 193 ta, ayollar oʻrtasida esa 181 ta jamoa qatnashadi. Shuningdek, musobaqa jami shveytsarcha shaklda 11 ta turdan iborat boʻladi", deya qayd etilgan xabarda.

Bellashuvda Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasidan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda Jahongir Vahidovlar qatnashadi. Qizlar terma jamoasidan esa Afruza Hamdamova, Nilufar Yakubboyeva, Umida Omonova, Marjona Malikova va Nodira Nodirjonova ishtirok etadi. 

Kecha boʻlib oʻtgan bahslarda Oʻzbekiston yigitlar terma jamoasi Trinidad va Tobago Respublikasining yigitlar terma jamoasi bilan belashdi. Unda Nodirbek Abdusattorov raqibi Johnson Joshuani, Shamsiddin Vohidov raqibi Cupid Kevinni hamda Jahongir Vahidov raqibi Harper Ryanni 1:0 natija bilan magʻlub etdi. Nodirbek Yakubboyev esa raqibi Cabralis Quinn bilan durrang natijani qayd etib, birinchi turni 0,5:0,5 hisobi bilan yakunladi. Umumiy natijaga koʻra, Oʻzbekiston yigitlar terma jamoasi Trinidad va Tobago Respublikasining yigitlar terma jamoasini 3,5:0,5 hisobida yengdi. 

Qizlar terma jamoasi esa Gaiti Respublikasining qizlar terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasidagi barcha qizlar raqiblarini 1:0 hisobida magʻlub etdi. Umumiy natijaga koʻra, Oʻzbekiston qizlar terma jamoasi Gaiti Respublikasining qizlar terma jamoasini 4:0 hisobida yengdi. 

Maʼlumot uchun, Hindistonda boʻlib oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston yigitlar terma jamoasi chempion boʻlgan edi.

Sport

12.09.2024, 11:40

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Ukraina hujumlari oqibatida 5 nafar Ozarbayjon fuqarosi halok bo‘ldi

Kiyevning bayonotiga ko‘ra, ular Ukraina g‘allasini “o‘g‘irlash”, harbiy yuk va yoqilg‘i tashish bilan shug‘ullangan yuk kemalari hamda tankerga zarba bergan.

Jahon

05.06.2026, 16:48

Zelenskiyning taklifi Putinga yetkazildi – Kreml

Zelenskiy payshanba kuni Putinga ochiq xat yo‘llab, urushni tugatish bo‘yicha kelishib olish uchun uchrashishni taklif etdi. Aks holda Kiyev kurashni davom ettirishga tayyor ekanidan ogohlantirdi.

Jahon

05.06.2026, 16:01

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda

Xitoylik abituriyentlar soni o‘tgan yilga nisbatan 450 mingga kamaydi. Ishsizlikning oshishi sababli universitet bitiruvchilari hatto cho‘ponlikka ariza topshirmoqda.

Ta'lim

05.06.2026, 13:52

Si Szinpin Shimoliy Koreyaga boradi

Si Szinpinning Pxenyanga safari Xitoyning Shimoliy Koreya ustidan ta’sirini mustahkamlashga qaratilgan diplomatik qadam sifatida baholanmoqda.

Jahon

05.06.2026, 11:49

Xitoyda chiqarilgan bolalar o‘yinchoqlari xavfli deb topildi

“Elastik spiral ipli to‘p”, “Pinch” savdo belgili mushuk panjasi va “Avengers superhero” o‘yinchoqlaridan namunalar olinib, laboratoriya sinovlari o‘tkazildi. 

Oʻzbekiston

05.06.2026, 10:31

Buxoroda 508 million so‘mlik qalbaki dori vositalari aniqlandi

Buxoro viloyatida katta miqdordagi qalbaki dori vositalari muomaladan chiqarilib, ularning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxs fosh etildi.

Oʻzbekiston

04.06.2026, 17:11

Xitoy Tayvanga tashrif buyurganlarga sanksiya qo‘llayapti

Pekin Yangi Zelandiyaning to‘rt nafar qonunchisiga Tayvanga tashrif buyurgani sababli Xitoyga kirishni taqiqladi. Pekin xorijlik qonunchilarning orolga tashrifini Xitoy suverenitetiga qarshi harakat sifatida baholamoqda.

Siyosat

04.06.2026, 15:41

Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tramp ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Isroil va Livan harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha sulh tuzishga kelishib olgan. Biroq shunga qaramay, Isroilning Livanga zarbalari to‘xtay demayapti.

Jahon

04.06.2026, 12:22

Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun eshik ochilmoqda

Vengriyaning yangi bosh vaziri Magyar Ukrainaning YeIga a’zolik bo‘yicha harakatlarini ma’lum shartlar bajarilganidan keyin qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Jahon

04.06.2026, 11:25

Toshkentdagi qurilish obyektlariga yangi talablar joriy etilmoqda

Poytaxtdagi 1700 ga yaqin qurilish obyektlariga yangi talablarni joriy etish uchun muayyan muddat beriladi. 

Oʻzbekiston

03.06.2026, 18:00

Pushkin Navoiyning qoshiga kelib, Uzr so‘rab turar!..

Shoira Zebo Mirzo O‘zbekistonni bosib olish haqidagi rus propagandistlariga qarshi yozgan she’ridan bir parchasini Prezident oldida o‘qib berdi.

Madaniy

03.06.2026, 17:16

G‘azodagi urushni “genotsid” deb atagan jarroh AQSH Kongressiga nomzod bo‘ldi

Asli misrlik AQSH armiyasi faxriysi Adam Hamaviy G‘azo haqidagi keskin bayonotlariga qaramay, Demokratlar praymerizida g‘alaba qozondi.

Jahon

03.06.2026, 16:26

Liviyada futbol klubiga ilk bor ayol kishi rahbar bo‘ldi

Intisor Shanib Liviyaning Derna shahridagi mashhur “Darnes” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi. Uning fikricha, rahbarlik jins bilan emas, qobiliyat va malaka bilan o‘lchanadi.

Sport

03.06.2026, 14:50

Rossiya Leningrad viloyatiga qilingan dron hujumlarini qaytarmoqda

Rossiya yirik yillik iqtisodiy forum boshlanishi arafasida Moskva shimoli-g‘arbidagi Leningrad viloyati ustida Ukraina dronlarini urib tushirmoqda. Ushbu forumda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi. 

Jahon

03.06.2026, 11:35

Finlandiya yadroviy chiqindilarni 100 ming yil saqlovchi ombor qurmoqda

Finlyandiyada 433 metr chuqurlikda joylashgan va dunyodagi ilk radioaktiv ishlatilgan yadro yoqilg‘ilarini saqlash ombori tez orada faoliyat boshlaydi. 

Jahon

03.06.2026, 10:06

“Devorga yopishtirilgan banan” — 5,8 million yevrolik asar yana o‘g‘irlandi

Mauritsio Kattelanning devorga skotch bilan yopishtirilgan banandan iborat bo‘lgan “Komik” nomli san’at asari Fransiyadagi Pompidu-Mets markazidan o‘g‘irlandi. Muzey o‘g‘irlik yuzasidan noma’lum shaxslar ustidan shikoyat qildi.

Madaniy

02.06.2026, 15:24

AQSHning BMTdan qarzi tufayli yangi cheklov e'lon qilindi

Xalqaro mehnat tashkiloti AQSh badallarni to‘lamagani uchun amerikalik amaldorning tashkilotda yuqori lavozimga tayinlanishini muzlatib qo‘ydi.  

Jahon

02.06.2026, 11:56

Yangi “Toshkent – Samarqand” avtomobil yo‘li 282 kilometrni tashkil etadi

“Toshkent – Samarqand” muqobil avtomobil yo‘li Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarini bog‘laydi.

Oʻzbekiston

01.06.2026, 17:47

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi

Ilmiy daraja berish tartibi soddalashadi. Yana nimalar bekor qilindi?

Ta'lim

01.06.2026, 15:57

Har yili 100 ta she’riy konsert davlat hisobidan moliyalashtiriladi

Shuningdek, har yili 1 ming nafar shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at vakillari, muzey xodimi va rassomlarga uy-joy olish uchun ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi.

Madaniy

01.06.2026, 15:14

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →