Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 16:14

Qashqadaryodagi hibsxonalarda sharoitlar qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi va Koson tumanlari Ichki ishlar boʻlimlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida shaxslarni saqlash sharoitlari belgilangan meʼyoriy talablarga javob bermasligi aniqlandi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) axborot xizmati maʼlum qildi.

Qashqadaryodagi hibsxonalarda sharoitlar qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi

Qashqadaryodagi hibsxonalarda sharoitlar qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi

Qayd etilishicha, 2024 yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan vaqtincha saqlash va tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalari hamda maxsus qabulxonalarga monitoring tashriflari amalga oshirilgan boʻlib, unda bir qator kamchiliklar aniqlangan. 

Jumladan, Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi, Qarshi va Koson tumanlari ichki ishlar boʻlimlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida shaxslarni saqlash sharoitlari belgilangan meʼyoriy talablarga javob bermasligi kuzatilgan.

"Kameralarning taʼmirtalab holatga kelib qolganligi, shu bilan birga tabiiy va sunʼiy yorugʻlik tizimi, sanitariya-gigiyena holati, havo almashtirish tizimi talab darajasida emasligi kabi qator kamchiliklar qayd etildi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Ombudsman tomonidan Ichki ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritildi", deyiladi tashkilot matbuoti tomonidan berilgan xabarda.

Maʼlum qilinishicha, taqdimnoma asosida ayrim kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amaliy ishlar boshlangan. Vaqtincha saqlash hibsxonalaridagi kameralarni koʻzga ziyon yetkazmaydigan holda oʻqish yoki yozish uchun yetarli tabiiy va sunʼiy yorugʻlik bilan taʼminlash, isitish hamda boshqa tegishli choralar koʻrilmoqda. 

Bundan tashqari, Qarshi tuman Ichki ishlar boʻlimi vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati toʻxtatilib, saqlanayotgan shaxslar kapital taʼmirlangan Kasbi tuman ichki ishlar boʻlimi vaqtincha saqlash hibsxonasiga koʻchirilgan.

"Ombudsman tomonidan bildirilgan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etmagan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 1 nafar xodim lavozimidan ozod etildi va 9 nafar xodimning xatti-harakatlari "Intizomiy kengashlar" tomonidan koʻrib chiqildi", deya qoʻshimcha qilingan xabarda.

Ayni paytda kameralar va yuvinish xonalarini kerakli jihozlar bilan taʼminlash va sanitariya talablariga muvofiqlashtirish ishlari davom etmoqda.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Odamizod bu dunyodan o‘tib borar — Ibrohim G‘afurov vafot etdi

Atoqli munaqqid, tarjimon va adib, O‘zbekiston san’at arbobi Ibrohim G‘afurov bugun, 6-iyun kuni 89 yoshida vafot etdi.

Madaniy

06.06.2026, 18:01

Isroilning 2 nafar vaziriga Irlandiyaga kirish taqiqlandi

Irlandiya Bosh vaziri Maykl Martinning fikricha, taqiqqa uchragan bu ikki isroillik vazir falastinliklarning Falastindan yo‘q bo‘lishini istaydi.

Jahon

06.06.2026, 15:20

Yil boshidan beri poytaxtda uylar narxi qanday o‘zgardi?

Toshkentda 2026-yilning dastlabki 5 oyida ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarning o‘rtacha narxi 3 foizga oshdi.

Oʻzbekiston

06.06.2026, 15:00

JCH-2026 “Oltin butsa”si kimga nasib qiladi — Mbappe, Ronaldu, Messi, Keyn?

JCH-2026 da “Oltin butsa” uchun asosiy da’vogarlar va ular haqida bilishingiz lozim bo‘lgan ma’lumotlarni jamladik. 

Sport

06.06.2026, 11:37

Ukraina hujumlari oqibatida 5 nafar Ozarbayjon fuqarosi halok bo‘ldi

Kiyevning bayonotiga ko‘ra, ular Ukraina g‘allasini “o‘g‘irlash”, harbiy yuk va yoqilg‘i tashish bilan shug‘ullangan yuk kemalari hamda tankerga zarba bergan.

Jahon

05.06.2026, 16:48

Zelenskiyning taklifi Putinga yetkazildi – Kreml

Zelenskiy payshanba kuni Putinga ochiq xat yo‘llab, urushni tugatish bo‘yicha kelishib olish uchun uchrashishni taklif etdi. Aks holda Kiyev kurashni davom ettirishga tayyor ekanidan ogohlantirdi.

Jahon

05.06.2026, 16:01

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda

Xitoylik abituriyentlar soni o‘tgan yilga nisbatan 450 mingga kamaydi. Ishsizlikning oshishi sababli universitet bitiruvchilari hatto cho‘ponlikka ariza topshirmoqda.

Ta'lim

05.06.2026, 13:52

Si Szinpin Shimoliy Koreyaga boradi

Si Szinpinning Pxenyanga safari Xitoyning Shimoliy Koreya ustidan ta’sirini mustahkamlashga qaratilgan diplomatik qadam sifatida baholanmoqda.

Jahon

05.06.2026, 11:49

Xitoyda chiqarilgan bolalar o‘yinchoqlari xavfli deb topildi

“Elastik spiral ipli to‘p”, “Pinch” savdo belgili mushuk panjasi va “Avengers superhero” o‘yinchoqlaridan namunalar olinib, laboratoriya sinovlari o‘tkazildi. 

Oʻzbekiston

05.06.2026, 10:31

Buxoroda 508 million so‘mlik qalbaki dori vositalari aniqlandi

Buxoro viloyatida katta miqdordagi qalbaki dori vositalari muomaladan chiqarilib, ularning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxs fosh etildi.

Oʻzbekiston

04.06.2026, 17:11

Xitoy Tayvanga tashrif buyurganlarga sanksiya qo‘llayapti

Pekin Yangi Zelandiyaning to‘rt nafar qonunchisiga Tayvanga tashrif buyurgani sababli Xitoyga kirishni taqiqladi. Pekin xorijlik qonunchilarning orolga tashrifini Xitoy suverenitetiga qarshi harakat sifatida baholamoqda.

Siyosat

04.06.2026, 15:41

Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tramp ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Isroil va Livan harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha sulh tuzishga kelishib olgan. Biroq shunga qaramay, Isroilning Livanga zarbalari to‘xtay demayapti.

Jahon

04.06.2026, 12:22

Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun eshik ochilmoqda

Vengriyaning yangi bosh vaziri Magyar Ukrainaning YeIga a’zolik bo‘yicha harakatlarini ma’lum shartlar bajarilganidan keyin qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Jahon

04.06.2026, 11:25

Toshkentdagi qurilish obyektlariga yangi talablar joriy etilmoqda

Poytaxtdagi 1700 ga yaqin qurilish obyektlariga yangi talablarni joriy etish uchun muayyan muddat beriladi. 

Oʻzbekiston

03.06.2026, 18:00

Pushkin Navoiyning qoshiga kelib, Uzr so‘rab turar!..

Shoira Zebo Mirzo O‘zbekistonni bosib olish haqidagi rus propagandistlariga qarshi yozgan she’ridan bir parchasini Prezident oldida o‘qib berdi.

Madaniy

03.06.2026, 17:16

G‘azodagi urushni “genotsid” deb atagan jarroh AQSH Kongressiga nomzod bo‘ldi

Asli misrlik AQSH armiyasi faxriysi Adam Hamaviy G‘azo haqidagi keskin bayonotlariga qaramay, Demokratlar praymerizida g‘alaba qozondi.

Jahon

03.06.2026, 16:26

Liviyada futbol klubiga ilk bor ayol kishi rahbar bo‘ldi

Intisor Shanib Liviyaning Derna shahridagi mashhur “Darnes” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi. Uning fikricha, rahbarlik jins bilan emas, qobiliyat va malaka bilan o‘lchanadi.

Sport

03.06.2026, 14:50

Rossiya Leningrad viloyatiga qilingan dron hujumlarini qaytarmoqda

Rossiya yirik yillik iqtisodiy forum boshlanishi arafasida Moskva shimoli-g‘arbidagi Leningrad viloyati ustida Ukraina dronlarini urib tushirmoqda. Ushbu forumda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi. 

Jahon

03.06.2026, 11:35

Finlandiya yadroviy chiqindilarni 100 ming yil saqlovchi ombor qurmoqda

Finlyandiyada 433 metr chuqurlikda joylashgan va dunyodagi ilk radioaktiv ishlatilgan yadro yoqilg‘ilarini saqlash ombori tez orada faoliyat boshlaydi. 

Jahon

03.06.2026, 10:06

“Devorga yopishtirilgan banan” — 5,8 million yevrolik asar yana o‘g‘irlandi

Mauritsio Kattelanning devorga skotch bilan yopishtirilgan banandan iborat bo‘lgan “Komik” nomli san’at asari Fransiyadagi Pompidu-Mets markazidan o‘g‘irlandi. Muzey o‘g‘irlik yuzasidan noma’lum shaxslar ustidan shikoyat qildi.

Madaniy

02.06.2026, 15:24

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →