Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 06:50

Qoʻshni Afgʻonistonda 3,5 milliondan ortiq bola toʻyib ovqatlanmaganligi uchun kasallikka chalinmoqda

Afgʻonistonda besh yoshgacha boʻlgan 3,5 milliondan ortiq bola toʻyib ovqatlanolmayapti. Ulardan 1,4 millioni toʻyib ovqatlanmaslik boʻyicha ogʻir darajadagi kasalliklarga duchor boʻlmoqda. Bu haqda UNICEF'ga tayanib Afgʻonistonning “Tolo news” nashri xabar qildi.

Qoʻshni Afgʻonistonda 3,5 milliondan ortiq bola toʻyib ovqatlanmaganligi uchun kasallikka chalinmoqda

Foto: Atlas Press

Qayd etilishicha ushbu inqiroz inqiroz migrantlarning mamlakatga qaytish soning koʻpayishi va mavjud resurslarning kamayishi tufayli kundan-kunga chuqurlashib bormoqda.

 

"Ovqatlanish axborot tizimi maʼlumotlari shuni koʻrsatmoqdaki, ogʻir darajadagi oʻtkir toʻyib ovqatlanmaslikka chalingan 28 mingdan ortiq bola kasalxonaga yotqizilgan. Ular olti oygacha boʻlgan yoshda boʻlib, ularning 30 foizi faqat ona suti isteʼmol qilishi lozim boʻlgan yoshdadir. Shu bois, emizish toʻyib ovqatlanmaslikning oldini olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega",  —  dedi UNICEFʼning Afgʻonistondagi ovqatlanish boʻlimi boshligʻi Amirhossein Yarparvar

 

Jamoat salomatligi vazirligi chaqaloqni dastlabki olti oy davomida faqat ona suti bilan oziqlantirish goʻdaklar oʻlimining 50 foizigacha kamaytirishga yordam berishi mumkinligini aytmoqda.

 

Jamoat sogʻliqni saqlash vazirligining profilaktik tibbiyot boʻyicha direktori Haydarxon Haydar iqtisodiyot, savdo va moliya vazirliklari oʻzlarining ommaviy kampaniyalarida boshqa sut mahsulotlarini reklama qilish oʻrniga emizishni targʻib qilishlari kerakligini aytmoqda.

 

Uning aytishicha, bunday hamkorlik sogʻlom jamiyat qurishda muhim ahamiyatga ega.

 

Vazirlik vakillarining maʼlumotlariga koʻra, hozirgacha ogʻir va oʻrtacha darajadagi toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgan ikki milliondan ortiq bola mamlakat shifoxonalarida davolangan. Eron va Pokistondan afgʻon muhojirlarining har doimgidan koʻproq mamlakatga qaytishi sogʻliqni saqlash va ovqatlanish xizmatlariga boʻlgan ehtiyoj har qachongidan ham ortib bormoqda.

 

Mavzuga oid yangiliklar

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Afgʻoniston tadbirkorlarining Oʻzbekiston vizasi olishi yengillashtiriladi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Afgʻoniston Savdo va investitsiyalar palatasi (ACCI) raisi oʻrinbosari janob Ariyan Azimiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston

15.10.2025, 15:06

Иран и Афганистан: новая волна депортации

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda

2025 yil iyun oyida Eron hududidan Afgʻonistonga 256 mingdan ortiq kishi qaytgan. Shu bilan birga, iyul oyida bu raqam yanada oshishi kutilmoqda. Keng koʻlamli deportatsiyalar Afgʻoniston iqtisodiyoti va ijtimoiy tuzilmasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Siyosat

11.07.2025, 12:20

Afghanistan on the Geopolitical Chessboard of the Middle East

Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida

2025 yilning 13 iyunidan 24 iyunigacha davom etgan Isroil va Eron oʻrtasidagi "12 kunlik urush" Yaqin Sharqdagi chalkash geosiyosiy vaziyatni, mintaqaviy yetakchilik uchun shiddatli raqobatni va mintaqa davlatlari uchun aniq bir tomonni tanlashning muhimligini yaqqol namoyon etdi. Yaqin Sharq oʻziga xos va shaxmat taxtasidagi har bir dona nozik ahamiyatga ega boʻlib, kutilmagan yurishlar va manyovrlarga tayyor turish lozim.

Jahon

01.07.2025, 13:07

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Markaziy Osiyoda kuchlar kurashi: qaysi davlatlarda xorijiy harbiy bazalar bor?

Dunyoda qudratli harbiy kuchga ega davlatlar oʻz taʼsir doirasini kuchaytirish va soʻzini oʻtkazish uchun maʼlum hududlarda harbiy bazalar ochadi. Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining 80 ta davlatda, Rossiyaning 14 ta, Turkiyaning 11 ta, Eron va Saudiya Arabistonining uchta mamlakatda oʻz harbiy bazalari mavjud. Markaziy Osiyo hududida ham bir nechta xorijiy harbiy bazalar joylashgan. Xoʻsh, ular qaysi davlatlarga tegishli va mintaqada bu borada kimning taʼsiri kuchli? Bugun shu haqda gaplashamiz.

Siyosat

04.02.2025, 14:04

Eron askarlari 250 dan ortiq afgʻonistonliklarni oʻldirdi

Eron askarlari 250 dan ortiq afgʻonistonliklarni oʻldirdi

Eron askarlari chegarani noqonuniy kesib oʻtmoqchi boʻlgan afgʻon muhojirlariga qarata oʻt ochdi. Bu haqida "Turkiye" nashri xabar berdi.

Jahon

17.10.2024, 14:45

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati ayrim toifadagi talabalar va abituriyentlar uchun 10-iyunga qadar uzaytirildi 

Ta'lim

25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”

Joriy yilning 26-may — 1-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Oʻzbekiston

25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi

Dushanba kuni Pokistonda furgon to‘xtab turgan avtobusga urilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Hayit arafasida uylariga qaytayotgan edi.

Jahon

25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.

Madaniy

25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?

Eron AQSh prezidenti Donald Trampning ikki mamlakat o‘rtasidagi muqarrar kelishuv haqidagi so‘nggi so‘zlariga javoban tarixdagi janglarni misol qilib keltirdi.

Jahon

25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi

Mazkur kitob Rui Gonsales de Klavixo  yozgan mashhur o‘rta asr xronikasi – “Temur huzuriga elchilik” asari asosida yaratilgan. 

Madaniy

21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti

Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Tayvan prezidenti Lay Ching-te bilan gaplashishini ma’lum qildi.

Jahon

21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi

1-iyuldan “Yagona davlat nazorati” tizimi ishga tushadi. Endi tadbirkor va mansabdor shaxs o‘rtasidagi muloqotlar nazorat qilinadi. Qoidabuzar tekshiruvchi esa “Insofsiz tekshiruvchilar reyestri”ga kiritiladi.

Oʻzbekiston

21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti

Qisqartirishlardan tashqari, Instagram, Facebook va WhatsApp'ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi 6000 kishini ishga yollash rejalarini bekor qiladi hamda 7000 nafar xodimni sun’iy intellekt bilan bog‘liq ish jarayonlariga o‘tkazadi.

Iqtisodiyot

21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati

Markaziy Osiyoni ko‘pincha Rossiya imperiyasining xotiralari, Xitoyning ta’sir doirasi, Ipak yo‘li jozibasi yoki gigant davlatlar raqobati kabi tashqi qarashlar prizmasi orqali ko‘rishgan. Endi eski qolip darz ketib, mintaqa o‘z tarixini so‘zlab berishning yangi yo‘llarini kashf etyapti.

Madaniy

20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi

Yangi xalqaro tadqiqotga ko‘ra, juda kam yoki haddan tashqari ko‘p uyqu miya, yurak, o‘pka va immun tizimining qarishini tezlashtirishi hamda bir qator kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Madaniy

20.05.2026, 12:33

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →