Zelenskiy AQShni Qodirovga nisbatan “Maduro ssenariysi”ni qoʻllashga chaqirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga nisbatan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qarshi oʻtkazilganiga oʻxshash harbiy operatsiya amalga oshirishga chaqirdi.
Jahon
08.01.2026, 13:00
Ulashish:

Bu haqda “Ukrainskaya pravda” nashri xabar berdi.
Qodirovga nisbatan “Maduro ssenariysi”
Zelenskiyning fikricha, Amerika maxsus xizmatlarining bunday qadami Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi urushni toʻxtatish boʻyicha tinchlik kelishuvlariga rozi boʻlishga majbur qiladigan jiddiy bosim vositasi boʻlishi mumkin.
“Biz yaxshi natijalarga erishdik, ammo hali barcha ishni oxiriga yetkazganimiz yoʻq. AQSh qanday bosim oʻtkazishni biladi. Masalan, Maduro. Operatsiya tez oʻtkazildimi? Ha, juda tez. Butun dunyo bunga guvoh boʻldi. Keling, xuddi shunday usulni, masalan, Qodirovga nisbatan ham qoʻllaylik. Balki shunda Putin oʻylab koʻrar”, — dedi Zelenskiy.
Qodirov Zelenskiyga javob qaytardi
Zelenskiyning mazkur chaqiriqlaridan soʻng Ramzan Qodirov oʻzining Telegram kanali orqali Ukraina prezidentiga javob berdi.
“Masxaraboz AQSh hukumatidan meni oʻgʻirlab ketishni soʻramoqda. Eʼtibor bering, hatto ‘oʻzim qilaman’ deb erkaklarcha tahdid ham qilmadi. Qoʻrqoqlarcha xavfsiz masofadan turib, boshqalar uning oʻrniga meni jazolashini tomosha qilishni istayapti”, — deb yozdi Qodirov.
Uning soʻzlariga koʻra, Zelenskiy avval ham Qodirovga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan, qidiruv eʼlon qilgan, endi esa amerikaliklardan yordam soʻrayapti.
Shuningdek, Qodirov bunday chaqiriqlar urushni toʻxtatish boʻyicha ehtimoliy tinchlik kelishuvlariga putur yetkazishini taʼkidladi.
“Eslatib qoʻyaman, Zelya: dushman respublikamizga kirishi mumkin, ammo chiqib ketolmaydi. Oʻzing tavakkal qilib koʻrasanmi?” — dedi u.
Venesuela prezidentining qoʻlga olinishi
Maʼlumot oʻrnida, 63 yoshli Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores 3 yanvar kuni Karakasda AQSh kuchlari tomonidan qoʻlga olingan. Ular Nyu-Yorkda joylashgan AQSh Giyohvandlikka qarshi kurash boshqarmasi shtab-kvartirasiga olib ketilgan.
Maduro qoʻlga olinganidan soʻng, vitse-prezident Delsi Rodriges prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Biroq AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Venesuelada hozircha mamlakat boshqaruvi AQSh nazoratida ekanini taʼkidlagan.
5 yanvar kuni Maduro federal sud oldiga olib kelindi. U narkoterrorizm ayblovlarini tan olmadi. Sud uning ishini 17 mart kuni qayta koʻrib chiqishini maʼlum qildi.
Jahon
08.01.2026, 13:00
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik
Jahon
25.02.2026, 13:51

AQSh Venesuelada nomaʼlum «sirli qurol» qoʻlladi — guvohlar dahshatli manzarani tasvirladi
Jahon
12.01.2026, 16:41

AQSh xarbiylari ikki rus tankerini qoʻlga oldi
Jahon
09.01.2026, 09:33

Zelenskiy yana Tramp bilan uchrashish uchun Oq uyga boradi
Jahon
15.10.2025, 16:00

Zelenskiy Rossiyaga qarshi operatsiyani maʼqulladi
Jahon
09.10.2025, 14:00

Peskov Zelenskiyning Qozogʻistonda uchrashish taklifiga munosabat bildirdi
Jahon
24.09.2025, 17:00
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
So'nggi yangiliklar

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq
Madaniy
01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi
Iqtisodiyot
01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi
Jahon
01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi
Jahon
01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi
Fan-texnologiya
30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda
Jahon
30.04.2026, 17:30

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda
Jahon
30.04.2026, 16:54

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi
Jahon
30.04.2026, 16:30

BAAning OPECdan chiqishi dunyo iqlimi uchun yangi xavfmi?
Jahon
30.04.2026, 12:21

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda
Oʻzbekiston
28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Polsha va Ukraina birgalikda “dronlar floti”ni yaratadi
Jahon
27.04.2026, 17:45

Isroil prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurdi
Jahon
27.04.2026, 16:23

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Oʻzbekiston
27.04.2026, 12:05

Ajrimlar statistikasi hududlar kesimida farq qilmoqda
Oʻzbekiston
27.04.2026, 11:32

Kolumbiyada uyushtirilgan terakt oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi
Jahon
27.04.2026, 11:03

Banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi
Oʻzbekiston
25.04.2026, 15:39
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
