Ukraina va Saudiya: Kiyev harbiy tajribasini Fors ko‘rfaziga eksport qilmoqda
Dronlarga qarshi kurashish borasida jahon yetakchisiga aylanib ulgurgan Ukraina Saudiya Arabistoni bilan mudofaa shartnomasini imzoladi.
Jahon
28.03.2026, 17:20
Ulashish:

26-mart kuni qirollikka yetib kelgan prezident Volodimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashuv oldidan “muhim kelishuv”ga erishilganini ma’lum qildi.
“Bu kelajakdagi shartnomalar, texnologik hamkorlik va sarmoyalar uchun zamin yaratadi… Qolaversa, Saudiya Arabistonida Ukraina uchun ahamiyatli bo‘lgan imkoniyatlar mavjud. Ushbu hamkorlik o‘zaro manfaatli bo‘ladi”, – deb yozdi Zelenskiy.

Saudiya Arabistoni ham ikki davlat mudofaa xaridlari bo‘yicha memorandum imzolaganini e’lon qildi.
Ar-Riyod 28-fevral kuni – AQSH va Isroil Tehronga birinchi marta zarba berganidan beri Erondan uchirilgan yuzlab dronlar va o‘nlab raketalarni tutib olgan.
Tehron mintaqadagi AQSH obyektlarini nishonga olayotganini ta’kidlasa-da, tinch aholining xatar ostida qolishi munosabatlarni yomonlashtirdi. Hujumlar natijasida hozirga qadar Fors ko‘rfazi mamlakatlarida 25 kishi halok bo‘lgan.
Ukrainlarning salohiyati
Ukraina 2024-yilning oxiridan beri kuchaygan Moskvaning dron hujumlariga qarshi arzon, ammo samarali tutib oluvchi dronlarning asosiy ishlab chiqaruvchisiga aylandi.

Birgina shu qishning o‘zida Rossiya Ukrainaga 19 mingdan ortiq dron uchirgan. Seshanba kuni Moskva to‘rt yillik urush davridagi eng yirik havo hujumlaridan birini amalga oshirdi: 24 soat ichida 948 ta dron uchirdi, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan.
Kiyevdagi “Al-Jazira” muxbiri Odri Makalpinning fikricha, Ukrainaning dron hujumlariga qarshi turish tajribasi tobora oshib bormoqda. Bu sohada, ehtimol, jahon yetakchilaridan biriga aylanib ulgurdi.
18-mart kuni Zelenskiy Eron hujumlaridan himoyalanishda yordam berish uchun Yaqin Sharqqa 201 nafar dronlarga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassis yuborilganini aytgandi.
Ukraina Havo mudofaasi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari Yuriy Cherevashenkoning aytishicha, dronlar Yaqin Sharqdagi qum bo‘ronlarida o‘ziga xos qiyinchiliklarga duch keladi. Ammo muvaffaqiyatli tutib olish uchuvchining mahoratiga bog‘liq.
Ukraina bejiz yordamga oshiqmayapti
Bloomberg nashrining bildirishicha, Ukrainaning Rossiya agressiyasiga qarshi himoyalanishga mo‘ljallangan mablag‘lari taxminan ikki oyga yetadi. Moskva esa AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi tufayli katta foyda ko‘rmoqda.
Joriy yilda Ukrainaga jami 52 milliard dollar tashqi yordam zarur, xususan, Qo‘shma Shtatlardan qurol sotib olishga 15 milliard dollar kerak.
Hukumat ushbu moddiy va texnologik ehtiyojni bartaraf etish uchun strategik chora qidirmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekiston Gvineya-Bisau va Ruanda bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
Siyosat
24.04.2026, 13:49

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
So'nggi yangiliklar

Ko‘p kvartirali uylarga oid yangi taqiqlar
Oʻzbekiston
02.05.2026, 17:54

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq
Madaniy
01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi
Iqtisodiyot
01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi
Jahon
01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi
Jahon
01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi
Fan-texnologiya
30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda
Jahon
30.04.2026, 17:30

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda
Jahon
30.04.2026, 16:54

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi
Jahon
30.04.2026, 16:30

BAAning OPECdan chiqishi dunyo iqlimi uchun yangi xavfmi?
Jahon
30.04.2026, 12:21

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda
Oʻzbekiston
28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Polsha va Ukraina birgalikda “dronlar floti”ni yaratadi
Jahon
27.04.2026, 17:45

Isroil prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurdi
Jahon
27.04.2026, 16:23

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Oʻzbekiston
27.04.2026, 12:05

Ajrimlar statistikasi hududlar kesimida farq qilmoqda
Oʻzbekiston
27.04.2026, 11:32
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
