Umumiy sun’iy intellekt poygasi: sohada AQSH kuchlimi yoki Xitoy?
AQSH sun’iy intellekt raqobatida yetakchilikni boy berishi mumkin. Chunki haqiqiy yutuq — ixtiro qilishda emas, birinchi bo‘lib amalda qo‘llashda.
Fan-texnologiya
19.05.2026, 15:55
Ulashish:

Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zining sun’iy intellekt strategiyasini tobora shunday bir konsepsiya atrofiga qurmoqdaki, uni aniq ta’riflash imkonsiz.
Balki ular tasavvur qilayotgan yagona, hal qiluvchi maqsad hech qachon amalga oshmas…
Bu mavhum tushuncha — umumiy sun’iy intellekt (USI) dir.
Vashington va Kremniy vodiysida USI pozitsiyaning tayanch nuqtasiga aylandi. Mas’ullar ulkan sarmoyalarni oqlash uchun uni dalil qilib keltirmoqda.
Ayrim tahlilchilarning fikricha, bu marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan davlat dunyo tartibini belgilaydi.
Go‘yoki bu bir poyga, unda marra chizig‘i bor va g‘olib hamma narsani qo‘lga kiritadi.
Faqat bitta muammo bor: Umumiy sun’iy intellekt aslida nima ekanligi borasida yakdil fikr yo‘q.

“Super” sun’iy intellekt
O‘nta sun’iy intellekt tadqiqotchisidan ta’rifni so‘rangiz, o‘n xil javob olasiz.
Kimdir Umumiy sun’iy intellektni barcha kognitiv vazifalarni inson darajasida bajara olish deb ta’riflasa, boshqalar iqtisodiy jihatdan yondashib, eng qimmatli inson mehnatini avtomatlashtirish deb biladi.
Yana ayrimlar esa SIning mustaqil bo‘lishi, doimiy o‘z-o‘zini takomillashtirishi yoki ilmiy kashfiyotlar qilish qobiliyatiga urg‘u beradi.
Haqiqatda esa, kod yozish yoki insho yaratishda ustun bo‘lgan SIning o‘z tuzilmasini qayta loyihalash, potensial tadqiqotlar o‘tkazish yoki oldindan belgilab bo‘lmaydigan favqulodda holatlarda ishonchli ishlash salohiyati past.
Ehtimol, Umumiy sun’iy intellekt – “keyingi tizim hali bajara olmaydigan har qanday narsa” degan ma’noni anglatadi.
Hatto yetakchi shaxslar ham mavjud muammoni tan olishadi. OpenAI vakili Sem Altman Umumiy sun’iy intellekt atamasini “unchalik foydali emas” deb atagan, chunki ta’riflar juda xilma-xil.
Maqsadlar doimiy o‘zgarib turishi unga erishishga qaratilgan har qanday strategiyani beqaror qilib qo‘yadi.
Umumiy sun’iy intellekt mavhum farazga tayanadi: go‘yoki USI yagona tizimda qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan yaxlit qobiliyatdir va u inson idrokiga juda o‘xshash bo‘ladi.

Noto‘g‘ri qarash
Qush ham, samolyot ham uchadi, biroq ular buni mutlaqo farqli mexanizmlar orqali amalga oshiradi. O‘xshashlik asosda emas, natijada.
Bugungi sun’iy intellekt tizimlari samolyotga o‘xshaydi: ular inson tafakkuriga xos bo‘lgan vazifalarni – mulohaza yuritish, tashxis qo‘yish, optimallashtirish, ijod qilishni ulkan hajmdagi ma’lumotlar orqali bajaradi.
Ammo SI tajriba, maqsad yoki hissiyotga tayana olmaydi.
Inson intellekti vaziyatga bog‘liq. U madaniyat, ijtimoiy munosabatlar, kontekst va real hayot tajribasidan shakllanadi.
Sun’iy intellekt namunalarni avtomatik takrorlaydi va tilni chinakam maqsadlarsiz shakllantiradi.
Mavjud tizimlar, barcha hayratlanarli yutuqlariga qaramasdan, hamon bir qator doimiy kamchiliklarni namoyon etmoqda:
- kutilmagan vaziyatlarda yuzaki mushohada yuritish;
- xom umumlashtirish;
- mustahkam uzoq muddatli xotiraning yo‘qligi;
- inson tomonidan yaratilgan ma’lumotlarga tobelik.

AQSHning strategik xatosi
AQSH Sun’iy intellekt poygasidagi asosiy maqsad – umumiy sun’iy intellekt marrasiga birinchi yetish deb hisoblamoqda.
Resurslar bir necha xususiy laboratoriyalar tomonidan ishlab chiqilayotgan va tobora kengayib borayotgan ilg‘or modellarga qaratilmoqda.
Natijada SIni hayotga kengroq tatbiq etish, infratuzilmani rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va institutsional integratsiya kabi sohalar oqsamoqda.
Ammo “g‘olib hamma narsani oladi” degan tasavvur bu o‘rinda noto‘g‘ri.
Tarixga nazar tashlasak, elektr energiyasi, avtomobil, internet kabi texnologiyalar chegara va sharoitlardan qat’i nazar, keng tarqaldi.
Haqiqiy foyda – birinchi bo‘lib ixtiro qilganga emas, balki samarali joriy etib, qo‘llay olganlarga nasib etadi.

Xitoy boshqacha yondashuv tanladi
Pekin ilg‘or tadqiqotlarni nazardan chetda qoldirmagan holda, asosiy e’tiborni sun’iy intellektni ishlab chiqarish, logistika, shahar tizimlari, ta’lim va sanoatga keng miqyosda tatbiq etishga qaratdi.
Xitoy modellari samaradorlikni sezilarli oshirdi. Hozir mamlakat sun’iy intellektga oid ilmiy nashrlar, patentlar soni hamda sanoat robotlarini joriy etish kabi yo‘nalishlarda peshqadamlik qilmoqda.
AQSH esa avangard texnologik imkoniyatlar va sarmoyalar bo‘yicha ustunligini saqlab qolmoqda.
Biroq, global raqobatning asl mohiyati – kim eng aqlli modelni yaratishida emas, balki kim shu kuchli vositalarni iqtisodiyotga chuqurroq integratsiya qila olishida namoyon bo‘lmoqda.
Amerika uchun haqiqiy xavf – dunyoning eng ilg‘or modellarini yaratsa-da, sun’iy intellektni o‘z institutlari, ishchi kuchi va infratuzilmasiga to‘liq joriy etolmasligidir.

Oqilona strategiya
Albatta, ilg‘or tadqiqotlardan voz kechish kerak emas. Modellar, algoritmlar va samaradorlik borasidagi yutuqlar juda katta ahamiyatga ega.
“Xitoy sun’iy intellekt asri uchun boshqaruvni qanday o‘zgartirmoqda (2026)” kitobi muallifi Yan Krikkening fikricha, SI bo‘yicha oqilona yondashuv quyidagilardan iborat:
– davlat idoralari, sanoat va jamiyat miqyosida joriy etish hamda integratsiyani jadallashtirish.
– ma’lumotlar infratuzilmasi, hisoblash quvvatlari va energiya tizimlarini modernizatsiya qilish.
– kadrlarni tayyorlash, sun’iy intellekt savodxonligi va ta’limga katta sarmoya kiritish.
– ayrim yirik xususiy firmalar bilan cheklanib qolmay, kengroq tadqiqot ekotizimini, jumladan, texnologiyalarning keng tarqalishiga yordam beruvchi ochiq yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Fan-texnologiya
19.05.2026, 15:55
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

AI insoniyatni 2030-yilgacha yo‘q qilishi mumkinmi?
Fan-texnologiya
10.09.2026, 10:30

Xitoy sun’iy intellekt sohasida raqamli suverenitetni hurmat qilishga chaqirdi
Jahon
19.08.2026, 14:34

Şimoliy Koreya xakerlari hujumlarda sun’iy intellektdan foydalanmoqda
Jahon
11.08.2026, 13:53

Sun’iy intellekt yordamida ilk bor tabiatda uçramaydigan viruslar yaratildi
Fan-texnologiya
07.08.2026, 12:10

OpenAI yangi ChatGPT Work agentini namoyish qildi
Fan-texnologiya
10.07.2026, 18:30
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
