Afgʻoniston Yaqin Sharq geosiyosiy shaxmat taxtasida
2025 yilning 13 iyunidan 24 iyunigacha davom etgan Isroil va Eron oʻrtasidagi "12 kunlik urush" Yaqin Sharqdagi chalkash geosiyosiy vaziyatni, mintaqaviy yetakchilik uchun shiddatli raqobatni va mintaqa davlatlari uchun aniq bir tomonni tanlashning muhimligini yaqqol namoyon etdi. Yaqin Sharq oʻziga xos va shaxmat taxtasidagi har bir dona nozik ahamiyatga ega boʻlib, kutilmagan yurishlar va manyovrlarga tayyor turish lozim.
Jahon
01.07.2025, 13:07
Ulashish:

Xalqaro hamjamiyat eʼtibori mintaqaning bevosita aktorlariga, Gʻazo, Liviya va Suriyaga qaratilgan ushbu xavfli inqiroz sharoitida, mintaqaga nisbatan chetda joylashgan boʻlishiga qaramay, mazkur jarayonlarga tobora koʻproq aralashib borayotgan Afgʻonistonga ham eʼtibor qaratish oʻrinlidir. Isroil va Eron oʻz taʼsir doiralarini ham mafkuraviy, ham strategik jihatdan kengaytirishga intilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Janubiy va Markaziy Osiyo, jumladan Afgʻoniston, ayniqsa Eron uchun geosiyosiy raqobatning asosiy maydoniga aylanib bormoqda.
Natijada, Afgʻonistonning geografik va diplomatik oʻrni yana ham strategik ahamiyat kasb etishi mumkin, chunki mintaqaviy kuchlar Eronning sharqdagi taʼsirini muvozanatlashtirishga intilmoqda. Bu raqobat sarmoyalar, savdo yoʻllari, ommaviy axborot vositalari va gumanitar tashabbuslarida namoyon boʻlishi mumkin. Ayni paytda, Afgʻonistonning betarafligi va ichki siyosati hal qiluvchi ahamiyatga ega – ayniqsa, tashqi kuchlar uni bufer hudud yoki keng mintaqaviy kurashning strategik yoʻlagi sifatida koʻrayotgan bir vaqtda.
Manfaatlarga asoslangan munosabatlar
Dastlab Eron 2021 yilda Kobulda hokimiyatga kelgan Tolibon hukumati bilan rasmiy aloqalar oʻrnatishdan tiyildi. Biroq, keyinchalik u Afgʻoniston bilan bir qator masalalar – xavfsizlik, migratsiya, suv resurslari va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha amaliy hamkorlikka oʻtishga majbur boʻldi.
Birinchidan, Eronning Suriya, Livan va Falastindagi proksi guruhlarining kuchsizlanishi yoki yoʻq qilinishi Eronni yangi strategik ittifoqchilar, jumladan Afgʻonistonni izlashga majbur etdi. Afgʻoniston Suriya kabi strategik ahamiyatga ega boʻlmasa-da, Isroil bilan yangi mojaro yuz bergan taqdirda koʻngilli harbiy kuchlar yetkazib berish imkoniyatiga ega. Shu bois Eron afgʻon shialarini, xususan "Fotimiyun brigadasi" jangchilarini qayta jalb qilishga harakat qildi. Biroq Tolibon buni qatʼiyan rad etib, oʻz hududida uchinchi davlatlarga harbiy harakatlar oʻtkazish va jangchilarni yollashga ruxsat berish Afgʻoniston suverenitetiga tahdid solishini taʼkidladi. Boshqa tomondan, Tehron bilan yaqinlashuvni Kobulning Yaqin Sharqdagi yetakchi kuchlardan birini de-fakto tan olishga intilishi sifatida baholash mumkin. Bu esa Afgʻoniston tashqi siyosati va diplomatiyasida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. 2023 yil 7 oktabr kuni Gʻazo sektorida Isroil va HAMAS jangarilari oʻrtasida boshlangan urush Yaqin Sharqdagi geosiyosiy jarayonlarni yanada tezlashtirdi. Eron oʻzini "Islom qalqoni" sifatida koʻrsatib, butun urush davomida HAMASni qoʻllab-quvvatladi. Shu bilan birga, Afgʻoniston Eron bilan birdamligini bildirdi va Falastin xalqini qoʻllab-quvvatladi.
Ikkinchidan, Eron Afgʻoniston bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga intildi. U Xaf-Hirot temir yoʻli va Chobahor porti kabi infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritdi. Xaf-Hirot temir yoʻl liniyasi Eronning ustuvor loyihalaridan biridir: u nafaqat byudjet daromadlarini oshiradi va Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi transport xarajatlarini kamaytiradi, balki mintaqada barqarorlik, xavfsizlik, ish oʻrinlari yaratish va umumiy iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga ham hissa qoʻshadi.
Chobahor porti Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afgʻonistonni Hind okeani bilan bogʻlovchi, Sharq va Gʻarb, Janub va Shimolni tutashtiruvchi tranzit yoʻl sifatida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. "Tolibon"ning 2016 yilda Hindiston va Afgʻonistonning sobiq hukumati tomonidan boshlab qoʻyilgan Chobahor-Zahidon temir yoʻli loyihasini davom ettirishga tayyorligi, shuningdek, 35 million dollar miqdorida sarmoya kiritishni vaʼda qilishi Pokistonga qaramlikdan xalos boʻlish istagini koʻrsatmoqda. Biroq, 2025 yilda AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi qoʻllagan "maksimal bosim" siyosati tufayli Chobahor porti sanksiyalar taʼsiriga uchradi. Loyihaning istiqboli hamon noaniq. Umuman olganda, Eron-Afgʻoniston munosabatlarini gʻoyaviy ziddiyatlarni chetga surib, oʻzaro iqtisodiy va siyosiy manfaatlar asosiga qurilgan, deb taʼriflash mumkin.
Josuslar oʻyini
Bir qator Rossiya manbalarining xabar berishicha, 2025 yilning iyun oyida Eron-Isroil mojarosining kuchayishi Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlarning yangi qirralarini ochib berdi. Eng tashvishli voqealardan biri Isroil maxfiy xizmati "Mossad" bilan bogʻliq katta josuslik tarmogʻining fosh etilishi boʻldi. Maʼlum qilinishicha, Tehronda Eron hududida buzgʻunchilik faoliyatini amalga oshirish uchun yollangan afgʻon fuqarolari guruhi qoʻlga olingan. Ularning aksariyati Qandahorlik pushtunlar ekanligi aniqlandi. Bu holat Eron hukumatini tashvishga soldi va Eron-Isroil inqirozi sharoitida "Tolibon" rejimining betarafligi shubha uygʻotdi.

Foto: Reporter
Xuddi shu manbalarga koʻra, Isroil maxfiy xizmati Afgʻoniston hududidan, ayniqsa Hirot viloyati va Shindand shahridan, Eronga dronlar va portlovchi moddalarni yetkazib berish uchun oʻtish yoʻli sifatida foydalangan boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumot oʻz tasdigʻini topsa, bu Isroil maxfiy xizmatining Eron hududiga chuqur kirib borish imkoniyatiga ega ekanligini va afgʻon muhojirlaridan buzgʻunchilik operatsiyalarida foydalanish mumkinligini koʻrsatishi mumkin.
Bunday voqealar Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi pragmatik hamkorlikka barham berishi va ularning tashqi siyosiy mavqelarining beqarorlashuviga olib kelishi mumkin. Bunga yaqqol misol - Erondan afgʻon qochqinlarining ommaviy chiqarib yuborilishini koʻrishimiz mumkin. Xalqaro migratsiya tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil 1 iyundan 27 iyungacha taxminan 233 ming kishi mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Bu Afgʻonistonning savdo yoʻllari va iqtisodiy markazlarida tirbandlik, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining sezilarli darajada susayishiga sabab boʻldi.

Foto: The Hindu
Biroq, Eron-Afgʻoniston munosabatlarida kuchayib borayotgan ishonchsizlik va keskinlik har ikki tomon uchun ham muammolar keltirib chiqaradi. AQSh sanksiyalari tufayli Eron oʻz infratuzilmasidan toʻliq foydalana olmayapti va oʻzini Transafgʻon yoʻlagiga qayta yoʻnaltirishga majbur boʻlmoqda. Afgʻoniston uchun Eron logistikasi ham neft va gaz taʼminoti, ham asosiy tranzit markaziga aylanish istiqboli nuqtai nazaridan strategik ahamiyatga ega. 12 kunlik urush davrida Eron nefti eksportiga qoʻyilgan cheklovlar Afgʻonistonda yoqilgʻi narxining keskin koʻtarilishiga olib keldi.
Hozirgi sharoitda Afgʻoniston bir vaqtning oʻzida yangi imkoniyatlar va jiddiy tahdidlarga duch kelmoqda. Bir tomondan, barqarorlik va betaraflikni saqlab qolish orqali u transmintaqaviy savdo, energetika va diplomatiyada boʻgʻin sifatidagi rolini kuchaytirishi mumkin. Boshqa tomondan, mintaqaviy kuchlar oʻrtasidagi keskinlikning kuchayishi Afgʻonistonni geosiyosiy raqobat va axborot urushlariga tortishi mumkin, bu esa ichki birdamlikka putur yetkazish xavfini tugʻdiradi.
Xoʻjabekov Ubaydullo.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti /
Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti
Jahon
01.07.2025, 13:07
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oq Uy Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasini eʼlon qildi. Tramp Gʻazoni oʻzi boshqarmoqchi
Jahon
30.09.2025, 15:01

Erondan afgʻonistonliklar deportatsiya qilinmoqda
Siyosat
11.07.2025, 12:20

20 ta musulmon mamlakat Isroilning Eronga tajovuzini qoralab, qoʻshma bayonot qabul qildi
Siyosat
18.06.2025, 12:37

Isroil razvedkasiga ishlagan shaxs Eronda oʻlimga hukm qilindi
Jahon
16.06.2025, 16:07

Al-Sharaa Trampning Gʻazo rejasini "jiddiy jinoyat" deya baholadi
Jahon
12.02.2025, 13:55

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi
Jahon
09.10.2025, 23:30
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
So'nggi yangiliklar

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni
Jahon
07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi
Sport
06.04.2026, 13:50

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Jahon
06.04.2026, 12:12

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda
Fan-texnologiya
04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi
Iqtisodiyot
03.04.2026, 17:17

Apple va Samsung: Jahon smartfon bozorining yetakchilari
Iqtisodiyot
03.04.2026, 12:37

50 yildan so‘ng insoniyat yana Oyga parvoz qildi
Fan-texnologiya
02.04.2026, 17:01

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?
Oʻzbekiston
02.04.2026, 11:24
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
