NATOning Anqara sammiti: Eron va Ukraina bo‘yicha qarorlar
Ukrainaga 70 mlrd yevrolik yordam, Turkiyaga oid sanksiyaning bekor qilinishi, Eron va Grenlandiya masalasi — NATOning Anqara sammitidagi muhim voqealar tafsiloti.
Jahon
10.07.2026, 10:46
Ulashish:

8-iyul kuni Turkiya poytaxti Anqarada boshlangan NATOning navbatdagi sammiti ikki kun davom etdi.
Uchrashuv davomida AQSH prezidenti Donald Tramp Eron, Grenlandiya va mudofaa xarajatlari masalalarida yevropalik ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bordi, ba’zida esa bahslashdi. Biroq yakunda Tramp: “Xonada birdamlik va mehr muhiti bor”, deya sammitni ijobiy baholadi.
Sammit AQSH va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi buzilgan, Rossiya esa Ukrainaga hujumlarni kuchaytirgan bir paytda o‘tkazildi.
Bu NATO tarixidagi 36-sammit bo‘lib, Turkiya unga 2004-yildan keyin ikkinchi marta mezbonlik qildi. Tadbir Anqaradagi Beshtepe prezidentlik majmuasida tashkil etildi.
NATO sammiti — alyansning eng yuqori qaror qabul qiluvchi organi bo‘lgan Shimoliy Atlantika kengashining davlat va hukumat rahbarlari darajasidagi yig‘ini hisoblanadi. Bu yig‘inlarda alyans uchun strategik ahamiyatga ega masalalar muhokama qilinib, barcha a’zo davlatlar umumiy kelishuv asosida qo‘shma deklaratsiya qabul qiladi.
Joriy yilgi sammitda NATOga a’zo 32 mamlakatning hukumat rahbarlari, tashqi ishlar va mudofaa vazirlari hamda NATO bosh kotibi Mark Ryutte qatnashdi.
Shuningdek, NATO a’zosi bo‘lmagan, ammo shunga intilayotgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham Anqaraga kelib, bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sammitda qanday qarorlar qabul qilindi?
NATO bosh kotibi Mark Ryutte Anqara sammitining uchta asosiy yo‘nalishini belgilagan edi:
- mudofaa xarajatlarini oshirish;
- harbiy sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish;
- Ukrainaga yordamni to‘xtatmaslik.
Bloomberg nashrining xabar berishicha, yakuniy deklaratsiyada yuqori aniqlikdagi qurollar, havo va raketa mudofaasi hamda uchuvchisiz tizimlar uchun 50 milliard dollardan ortiq yangi xaridlar qayd etilgan.
Biroq NATO ma’lumotlariga ko‘ra, alyansning 32 a’zosidan faqat beshtasi 2026-yil uchun belgilangan YAIMning 3,5 foizi miqdoridagi asosiy mudofaa xarajatlari maqsadiga erishish yo‘lida harakat qilmoqda. Bu ko‘rsatkichga hatto AQSH ham hozircha yetmagan.
Tramp bu yilgi yopiq yig‘ilishda o‘tgan yilgi Gaaga sammitida bo‘lgani kabi mudofaa xarajatlarini oshirish talabini ilgari surmagan. U faqat Polsha, Germaniya va Boltiqbo‘yi davlatlarining bu boradagi sa’y-harakatlarini alqab, AQSH NATOda qolishini bildirgan.
Ukrainaga ajratilgan yordamlar
NATO davlatlari Ukrainaga 2026-yil davomida 70 milliard yevro (taxminan 80 milliard dollar) miqdorida harbiy yordam ajratishga kelishib oldi. Shuningdek, 2027-yilda ham shunga teng hajmdagi yordam berish majburiyati qabul qilindi.
Yetakchilar buni “Kelajakni barpo etish: yanada kuchli NATO tarkibida yanada qudratli Yevropa” deb nomladi.
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa davlatlari Trampni Ukraina bo‘yicha konkret majburiyat olishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan. Biroq Tramp AQSH Yevropa davlatlariga qurol sotishda davom etishini, ular esa bu qurollarni undan olib bemalol Ukrainaga berishi mumkinligini aytgan.
Bundan tashqari, Tramp Vashington Ukrainaga “Patriot” tutib oluvchi raketalarini o‘z mamlakatida ishlab chiqarish uchun litsenziya berishini e’lon qildi. Bu qurollarni Ukraina anchadan beri so‘rab keladi. Chunki “Patriot”gina Rossiyaning ballistik raketalarini qaytara oladi.
AQSH va Turkiya
Turkiya Anqaradagi NATO sammitida Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, qizil, oq va ko‘k ranglar uyg‘unligidagi avia-shouni namoyish etdi hamda yangi aeroport binosiga Donald Tramp nomini berdi.
Tramp esa prezidentlikdagi birinchi muddati davomida, ya’ni olti yil avval Turkiyaga nisbatan joriy qilgan sanksiyalarni bekor qilishga va’da berdi.
Shuningdek, Tramp Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishga tayyorligini, biroq bu borada hali to‘liq bir qarorga kelmaganini aytdi. Umuman, ikkala lider sammit davomida juda do‘stona munosabatda bo‘lishdi.
Ochiq qolgan masala
2027-yilgi NATO sammitiga Albaniya mezbonlik qilishi rejalashtirilgan edi. Biroq yakuniy deklaratsiyada bu haqda hech qanday gap-so‘z yo‘q.
AP agentligining xabar berishicha, ayrim ittifoqchilar Albaniyaning mudofaa uchun kam mablag‘ sarflayotganini inobatga olib, bu fikrga qo‘shilmagan.
Sammitdagi asosiy bahslar
Eron
Sammit kun tartibining asosiy mavzusi Eron bo‘ldi. AQSHning Eron obyektlariga bergan zarbasidan keyin Tramp jurnalistlarga AQSh-Eron o‘zaro anglashuv memorandumi “yakuniga yetganini” aytib, Eron rahbariyatini “kasal” va “zo‘ravon” deb atadi hamda o‘sha kuni kechqurun yana zarbalar berishga buyruq berishi mumkinligini bildirdi.
Biroq Tramp yopiq yig‘ilishda AQSH Eronda hokimiyatni almashtirishdan manfaatdor emasligini bildirgan.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte AQSH zarbalarini himoya qilgan bo‘lsa-da, Eron NATO hududiga kirmasligini va alyans faqat so‘ralgan taqdirdagina ma’lum rol o‘ynashi mumkinligini aytdi.
Yakunlovchi deklaratsiyada Eron Hormuz bo‘g‘ozida erkin kema qatnovini ta’minlashi va yadroviy qurolga ega bo‘lishdan voz kechishi lozimligi ta’kidlandi.
Grenlandiya
Yana bir bor Grenlandiya masalasini ko‘targan Tramp orol AQSH uchun strategik ahamiyatga ega ekanini aytdi. Shuningdek, Daniya Ikkinchi jahon urushi davrida okkupatsiya qilinganini eslatdi va Vashington Grenlandiyani qaytarib bermasligi kerak edi, degan fikrni bildirdi.
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen esa Grenlandiya sotilmasligini yana bir bor ma’lum qildi.
Ispaniya
Tramp Ispaniyani ham qattiq tanqid ostiga oldi. U bosh vazir Pedro Sanchesning mudofaa xarajatlari bo‘yicha pozitsiyasi sababli Ispaniyani “yomon sherik” deb atab, mamlakat bilan savdoni qisqartirishni taklif qildi.
Ispaniya hukumati esa bu bayonotlarni “odatiy siyosiy ritorika” sifatida baholadi.
NATO sammitlarining ahamiyati
NATO sammitlari alyansning siyosiy qarorlarini aniq harbiy va sanoat dasturlariga aylantiruvchi asosiy mexanizm hisoblanadi.
Mudofaa xarajatlari, qurol-yarog‘ xaridlari va NATO nizomining 5-moddasi bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar 32 a’zo davlatning keyingi yillardagi umumiy xavfsizlik siyosatida asosiy omil bo‘ladi.
Anqara sammiti yakunida ishtirokchilar NATO tamoyiliga sodiqligini tasdiqlab, 5-modda ya’ni, “bitta a’zoga qilingan hujum – barchaga qilingan hujumdir” degan pozitsiyani takrorladi.
Mavzuga oid yangiliklar

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
