«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar oʻzining muqarrar oʻlimi sari, yaʼni muzli togʻlar tomon yoʻl olgan yolgʻiz pingvin aks etgan video bilan «portladi».
Madaniy
28.01.2026, 17:49
Ulashish:

Foydalanuvchilar pingvinni nigilist deb atab, yolgʻiz qushning uzoqlashib borayotgani aks etgan koʻplab videolarni joylashtirishdi. Ushbu «oʻlim marshi» gʻamgin musiqa va kadr ortidagi ovoz bilan yanada dramatiklashtirildi. Hamdardlik bildirgan tomoshabinlarning esa «Lekin nega?» degan savoli ochiq qoldi.
Virusli pingvinning kelib chiqishi
Internetda virus kabi tarqalgan pingvin videosi nemis rejissyori Verner Hersogning «Dunyoning chekkasidagi uchrashuvlar» nomli hujjatli filmidagi parchadir. Ushbu film qariyb 20 yil avval “Discovery Channel”’ning hujjatli filmlar boʻlimi uchun suratga olingan. Hersog oʻz gʻoyasini amalga oshirish uchun Antarktidadagi Mak-Merdo stansiyasida yetti hafta boʻlgan. Film 2009 yilda «Oskar» mukofotiga nomzod ham boʻlgan.
Hersogning ishi pingvinlar haqidagi odatiy hujjatli filmlarga oʻxshamaydi. Kadrlarda rejissyor Mak-Merdoga turli sabablar bilan kelgan odamlar bilan suhbatlashadi. Uning suhbatdoshlaridan biri ekolog Devid Eynli boʻlib, rejissyor undan pingvinlar orasidagi «aqldan ozish» holatlari haqida kutilmagan savol beradi. Eynli baʼzan pingvinlar fazoviy moʻljalni yoʻqotib, omon qolish va ozuqa topish uchun hayotiy muhim boʻlgan okeandan adashib ketishini tushuntiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan sahnada aynan shunday pingvin tasvirlangan: u togʻlar tomon ketmoqda edi. Ekologning soʻzlariga koʻra, uni ortga burishga boʻlgan har qanday urinish behuda boʻlar edi. Agar uni ortga qaytarishsa ham, u baribir avvalgi yoʻliga qaytadi.
«Oʻrtada bitta pingvin bor edi. U muz chetidagi ozuqa maydoniga ham, koloniyaga ham qaytmadi. Koʻp oʻtmay, uning taxminan 70 kilometr masofadagi togʻlar tomon yoʻl olganini koʻrdik. Agar uni ushlab, koloniyaga qaytarishsa ham, baribir togʻlar tomon ketishini doktor Eynli tushuntirgan edi. Lekin nega?» — deya qayd etadi filmdagi hikoyachi.
Rejissyor keyinchalik film yaratilishi bilan bogʻliq qiziqarli bir holatni ham soʻzlab bergan. Uning aytishicha, kadr ortidagi ovozni yozishda u «Ochilmagan sirlar» serialidan ilhomlangan.
«U yerda vahimali ovoz bor edi. Masalan, u shunday derdi: “Tish shifokori uyiga qaytdi — eshik ochiq, hamma yoq qon. Va u tushundi: nimadir juda yomon narsa yuz bergan. Keyin u oshxona polida xotinini topdi — u qonga belangan edi. U oʻldirilgan edi. Albatta. Lekin nega?” Men aynan oʻsha ovozdan foydalandim», — deydi Hersog.
«Nigilist pingvin» memining maʼnosi
Pingvin qoidalarga boʻysunmagani, koloniyani tark etgani va uni tirik saqlab qolishi mumkin boʻlgan okeandan uzoqlashgani uchun nigilist deb atala boshlandi. Odamlar pingvinni insonlashtirib, uni «oʻzgacha narsa izlagan» va oʻz yoʻlidan borishdan qoʻrqmagan deb tasavvur qilishdi. Hatto katta bedal toʻlashga toʻgʻri kelsa ham, oʻz yoʻlidan borish gʻoyasi nigilist haqidagi koʻplab videolarning asosiy mavzusiga aylandi.
Ayrim foydalanuvchilar izohlarda oʻzlarini unga oʻxshatib, uning his-tuygʻularini tushunishini va tanlovini qoʻllab-quvvatlashini yozishdi. Boshqalar esa ochlik va charchoqdan halok boʻlgan qushning taqdiriga qattiq achinishdi.
«Bu shunchaki video emas, bu bir xillikdan charchagan va “poda”dan ajralib, oʻz haqiqati sari intilgan zamonaviy inson ruhiyatining aksidir», — deb yozdi foydalanuvchilardan biri.
«Uning qanday oʻlganiga emas, qanday yashashni tanlaganiga eʼtibor bering», — deydi yana biri.
Boshqa bir bloger esa shunday yozdi: «Bu shunchaki pingvin emas. Sizda bitta hayot bor. Uni koloniyada qolib oʻtkazasizmi yoki boshqa yoʻlni tanlaysizmi? Bu dunyoda ikki xil odam bor: togʻlarga ketadiganlar va koloniyada qoladiganlar. Men qaysi toifada ekanimni bilaman».
Trendga tanqidiy nazar
Bu epizod millionlab odamlar uchun kuchli metaforaga aylandi. Koʻpchilik bu pingvin harakatlarida shunchaki xato emas, balki ongli isyon, nigilizm yoki ijtimoiy bosimlarga qaramay oʻz yoʻlini tanlashga jurʼat topgan «shaxsiyat»ni koʻrmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar «Pingvin kabi boʻl» shiori ostidagi videolar bilan toʻlib-toshdi.
Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Pingvin suratini fonga qoʻyish insonni pingvinga aylantirib qoʻymaydi. Hamma qarshi boʻlsa ham oʻz yoʻlidan qaytmaslik koʻpincha tugʻma xususiyat boʻladi. Isyonkor insonni jamiyat hamma vaqt ham tushunmaydi va qabul qilmaydi.
Bu trendning kinoyasi shundaki, koʻpchilik koloniyani tark etish haqida gapiradi, ammo bunga koloniya ichida, uning qoidalariga amal qilgan holda qoʻl uradi. Hamma ham pingvin boʻla olmaydi: kimdir oila boqadi, kimdir kredit toʻlaydi, kimdir ogʻir hayotiy sharoitda. Ayrimlarda togʻlarga ketish uchun imkoniyat bor, boshqalarda esa yoʻq.
Shuning uchun «pingvin kabi boʻl» shiori hamma uchun ham adolatli emas. Baʼzan togʻlarga yoʻl olish jasorat emas, balki charchoqdir. Bu ongli strategiya emas, balki ruhiy toʻliqishning oxirgi bosqichi ham boʻlishi mumkin.
Pingvin erkinlik va haqiqatga intilishni ramziy ifoda etsa-da, ayni paytda fojia va isyonni romantiklashtirish xavfini ham koʻrsatadi. Bu trend individuallik va jamoaviylik oʻrtasidagi kurashni ochib beradi. U jamiyatni oʻzgarishga ilhomlantiradimi yoki shunchaki navbatdagi internet kontenti sifatida yoʻqolib ketadimi — bu savol ochiq qolmoqda.
Muallif: Maftuna Baxtiyorova
Madaniy
28.01.2026, 17:49
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlar reytingi: foydalanuvchilar soni va jins boʻyicha farqlar
Jahon
19.02.2026, 15:10

London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Jahon
20.01.2026, 14:42

YuNISEF: bolalarning ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizligi uchun yosh cheklovlari yetarli emas
Jahon
16.12.2025, 08:01
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
So'nggi yangiliklar

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq
Madaniy
01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi
Iqtisodiyot
01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi
Jahon
01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi
Jahon
01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi
Fan-texnologiya
30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda
Jahon
30.04.2026, 17:30

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda
Jahon
30.04.2026, 16:54

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi
Jahon
30.04.2026, 16:30

BAAning OPECdan chiqishi dunyo iqlimi uchun yangi xavfmi?
Jahon
30.04.2026, 12:21

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda
Oʻzbekiston
28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Polsha va Ukraina birgalikda “dronlar floti”ni yaratadi
Jahon
27.04.2026, 17:45

Isroil prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurdi
Jahon
27.04.2026, 16:23

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Oʻzbekiston
27.04.2026, 12:05

Ajrimlar statistikasi hududlar kesimida farq qilmoqda
Oʻzbekiston
27.04.2026, 11:32

Kolumbiyada uyushtirilgan terakt oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi
Jahon
27.04.2026, 11:03
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
