Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 14:09

Hukumat xakerlar orqali faollarni kuzatayotgani aytilmoqda

Oʻzbekiston muxolifat, jurnalist va inson huquqlari faollarining shaxsiy muloqotlarini kuzatishda "Pegasus"  josuslik dasturida foydalanayotganligi aytilmoqda.

Joriy yilning 10 aprel kuni WhatsApp va NSO Group oʻrtasida boʻlayotgan sud muhokamasida 2019 yilda WhatsAppʼga uyushtirilgan xakerlik hujumlarida mijozlar sifatida Meksika, Saudiya Arabiston va Oʻzbekiston davlatlaringning nomini tilga oldi. Bu haqda Isroilda joylashgan josuslik dasturlarni ishlab chiqaruvchi NSO Group kompaniyasi advokati Jo Akrotirinakis "TechCrunch" nashriga maʼlum qilgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur davlat hukumatlari 2019 yildagi xakerlik kompaniyasi orqali NSO Groupʼning "Pegasus" josuslik dasturi bilan 1200 dan ortiq WhatsApp foydalanuvchilarning maʼlumotlarini noqonuniy kuzatgan.

 

NSO Group shu vaqtga qadar birinchi marotaba Pegasusdan foydalanayotgan davlatlarning nomini ochiqladi.

 

WhatApp daʼvosida yozishicha, ilova orqali 100 dan ortiq huquq faollari, jurnalistlar va fuqarolik jamiyati aʼzolariga xakerlik hujumlari uyushtirilgan.

 

Mazkur roʻyxatda Meksika va Oʻzbekistondan tashqari 51 ta davlat kiritilgan. Bahrayn, Hindiston, Marokash, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSh davlatlari shu jumlasidandir. Ammo  NSO Group kompaniya huquqshunosi tilgan olgan uch davlatdan biri Saudiya Arabistoni mazkur roʻyxatda mavjud emas.

 

“Biz kelgusi sud jarayonini kutmoqdamiz, u yerda zararlarni aniqlash va NSOʻga nisbatan WhatsApp hamda odamlarning shaxsiy muloqotini himoya qilish boʻyicha sud qarori chiqarilishi kerak” degan WhatsApp vakili Zeyd Alsava TechCrunch'ga.

 

Seshanba kuni sudya sudga tayyorgarlik davrida NSO Group taqdim etgan hujjatlarda kamida toʻrtta davlat mijoz sifatida koʻrsatilgan, lekin kompaniya ularni ommaga rasman tasdiqlamaganni aytib bayonet bergan.

 

“Qaysi NSO mijozlari mazkur hujumlarda javobgar ekanini aniqlashga oid dalillar noaniq. Shu sababli, WhatsApp ushbu mijozlarga nisbatan qaysi tekshiruv tartiblari amalga oshirilganini aniqlash imkoniga ega boʻlmadi. Qolaversa, Pegasusʼdan notoʻgʻri foydalangan mijozlarga doir maʼlumotlar, asosan, OAVda chiqqan xabarlarga tayanadi”, degan sudya.

 

Koʻp yillar davomida "Citizen Lab" va "Amnesty International" kabi tashkilotlar "Pegasus" dasturi jurnalistlar, muxolifatchilar va inson huquqlari himoyachilarini kuzatish uchun ishlatilgani holatlarini hujjatlashtirib kelgan. Bunday hodisalar Meksika, Vengriya, Ispaniya va BAA kabi mamlakatlarda qayd etilgan.

 

 "TechCrunch" AQShdagi Meksika, Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston elchixonalariga ham izoh soʻrovi bilan murojaat qilgan.

Mavzuga oid yangiliklar

Dunyo siyosatiga qutblanishlarning taʼsiri

Xalqaro munosabatlar bugungi kunda bir nechta chuqur oʻzgarishlar taʼsirida shakllanmoqda - bu esa siyosatchilar uchun jarayonni anglash va zarur choralarni koʻrishda jiddiy sinov boʻlib qolmoqda. Jahon siyosati barqarorlik doirasidan chiqib, tobora koʻproq tartibsizlik sari harakatlanmoqda, xususan, Tramp maʼmuriyatining Oq Uyga qaytishi bilan bu yanada yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Ayni oʻzgarishlardan biri - texnologik markazlarning anʼanaviy hududlardan chekkaroq, noanʼanaviy mintaqalarga siljishi boʻlib, bu global tenglik va kuch muvozanatini oʻzgartirib yubormoqda. Shu bilan birga, oʻta oʻng va oʻta chap siyosiy kuchlar oʻrtasidagi tafovut keskin ortib bormoqda - bu esa siyosiy tizimlarda radikallashuv xavfini kuchaytiradi.

Siyosat

24.04.2025, 15:36

Turkish and Israel

Keskinlashgan Isroil-Turkiya munosabatlari yoxud "yangi usmoniylik" siyosati

2024-yil soʻnggida Suriyada Bashar Asad rejimi qulagach vaziyat keskin oʻzgardi. Turkiya Suriyada Eronning oʻrnini egallashga va mamlakatda harbiy bazasini joylashtirishga harakat qilmoqda. Suriya bilan qoʻshma mudofaa shartnomasiga koʻra Palmira, Hama va T 4 aviabazasi Turkiyaga berilishi koʻzda tutilgan edi. Shuningdek, soʻnggi haftalar davomida turkiyalik mutaxassislar tomonidan ushbu harbiy bazalar koʻzdan kechirilgan edi.

Siyosat

12.04.2025, 13:43

Vashington va Qobul: munosabatlarda yangi bosqich boshlanmoqdami?

­­Amerikalik diplomatlarning yaqinda Kobulga qilgan tashrifi Qo‘shma Shtatlar va Tolibon harakati o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘lidagi ilk ehtiyotkor qadamlar bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Siyosat

11.04.2025, 18:49

Yahudiy rohibini oʻldirganlikda ayblanib qoʻlga olingan 3 nafar oʻzbekistonlik oʻlimga hukm qilindi

Isroil va Moldova fuqarosi, Birlashgan Arab Amirligi (BAA) rezidenti boʻlgan rohib Tsvi Koganni oʻldirishda gumonlanib qoʻlga olingan 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosi oʻlimga hukm qilindi.  Hukm 30 mart kuni Abu-Dabi Federal apellyatsiya sudi Davlat xavfsizlik palatasi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan. Bu haqda Abu-Dabi federal appelyatsiya sudi xabar qildi.

Oʻzbekiston

01.04.2025, 20:48

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Buxoroda 508 million so‘mlik qalbaki dori vositalari aniqlandi

Buxoro viloyatida katta miqdordagi qalbaki dori vositalari muomaladan chiqarilib, ularning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxs fosh etildi.

Oʻzbekiston

04.06.2026, 17:11

Xitoy Tayvanga tashrif buyurganlarga sanksiya qo‘llayapti

Pekin Yangi Zelandiyaning to‘rt nafar qonunchisiga Tayvanga tashrif buyurgani sababli Xitoyga kirishni taqiqladi. Pekin xorijlik qonunchilarning orolga tashrifini Xitoy suverenitetiga qarshi harakat sifatida baholamoqda.

Siyosat

04.06.2026, 15:41

Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tramp ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Isroil va Livan harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha sulh tuzishga kelishib olgan. Biroq shunga qaramay, Isroilning Livanga zarbalari to‘xtay demayapti.

Jahon

04.06.2026, 12:22

Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun eshik ochilmoqda

Vengriyaning yangi bosh vaziri Magyar Ukrainaning YeIga a’zolik bo‘yicha harakatlarini ma’lum shartlar bajarilganidan keyin qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Jahon

04.06.2026, 11:25

Toshkentdagi qurilish obyektlariga yangi talablar joriy etilmoqda

Poytaxtdagi 1700 ga yaqin qurilish obyektlariga yangi talablarni joriy etish uchun muayyan muddat beriladi. 

Oʻzbekiston

03.06.2026, 18:00

Pushkin Navoiyning qoshiga kelib, Uzr so‘rab turar!..

Shoira Zebo Mirzo O‘zbekistonni bosib olish haqidagi rus propagandistlariga qarshi yozgan she’ridan bir parchasini Prezident oldida o‘qib berdi.

Madaniy

03.06.2026, 17:16

G‘azodagi urushni “genotsid” deb atagan jarroh AQSH Kongressiga nomzod bo‘ldi

Asli misrlik AQSH armiyasi faxriysi Adam Hamaviy G‘azo haqidagi keskin bayonotlariga qaramay, Demokratlar praymerizida g‘alaba qozondi.

Jahon

03.06.2026, 16:26

Liviyada futbol klubiga ilk bor ayol kishi rahbar bo‘ldi

Intisor Shanib Liviyaning Derna shahridagi mashhur “Darnes” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi. Uning fikricha, rahbarlik jins bilan emas, qobiliyat va malaka bilan o‘lchanadi.

Sport

03.06.2026, 14:50

Rossiya Leningrad viloyatiga qilingan dron hujumlarini qaytarmoqda

Rossiya yirik yillik iqtisodiy forum boshlanishi arafasida Moskva shimoli-g‘arbidagi Leningrad viloyati ustida Ukraina dronlarini urib tushirmoqda. Ushbu forumda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi. 

Jahon

03.06.2026, 11:35

Finlandiya yadroviy chiqindilarni 100 ming yil saqlovchi ombor qurmoqda

Finlyandiyada 433 metr chuqurlikda joylashgan va dunyodagi ilk radioaktiv ishlatilgan yadro yoqilg‘ilarini saqlash ombori tez orada faoliyat boshlaydi. 

Jahon

03.06.2026, 10:06

“Devorga yopishtirilgan banan” — 5,8 million yevrolik asar yana o‘g‘irlandi

Mauritsio Kattelanning devorga skotch bilan yopishtirilgan banandan iborat bo‘lgan “Komik” nomli san’at asari Fransiyadagi Pompidu-Mets markazidan o‘g‘irlandi. Muzey o‘g‘irlik yuzasidan noma’lum shaxslar ustidan shikoyat qildi.

Madaniy

02.06.2026, 15:24

AQSHning BMTdan qarzi tufayli yangi cheklov e'lon qilindi

Xalqaro mehnat tashkiloti AQSh badallarni to‘lamagani uchun amerikalik amaldorning tashkilotda yuqori lavozimga tayinlanishini muzlatib qo‘ydi.  

Jahon

02.06.2026, 11:56

Yangi “Toshkent – Samarqand” avtomobil yo‘li 282 kilometrni tashkil etadi

“Toshkent – Samarqand” muqobil avtomobil yo‘li Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarini bog‘laydi.

Oʻzbekiston

01.06.2026, 17:47

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi

Ilmiy daraja berish tartibi soddalashadi. Yana nimalar bekor qilindi?

Ta'lim

01.06.2026, 15:57

Har yili 100 ta she’riy konsert davlat hisobidan moliyalashtiriladi

Shuningdek, har yili 1 ming nafar shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at vakillari, muzey xodimi va rassomlarga uy-joy olish uchun ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi.

Madaniy

01.06.2026, 15:14

Mas’ud Pezeshkiyon iste’foga chiqmoqchi(mi?)

Yangi xabarga ko‘ra, amaldagi Eron prezidenti Oliy rahnamo idorasiga ariza topshirgan. Arizada “prezident va hukumat asosiy milliy qarorlarni qabul qilish jarayonlaridan chetlashtirilgani” aytilgan. 

Jahon

01.06.2026, 14:20

Fransiya harbiylari Rossiya neft tankerini to‘xtatdi

Fransiya va uning hamkorlari yakshanba kuni Atlantika okeanida sanksiyalarni chetlab o‘tayotgan Rossiya neft tankerini qo‘lga olgan.  

Jahon

01.06.2026, 11:25

Myanmada portlash: 55 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi

Isyonchi Taang Milliy Ozodlik Armiyasining aytishicha, portlashga tog‘-kon ishlarida foydalanish uchun saqlanayotgan moddalarning tasodifan portlab ketishi sabab bo‘lgan.

Jahon

01.06.2026, 10:55

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning kuchayayotgan harbiy tahdidlariga qarshi turish uchun atom suvosti kemalarini qo‘lga kiritishga intilmoqda.

Jahon

28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt

Ka'baning ichki tuzilishi, Kisvaning yaratilishi va uning asrlar davomida saqlanib kelayotgan an’analari haqidagi 10 ta qiziqarli fakt bilan tanishing.

Madaniy

27.05.2026, 07:48

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →