Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 16:23

«AL-FAShIR QASSOBI» DEB ATALGAN ShAXS — ABU LULU KIM?

2025 yil oktabr oyida, 18 oylik qamaldan soʻng, Shimoliy Darfurda joylashgan Al-Fashir shahri «Tezkor harakat kuchlari» deb nomlangan harbiylashtirilgan guruh tomonidan egallandi. Ular shaharga kirishlari bilan zoʻravonlik avj oldi. Internetda tarqalgan videolarda ushbu guruh jangchilari qurolsiz tinch aholini shafqatsizlik bilan qatl etayotgani aks etgan.

«AL-FAShIR QASSOBI» DEB ATALGAN ShAXS — ABU LULU KIM?

AL-FAShIRNING QULAShI VA QONLI VOQEALARNING BOShLANIShI
2025 yil oktabr oyida, 18 oylik qamaldan soʻng, Shimoliy Darfurda joylashgan Al-Fashir shahri «Tezkor harakat kuchlari» deb nomlangan harbiylashtirilgan guruh tomonidan egallandi. Ular shaharga kirishlari bilan zoʻravonlik avj oldi. Internetda tarqalgan videolarda ushbu guruh jangchilari qurolsiz tinch aholini shafqatsizlik bilan qatl etayotgani aks etgan. Bu tasvirlar yangi fojianing ramziga aylandi — Al-Fashirdagi zoʻravonlikning ilk daqiqalari butun dunyoga namoyon boʻldi.

QOʻMONDONDAN TERROR RAMZIGAChA
Internetda tarqalgan videolardagi markaziy shaxs — general Al-Fatah Abdulla Idris, u sudanliklar orasida Abu Lulu laqabi bilan tanilgan va qoʻrquv ramziga aylangan shaxs sifatida namoyon boʻladi. Al-Fashir hujumi paytida u kameraga qarab, kulup-sirab shunday deydi: «Men ikki mingdan ortiq odamni oʻldirdim». Bu soʻzlar ommaviy qatllar fonida aytilgani, xalqaro tashkilotlar va huquq faollari tomonidan genotsidga teng deb baholandi.

TARJIMAI HOLI VA HARBIY YuKSALIShI
Abdulla Idrisning tarjimai holi toʻliq ochiqlanmagan, ammo Sudandagi norasmiy harbiy tuzilmalar safida u qattiq tartib va shafqatsizligi bilan tanilgan. «Tezkor harakat kuchlari» — 2010-yillarda Darfurdagi mahalliy qurolli guruhlardan kelib chiqqan boʻlib, 2013 yilda sobiq Sudan prezidenti Omar al-Bashir tomonidan markazlashtirilgan va davlat nazoratiga oʻtkazilgan. Bu kuchlar tez orada oʻz xalqini nisbatan qurolga aylantirdi. Arab Raziyat qabilasidan chiqqan Idris — bir necha yil ichida generalga aylandi. Bu shunchaki yuksalish emas — balki tizimning yuzi. U yerda qahramonlik shafqat bilan emas, shafqatsizlik bilan oʻlchanadi. Martabaga erishish uchun qon toʻkish shart. Qancha vahshiy boʻlsang — shuncha tez yuqoriga chiqasan. Idris, boshqa koʻp komandirlar kabi, oʻziga «Abu Lulu», yaʼni «Luluning otasi» degan shaxsiy laqabni tanlagan.

AL-FAShIRDAN AVVALGI JINOYaTLAR
Abdulla Idris «Tezkor harakat kuchlari»ning qoʻmondoni sifatida Al-Fashir qamalidan ancha avval ham Sudandagi fuqarolik urushida faol qatnashgan. 2025 yil avgustida Idris Bertiye qabilasiga tegishliligi uchun bir asirni shafqatsizlik bilan oʻldirgan. 2024 yil mart oyida esa, Al-Jili neft zavodi hududida, Sudan armiyasiga tegishli asirlarning ommaviy qatlini shaxsan boshqargan. Shuningdek, Idris Al-Jeneynada Masalit qabilasiga qarshi amalga oshirilgan ommaviy qatlning bosh tashkilotchisi sifatida tilga olinadi. U yerdagi qurbonlar — ayollar, yoshlar va qariyalar — jamoaviy qabrlarga koʻmilgan. Bu voqealar bir haqiqatni ochiq namoyon qiladi: Abu Lulu etnik tozalashga qaratilgan zoʻravonlik kampaniyasining asosiy ijrochisi boʻlgan. U bu harakatlarni «Tezkor harakat kuchlari» safida, general Muhammad Hamdan Dagalo (Xamidti) qoʻmondonligi ostida amalga oshirgan.

«TEZKOR HARAKAT KUChLARI» VA AL-FAShIRGA HUJUM
2023 yil aprelidan boshlab Sudanda fuqarolik urushi boshlandi. Mamlakat boʻylab rasmiy armiya bilan harbiylashtirilgan «Tezkor harakat kuchlari» oʻrtasidagi toʻqnashuvlar tezda keng koʻlamli urushga aylandi. Darfur gʻarbida joylashgan Al-Fashir shahri strategik ahamiyatga ega boʻlib, 2025 yil oktabrigacha mintaqadagi rasmiy armiyaning soʻnggi tayanch nuqtasi sifatida saqlanib qoldi. Idris qoʻmondonligidagi «Tezkor harakat kuchlari» aynan shu soʻnggi qarshilik oʻchogʻiga qarshi hal qiluvchi hujumda qatnashdi. 2024 yilga kelib, Al-Fashir shahri toʻliq urab olindi va shaharga olib boruvchi barcha yoʻllar yopildi. Qamal oqibatida 250 mingdan ortiq tinch fuqaro tuzoqda qoldi, ular dunyo bilan aloqasiz va jahon eʼtiboridan chetda qoldi.

OMMAVIY QATLLAR
2025 yil 27 oktabrda «Tezkor harakat kuchlari» Al-Fashirning mudofaasini yorib oʻtdi. Sudan armiyasi orqaga chekindi va ortidan shahar qonga botib ommaviy qatllar boshlandi. Guvohlarning bayonotlari va videoyazuvlar shundan dalolat beradi: «Tezkor harakat kuchlari» jangchilari tinch aholini rejali ravishda qatl etgan. Kamera oldida amalga oshirilgan shafqatsizliklar bu zoʻravonlikning yuzini ochib berdi. Huquq faollarining soʻzlaricha, Abu Lulu qoʻmondonligidagi boʻlinmalar hal qiluvchi rol oʻynagan: bir soat ichida taxminan 500 kishi otib tashlangan. Faqat ularning safiga oʻtganlargina omon qolgan — boshqalar uchun oʻlimdan boshqa yoʻl yoʻq edi. Bu qatllar etnik asosda amalga oshirilgan. Sudanning ijtimoiy rivojlanish vaziri Selima Ishoq maʼlum qilishicha, 48 soat ichida 300 ayol oʻldirilgan va koʻpchiligi zoʻravonlikka uchragan. Idris bu qonli sahnalarni tomoshaga aylantirdi. U TikTok'da shaxsan oʻzi videolar joylashtirdi — jasadlar fongida kulib turdi va qoʻlida qilich bilan oʻzini tasvirga oldi. Bir videoda u avvaliga asirlarni ozod qilishini vaʼda qiladi — keyin esa ularni otib oʻldiradi. Boshqasida — qurbonlar sonini 2000 nafarga yetkazishga vaʼda beradi. Yana bir videorolikda esa u shunday deydi: «Bizning ishimiz — faqat oʻldirish», deb asirlarga oʻq uzadi.

Kamera oldidagi shafqatsizlik Idrisga «Al-Fashir qassobi» laqabini olib keldi. Uning bayonotlari va videoyazuvlari shubhaga oʻrin qoldirmaydi — bu etnik asosdagi namoyishkor qatllar va terrorning ochiq kampaniyasi.

Xalqaro OAV bu kadrlarni tarqatdi, faollar esa uni «21-asr qassobi» deb atashdi — va «Tezkor harakat kuchlari» qoʻmondonligini javobgarlikka chaqirishdi.

QAMOQQA OLISh
Videoyazuvlar eʼlon qilinganidan soʻng, bir necha kun oʻtib, «Tezkor harakat kuchlari» qoʻmondonligi Idrisning ismini oshkor qilishga va uning jinoyatlarga aloqadorligini tan olishga majbur boʻldi. 2025 yil 30 oktabrda TXK Al-Fashirdagi jinoyatlar uchun bir nechta jangchini, jumladan Abu Luluni ham qoʻlga olinganini eʼlon qildi. Uni kecha yelkadosh boʻlganlar qoʻlga oldi. Qamoqqa olish jarayoni butun dunyoga koʻrsatildi va xalqaro ommaviy axborot vositalari bu kadrlarni toʻxtovsiz tarqatdi. Shunga qaramasdan, «Tezkor harakat kuchlari» oʻz javobgarligini rad etmoqda. Qoʻmondon Muhammad Hamdan Dagalo (Xamidti) afsusini bildirib, jinoyatchilarni aniqlash uchun tergov vaʼda qildi: «Biz maxsus tergov komissiyasini tuzdik… Jinoyat sodir etgan har qanday shaxs jazodan qocha olmaydi». Abu Luluning qoʻlga olinishi “adolatni oʻrnatish” deb koʻrsatildi — ammo koʻpchilik buni piar-harakat deb qabul qildi. Qamalganidan keyin Idris shunday bayonot berdi: «Men hech qanday guruhga tegishli emasman». U oʻzini «Tezkor harakat kuchlari»dan mustaqil shaxs sifatida koʻrsatishga urindi — goʻyo jinoyatlar shaxsiy tashabbus edi. Bu bayonot orqali qoʻmondonlik uning qilmishlaridan uzoqlashishga harakat qilmoqda.

AYBLOVLAR VA ADOLAT TALABI
Sudandagi inson huquqlari himoyachilari Abu Luluni qamoqqa olinishini «adolat» emas, balki sahnalashtirilgan tomosha deb atashmoqda. Ularga koʻra, bu harakat haqiqiy javobgarlarni yashirishga xizmat qilmoqda.

Faollar taʼkidlashicha, javobgarlik faqat ijrochilar — kamera oldidagi qatllar — emas, balki «Tezkor harakat kuchlari» qoʻmondonligi zimmasida ham bor. General Muhammad Hamdan Dagalo (Xamidti) va boshqa yuqori lavozimdagi shaxslar, ularning jinoyatlarga aloqadorligini koʻrsatuvchi dalillarga qaramasdan, jazodan qutulib qolgan.

Abu Lulu esa namoyishkor jazo uchun qulay qurbon sifatida tanlangan — u kamera oldidagi qatllar bilan tanilgan, ammo haqiqiy tashkilotchilar soya ostida qolmoqda. Huquq faollari «Tezkor harakat kuchlari» ishtirokisiz xalqaro tergov oʻtkazilishini talab qilmoqda.

Uning jinoyatlari — keng va qonli manzaraning faqat koʻzga koʻringan boʻlagidir. Aslida Sudandagi zoʻravonliklar undan ancha keng va ancha dahshatli. Xalqaro tashkilotlar buni ommaviy etnik qatllar sifatida baholamoqda. BMT maʼlumotlariga koʻra, Al-Fashirning qulashi ortidan minglab odamlar oʻldirilgan. Sputnik orqali olingan tasvirlar — yonib ketgan binolar va jasadlar toʻplangan joylarni ochiq koʻrsatdi.

Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti maʼlum qilishicha, 29 oktabr kuni «Tezkor harakat kuchlari» jangchilari Al-Fashir tugʻruqxonasida 460 nafar bemor va xodimni otib tashlagan. Oʻldirilganlar orasida ayollar va bolalar ham bor va qurbonlar etnik belgilarga koʻra tanlangan.

XALQARO MUNOSABAT
Avvalroq BAA — «Tezkor harakat kuchlari»ning asosiy homiylaridan biri — uzoq vaqt davomida Sudandagi qonli voqealar yuzasidan izohsiz sukut saqlab keldi. Ammo yaqinda prezident maslahatchisi Anvar Gargash shunday bayonot berdi: «Biz Sudandagi harbiy toʻntarishni qoʻllab-quvvatlash bilan xato qildik».

Bu — xalqaro ittifoqchilarning «Tezkor harakat kuchlari»dan uzoqlashishga urinayotganini koʻrsatuvchi ilk ochiq ishora boʻldi.

Bu soʻzlar yaralarni davolamaydi. Yaqinlarini yoʻqotgan sudanlik oilalarni yupatish kerak emas — ularga adolat kerak.

IDRISNING TAQDIRI
2025 yil noyabr boshiga kelib, «Tezkor harakat kuchlari» maʼlumotlariga koʻra, Abdulla Idris hali ham qamoqda saqlanmoqda. Uning ismi Sudanni qamrab olgan shafqatsizliklar ramziga aylandi. Ilgari «Tezkor harakat kuchlari» safida qahramon sifatida koʻtarilgan Idris bugun qatlchi sifatida tan olinmoqda.

Uning qoʻlga olinishi — yechim emas, balki jamoatchilikni tinchlantirishga qaratilgan sahna. Savol esa hali ham ochiq: «Tezkor harakat kuchlari» oʻz qahramonini haqiqatan ham sudga torta oladimi?

Yaqinlarini yoʻqotganlar va omon qolganlar uchun Abu Luluni qoʻlga olishning oʻzi yetarli emas. Ularning talabi aniq: jinoyatchilarni fosh etishda qoʻmondonlardan tortib, oddiy jangchilargacha hech kim istisno boʻlmasligi kerak.

Idrisning qoʻmondonlikdan qamoqqacha boʻlgan yoʻli — Sudandagi urushning fojiali manzarasini ochib beradi. Uning taqdiri hali nomaʼlum. Ammo qilgan jinoyatlari allaqachon dunyo tarixidagi oʻchmas dogʻ sifatida qoldi.

Muallif: Aziz SOLIYeV

Jahon

19.11.2025, 11:52

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Isroil Livanga yana hujumlar uyushtirdi. Qurbonlar bor

Isroil va “Hizbulloh” juma kuni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganiga qaramay, shanba kuni Isroil Livan janubiga yangi zarbalar to‘lqinini yo‘llagan.

Jahon

20.06.2026, 12:31

Toshkentda gumanoid robotlar zavodi qurilmoqda

Toshkentdagi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida gumanoid robotlar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Loyiha doirasida 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot

20.06.2026, 10:59

Dominikan Respublikasida hashamatli kurort yonib ketdi

19-iyun kuni Dominikan Respublikasidagi yirik yong‘in oqibatida hashamatli dam olish maskani butunlay vayron bo‘ldi. 1700 ga yaqin sayyoh evakuatsiya qilindi.

Jahon

20.06.2026, 10:31

Rossiya Yevropa bilan muzokaralarga tayyor – Dmitriy Peskov

Kreml matbuot kotibi Rossiya Yevropa davlatlari bilan muloqotga ochiq ekanini, biroq ultimatumlarni qabul qilmasligini aytdi.

Siyosat

19.06.2026, 17:59

Poytaxtdagi ba’zi armatura mahsulotlari talablarga javob bermaydi – Nazorat qo‘mitasi

Nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar bo‘limi bozorlardagi o‘rganishlar davomida ayrim armatura (metall) mahsulotlari amaldagi texnik reglament va standart talablariga mos kelmasligini aniqladi.

Oʻzbekiston

19.06.2026, 16:09

“Butun Livan yonishi, minglab livanlik onalar yig‘lashi kerak” — Itamar Ben Gvir

Isroil Mudofaa Armiyasi 4 nafar askar halok bo‘lgani haqida xabar berganidan so‘ng Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir keskin bayonot berdi. Ushbu hodisalar AQSH va Eron tinchlik kelishuviga erishishi fonida yuz bermoqda.

Jahon

19.06.2026, 15:12

O‘zbekiston — Afg‘onistonning Markaziy Osiyoda eng yirik iqtisodiy hamkori

So‘nggi yillarda Afg‘oniston Markaziy Osiyo  va Kavkaz bilan iqtisodiy-savdo aloqalarini kengaytirishga intilmoqda.

Oʻzbekiston

18.06.2026, 15:45

AQSh BMTning oziq-ovqat dasturiga 800 million dollar yordam ajratdi

AQSh Jahon oziq-ovqat dasturining eng yirik donori hisoblanadi. Biroq uning hissasi so'nggi yillarda ikki baravardan ko‘proqqa kamaygandi.

Jahon

17.06.2026, 17:29

O‘zbekistonda Amazon Leo interneti ishga tushadi

Amazon Leo va “UZ-SAT” o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistonda yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Fan-texnologiya

17.06.2026, 16:50

G7 davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, Rossiyaga bosimni kuchaytiradi

“Katta yettilik” mamlakatlari yetakchilari 17-iyun kuni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yakdil ekanliklarini ma’lum qildi va Rossiya iqtisodiyotiga bosimni kuchaytirishga kelishib oldi. 

Jahon

17.06.2026, 12:26

Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida barpo etilayotgan “O‘zbek-turk do‘stligi” xiyoboniga yondosh bo‘lgan Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismiga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi.

Oʻzbekiston

16.06.2026, 15:25

Jahon chempionati yurak xurujiga olib kelishi mumkin - tadqiqot

Milliy jamoangiz o‘yinini kuzatish yuragingizni xuddi qisqa masofaga yugurgandek tez urishiga sabab bo‘lishi, natijada esa jiddiy tibbiy xavflar kelib chiqishi mumkin. 

Fan-texnologiya

16.06.2026, 14:34

BMT Tolibonni ayollarga nisbatan tazyiqlarni bekor qilishga chaqirdi

Yangi rezolyutsiya Hirotda Tolibonning qat’iy kiyinish qoidalarini buzganlikda ayblanib  30 nafar ayol hibsga olinganidan so‘ng qabul qilindi. 

Jahon

16.06.2026, 10:55

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda

Buyuk Britaniya yirik texnologiyalarga qarshi kurash doirasida dunyoda kuzatilmagan keskin chorani tatbiq etish arafasida.

Jahon

15.06.2026, 15:55

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi

Qirg‘izistonda maktab bitiruvchilariga attestatlar 26-iyun kuni topshiriladi, bitiruv kechalari esa taqiqlanadi.

Ta'lim

15.06.2026, 14:23

Eron yadro quroli yaratmaydi, AQSH esa sanksiya qo‘llamaydi...

Eronlik mulozim Tehron va Vashington o‘rtasidagi tinchlik memorandumi o‘z ichiga nimalarni olganini ochiqladi.

Jahon

15.06.2026, 12:32

Tramp telefon orqali Putin va Zelenskiy bilan suhbatlashdi

14-iyun kuni Rossiyada dron hujumlari oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Buyuk Britaniya Rossiyaga qarashli tankerni qo‘lga oldi.  Shuningdek, Putin va Zelenskiy Tramp bilan telefon orqali gaplashdi.

Jahon

15.06.2026, 10:24

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi

13-kuni Hindiston harbiy-transport samolyoti mamlakatning olis shimoli-sharqidagi harbiy havo kuchlari bazasiga qo‘nayotib qulab tushdi.

Jahon

13.06.2026, 13:47

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi

Xorijiy va nodavlat universitetidan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, unga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Ta'lim

13.06.2026, 12:34

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi

So‘rov kelasi payshanba kuni Ukraina mudofaasi bo‘yicha Muloqot guruhining yig‘ilishida bildiriladi.

Jahon

13.06.2026, 09:46

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →