updated: 22.03.2026, 14:57

Rossiyadagi migrantlar va fuqarolarga “A.U.Ye.” tahididi. U nima uchun xavf?

Oʻzbekiston rasmiylari yoshlar va chet elda mehnat qilayotgan fuqarolarini “A.U.E” nomli jinoiy tuzilmaning xavfli targʻibotidan ehtiyot boʻlishga chaqirmoqda. Bu harakatni qoʻllab-quvvatlash yoki unda ishtirok etish ozodlikdan mahrum qilish yoki deportatsiya olib kelishi mumkin.

Rossiyadagi migrantlar va fuqarolarga “A.U.Ye.” tahididi. U nima uchun xavf?

Soʻnggi yillarda yoshlar orasida turli jinoiy guruh va submadaniyatlarning taʼsiri keskin oshmoqda. Shulardan biri – “A.U.Ye.” deb ataluvchi jinoiy harakat boʻlib, u nafaqat oʻsmirlarni, balki chet elga, ayniqsa Rossiyaga borib ishlayotgan fuqarolarimizni ham oʻz domiga tortayotgani bilan jiddiy xavotir uygʻotmoqda.

 

Bu harakat 20220-yilda Rossiya Federatsiyasi tomonidan rasman ekstremistik tashkilot sifatida taqiqlangan.

 

 Bu orqali nafaqat ota-onalar, balki mehnat muhojirlarini ham ogohlikka, hayoti va erkinligiga befarq boʻlmaslikka chaqiramiz.

 

“A.U.Ye.” oʻzi nima va u qayerda shakllangan?

 “A.U.Ye.” (“Arestantskiy uklad yedin” — “Mahbuslar qoidasi yagona”) — Rossiya Federatsiyasida paydo boʻlgan boʻlib, u yerda jinoyatchilikning alohida shakli sifatida eʼtirof etilgan xavfli harakatdir. U “oʻgʻrilar qonunlari”ni ideallashtirib, qamoqxona madaniyatini oddiy hayotga singdirishni maqsad qilgan.

 

Bu tuzilma taʼsiri Rossiyada vaqtinchalik ishlab yurgan ayrim Oʻzbekiston fuqarolariga ham yetib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarida va rasmiy manbalarda qayd etilishicha, soʻnggi yillarda bir nechta yurtdoshlarimiz A.U.Ye. harakatini qoʻllab-quvvatlagani yoki unda ishtirok etgani uchun Rossiya qonunchiligiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

 

Bu holat nafaqat ularning erkinligiga, balki Oʻzbekiston fuqarolari imidjiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

 

A.U.Ye. qanday targʻib qilinadi?

Guruh aʼzolari asosan internet orqali — ijtimoiy tarmoqlar, chatlar va videoplatformalarda oʻz saflariga odam jalb qilishadi. Shuningdek, ular mehnat muhojirlari orasida ham “bratva”, “obshak”, “zakon po ponyatiyam” kabi iboralar orqali taʼsir oʻtkazishga harakat qilishadi.

 

A.U.Ye. safida yurish shunchaki “ishdan keyingi doʻstona guruh” emas — bu harakat bilan bogʻlanish insonni jinoiy faoliyatga tortadi.

 

Bu harakatiga aloqadorlik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq, A.U.Ye. harakatlariga aloqadorlik uchun 300 ming rubldan 600 ming rublgacha jarima, yoki 1-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 1-yildan 4-yilgacha majburiy mehnat (axloq tuzatish) ishlariga jalb etish, yoxud 2-yildan 6-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Ishsizlik, deportatsiya, insonning huquqiy maqomi, erkin harakat qilish va oila kelajagini xavf ostiga qoʻyadi.

 

Ota-onalar va fuqarolarga murojaat:

Farzandlaringiz kimlar bilan gaplashmoqda?

Rossiyada mehnat qilayotgan tanishlaringiz, qarindoshlaringiz atrofida kimlar bor?

“Zakon po ponyatiyam”, “obshak”, “smotryashiy” kabi atamalarni eshitdingizmi?

 

Bu kabi belgilarni jiddiy qabul qiling. Har bir kechiktirilgan soʻz — ertaga fojiaga aylanishi mumkin.

 

A.U.Ye. — bu faqat Rossiyada emas, balki xorijda mehnat qilib yurgan yurtdoshlarimiz uchun ham real tahdid. Jinoyat yoki “oʻgʻrilar qonuni” orqali hurmat qozonishni emas, halol mehnat va oilaviy baxtni qadrlash kerak. Nafaqat farzandlaringizni, balki oʻz kelajagingizni ham jinoiy asrang. Ogoh boʻling!

 

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45