Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 17:20

“Grand Swiss 2025”da kimning imkoniyati qanday?

Ertaga Samarqandda mukofot jamgʻarmasi 855 ming AQSh dollaridan iborat “Grand Swiss 2025” turniri boshlanadi.

“Grand Swiss 2025”da kimning imkoniyati qanday?

Bugungacha turnirda ishtirok etish uchun talabnomalarni taqdim etgan oʻnlab jahon shaxmatining yorqin vakillari qadim shaharga yetib keldi.

Xoʻsh, 2026 yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmalar taqdim etadigan Samarqand bahslarida kimlarning imkoniyati yuqori-yu, aynan qaysi shaxmatchilarning oʻyinlarini kuzatib borish lozim boʻladi?

Albatta, turnirda dona suradigan 116 nafar erkak va 56 nafar xotin-qiz shaxmatchining har biri oʻziga xos jozibali oʻyin koʻrsatishi shubhasiz.

Ammo ular orasida “Grand Swiss 2025” turnirining birinchi raqamli ishtirokchisi Rameshbabu Praggnanandxa, amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukesh, yaqinda Hindistonda oʻtkazilgan nufuzli turnirda gʻoliblikka erishgan germaniyalik Vinsent Kaymer, 2021 yilgi “Grand Swiss” gʻolibi Aliriza Firuzja qatorida Anish Giri, Vidit Santosh Gujrati, Nodirbek Abdusattorov, Levon Aronyan kabi oʻnlab vunderkindlarning har bir oʻyini klassik shaxmatning shiddatini koʻrsatib berishi bilan ahamiyatli sanaladi.

Ayollar oʻrtasidagi bahslarda xitoylik Chjuni Tan, ukrainalik Anna Muzichuk, qozogʻistonlik Bibisora Asaubayeva, rossiyalik Katerina Lagno, hindistonlik Xarika Dronavalli qatorida hamyurtlarimiz Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Gulruhbegim Tohirjonova ishtirokidagi bahslar shaxmat ixlosmandlarining eʼtibor markazida boʻlishi shubhasiz.

Eslatib oʻtamiz, “Grand Swiss 2025”ning erkaklar musobaqasida hamyurtlarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Muhiddin Madaminov, Jahongir Vohidov, Muhammadzohid Suyarov, Ortiq Nigʻmatov, Abdumalik Abdusalimov, ayollar guruhida Gulruhbegim Tohirjonova, Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Guldona Karimova va Madinabonu Xalilova gʻoliblik yoʻlida dona suradi.

Sport

02.09.2025, 15:26

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.

Madaniy

25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?

Eron AQSh prezidenti Donald Trampning ikki mamlakat o‘rtasidagi muqarrar kelishuv haqidagi so‘nggi so‘zlariga javoban tarixdagi janglarni misol qilib keltirdi.

Jahon

25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi

Mazkur kitob Rui Gonsales de Klavixo  yozgan mashhur o‘rta asr xronikasi – “Temur huzuriga elchilik” asari asosida yaratilgan. 

Madaniy

21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti

Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Tayvan prezidenti Lay Ching-te bilan gaplashishini ma’lum qildi.

Jahon

21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi

1-iyuldan “Yagona davlat nazorati” tizimi ishga tushadi. Endi tadbirkor va mansabdor shaxs o‘rtasidagi muloqotlar nazorat qilinadi. Qoidabuzar tekshiruvchi esa “Insofsiz tekshiruvchilar reyestri”ga kiritiladi.

Oʻzbekiston

21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti

Qisqartirishlardan tashqari, Instagram, Facebook va WhatsApp'ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi 6000 kishini ishga yollash rejalarini bekor qiladi hamda 7000 nafar xodimni sun’iy intellekt bilan bog‘liq ish jarayonlariga o‘tkazadi.

Iqtisodiyot

21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati

Markaziy Osiyoni ko‘pincha Rossiya imperiyasining xotiralari, Xitoyning ta’sir doirasi, Ipak yo‘li jozibasi yoki gigant davlatlar raqobati kabi tashqi qarashlar prizmasi orqali ko‘rishgan. Endi eski qolip darz ketib, mintaqa o‘z tarixini so‘zlab berishning yangi yo‘llarini kashf etyapti.

Madaniy

20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi

Yangi xalqaro tadqiqotga ko‘ra, juda kam yoki haddan tashqari ko‘p uyqu miya, yurak, o‘pka va immun tizimining qarishini tezlashtirishi hamda bir qator kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Madaniy

20.05.2026, 12:33

Boliviyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi

Yo‘llar to‘sib qo‘yilgani sababli poytaxt La-Pasda oziq-ovqat, yoqilg‘i va dori-darmon tanqisligi yuzaga kelgan. Minglab odamlar  prezident Rodrigo Pasning iste’fosini talab qilmoqda. 

Jahon

20.05.2026, 10:37

Lotin Amerikasiga yo‘l: Rio-de-Janeyroda O‘zbekiston–Braziliya savdo uyi ish boshladi

Rio-de-Janeyro shahri Braziliyaning muhim moliyaviy, turistik, transport va yirik logistika markazi hisoblanadi. Bu esa o‘zbek eksportchilari uchun nafaqat Braziliya, balki Argentina, Chili, Paragvay, Urugvay, Peru, Kolumbiya bozorlariga chiqish imkonini beradi

Iqtisodiyot

19.05.2026, 17:08

Umumiy sun’iy intellekt poygasi: sohada AQSH kuchlimi yoki Xitoy?

AQSH sun’iy intellekt raqobatida yetakchilikni boy berishi mumkin. Chunki haqiqiy yutuq — ixtiro qilishda emas, birinchi bo‘lib amalda qo‘llashda.

Fan-texnologiya

19.05.2026, 15:55

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →