"Yomgʻirdan soʻng chiqadigan chuvalchanglar, bir tiyinga qimmat blogerchalar". Oʻrmon xoʻjaligi agentligi matbuot rahbari nimaga sha'ma qildi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi axborot xizmati rahbari Yulduz Oripovaning blogerlarni yomgʻirdan keyin chiqadigan chuvalchangga oʻxshatib, jurnalist-muxbirlarni bir tiyinga qimmat kasb egalari deya haqorat qilib yozgan posti tarqaldi. Xoʻsh, nega davlat ishida ishlaydigan hukumat vakili bunday haqoratli soʻzlar bilan chiqdi, bunga arzigulik sababi bordir dersiz. Agar sizni shu savol oʻylantirgan boʻlsa, unga PARADIGMA.UZ'ning eʼtiboringizga havola etayotgan quyidagi maqolasi orqali javob olishingiz mumkin.
Oʻzbekiston
02.10.2024, 16:01
Ulashish:

"Yomgʻirdan soʻng chiqadigan chuvalchanglar, bir tiyinga qimmat blogerchalar". Oʻrmon xoʻjaligi agentligi matbuot rahbari nimaga shama qildi?
Bundan ikki kun oldin, yaʼni 30 sentabr kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti binosi yonib ketdi. Voqeani yoritish maqsadida hududga OAV vakillari bordi. Biroq ular vaziyatni xalqqa ochiq koʻrsatishga harakat qilishsa ham post patrul xizmati xodimlari hamda universitet nozirlari tomonidan ichkariga qoʻyilmadi va bu holat tarmoqlarda aylandi. Aynan shu vaziyat Oʻrmon xoʻjaligi agentligi axborot xizmati rahbariga yoqmagan. Yulduz Oripova bu holatni ijtimoiy tarmoqda oʻzicha talqin qilgan. Unga koʻra, mazkur yongʻin uyushtirilgan.
"Falokat boshlanganda ishxonada edim, ayollarimizga soat beshgacha ish kuni, yaʼni bayram munosabati bilan ruxsat berildi. Rahbariyat, boʻlim boshliqlarining hammasi ishda edi! Tutun hidi boshida sezildi, keyin esa oʻsha kinolarda koʻrgan kadrlar "Apokalipsis" boshlandi! Agrar yonayotgandi, dahshat yondi, hamma tashqariga oʻzini urdi, keyin olov shiddat bilan bizning binoyimizga oʻtib, tomni va toʻrtinchi qavatimizni egalladi. Oʻt oʻchiruvchi uskunalar yordamida bartaraf etildi, lekin Agrar universiteti juda katta zarar koʻrdi! Tegishli vazirliklar rahbarlari hammasi yetib kelishdi. Bir narsani aytishim mumkin, shaxsiy fikrim, bu fojia, yaʼni yongʻin uyushtirilgan! 100 foiz!", degan Oripova.
Shuningdek, u yuqoridagi yongʻinni yoritishga kelgan bloger hamda jurnalistlarni shoqolga oʻxshab, hech narsani bilmasdan turib, vaziyatni yoritishga keldi, deya ularga taʼrif bergan.
"Meni taajjubga solgan holat shu boʻldiki, yomgʻirdan soʻng chiqadigan chuvalchanglarga oʻxshab bir tiyinga qimmat blogerchalar shoqolga oʻxshab, vaziyatni bilmasdan turib, shou yaratish asnosida binoyimiz atrofida likillashdi. Yo ajab! Xususiy telekanalning bir tiyinga qimmat muxbirchalari esa oʻzini vallomatday tutib, ichkariga kirmoqchi boʻlishdi, lekin Ichki ishlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ularning kovushini toʻgʻrilab qoʻyishdi! Rosa pitirladi, provokatsiya qilishdi, oʻzlarini goʻyoki dunyoning piridek tutishdi, tarbiyasizlar, 18, 19 yoshga kirgan bolachalar! qanday qilib va qachon bular jurnalist boʻlishga ulgurishdi?! Xullas, mendan eshitadiganini eshitdi!" deya qoʻshimcha qilgan Oʻrmon xoʻjaligi matbuot rahbari.
Biroq OAV vakillariga shuncha gap aytilsa ham yuqoridagi holat yuzasidan hech bir davlat tashkiloti jurnalist hamda blogerlarni tahqirlagan, kurakda turmaydigan gaplar bilan haqorat qilgan davlat xodimiga chora koʻrgani haqida maʼlumot bermadi. Agentlik ham jim. Qachongacha jurnalistlar davlatning yuqori lavozimlarda ishlaydigan xodimlari tomonidan kamsitiladi? Ularga qonuniy chora koʻriladimi oʻzi? Nega Jurnalistlar uyishmasi bunga munosib javob bermaydi?!
Maʼlumot uchun, Yulduz Oripova shoir Abdulla Oripovning qizi. Bugungi kunda u Oʻrmon xoʻjaligi raisining maʼnaviyat boʻyicha maslahatchisi hamda agentlikning matbuot xizmati rahbari.
Javohir Yo‘ldoshov
Oʻzbekiston
02.10.2024, 16:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

OAVlar yoritayotgan 328 ta reklama qonunchilikka toʻgʻri kelmaydi — Rakobat komitasi
Oʻzbekiston
08.11.2024, 11:26

Bosh prokuratura OAV vakillarini ogohlantirdi
Oʻzbekiston
28.10.2024, 09:57

Markaziy Osiyo davlatlari yagona media platformasini yaratmoqchi
Siyosat
12.08.2024, 09:51
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27
So'nggi yangiliklar

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi
Iqtisodiyot
11.05.2026, 16:08

Hindiston bosh vaziri masofaviy ishlashga qaytishni taklif qildi
Jahon
11.05.2026, 15:40

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Ta'lim
11.05.2026, 14:01

Qiymati 50 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tadi
Iqtisodiyot
11.05.2026, 12:55

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?
Jahon
08.05.2026, 17:11

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin
Jahon
07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Iqtisodiyot
07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida
Jahon
06.05.2026, 17:11

FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi
Sport
06.05.2026, 16:09

Yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 18 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
06.05.2026, 14:58

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Ukrainaning biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Oʻzbekiston
06.05.2026, 14:20

Sobiq birinchi xonimning qamoq muddatini uzaytirgan janubiy koreyalik sudya o‘lik holda topildi
Jahon
06.05.2026, 13:51

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatini Xitoy va Hindiston ko‘rolmasligi mumkin
Sport
05.05.2026, 15:59

Trampning “Ozodlik loyihasi” – bu boshi berk ko‘cha loyihasidir - Abbos Aroqchi
Jahon
05.05.2026, 13:24

Rossiya 9-mayga “jiddiy bo‘lmagan” sulh e’lon qildi
Jahon
05.05.2026, 11:20

Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi
Oʻzbekiston
04.05.2026, 16:40

Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi
Jahon
04.05.2026, 15:06
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27
