Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Eron mojarosi tranzitni qimmatlashtirib, Markaziy Osiyoda transport tizimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Mintaqaning bunga munosabati Markaziy Osiyodan tashqari Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Turkiya va AQSHga ham ta'sir qiladi.
Jahon
07.04.2026, 15:41
Ulashish:

Yevropaning aviatsiya nazorati idorasi Eron va unga tutash havo hududidan foydalanmaslikni tavsiya qilishda davom etmoqda.
Shuningdek, parvoz yo‘llarining cheklanishi havo qatnovining torroq yo‘nalishlarga, xususan Ozarbayjon va Markaziy Osiyo hududiga ko‘chishiga sabab bo‘lyapti.
Hormuz bo‘g‘ozida cheklangan miqdordagi kemalarning o‘tishiga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, odatiy tijoriy faoliyatga qaytgani yo‘q.
Shunga qaramay, asosiy masala Markaziy Osiyoda yagona yo‘nalishga qaramlikning muqobillari bor-yo‘qligi emas.
Ortib borayotgan xavf-xatarlar, kechikishlar, sug‘urta xarajatlari, yoqilg‘i sarfi va tirbandliklarni inobatga olganda bu muqobillar tijoriy jihatdan foydalanib bo‘ladigan darajada qoladimi-yo‘qmi – muhimi shunda. O‘zgargan narsa - ishonchli aloqa yo‘llarini saqlab turuvchi xarajatlar.

Yo‘nalishlar o‘zgarishi va xarajatlar oshishi
Eron mojarosi boshqa yo‘nalishlarga ko‘chirilgan qatnovlarni qabul qilayotgan keng Yevrosiyo havo yo‘lagi uchun ekspluatatsiya xarajatlarini oshirmoqda.
Yaqin Sharq inqirozi sababli parvozlarning boshqa yo‘nalishlarga o‘zgartirilishi kuniga taxminan 1150 ta reysga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa har kuni parvoz masofasiga taxminan 206 000 kilometr va yoqilg‘i sarfiga 602 tonna qo‘shimcha yuklama demakdir.
Dengiz transportidagi ko‘rsatkichlar ham shunga o‘xshash: mart oyida Fors ko‘rfazidagi urush xavfi bilan bog‘liq sug‘urta to‘lovlari o‘n baravarga oshdi, kema korpusi uchun sug‘urta to‘lovlari esa kema qiymatining 0,25 foizidan 3 foizigacha ko‘tarildi.

Ayrim yo‘nalishlarda havo yuklari tariflari 70 foizgacha oshgan, chunki jo‘natuvchilar yuklarini izdan chiqqan dengiz va havo yo‘llaridan boshqa yo‘nalishlarga ko‘chirishdi.
Neft narxining ko‘tarilishi ham aylanma yo‘llar xarajatini oshirib, mintaqadagi savdo hamkorlar orasida yuk tashish, elektr energiyasi va ishlab chiqarish tannarxini oshirdi.
Hatto Markaziy Osiyo yuklari Eron suv havzalari orqali o‘tmasa-da, shu holat kuzatilmoqda. Mintaqa Hormuz bo‘g‘ozi orqali tashiladigan neftning qariyb 80 foizi Osiyoga yo‘naltiriladigan paytlarda ham neft narxining oshishi va valyuta tebranishi kabi qo‘shaloq muammoga duch kelayotgan edilar.
Jahon neft ta’minotining taxminan 20 foizi va global o‘g‘it savdosining uchdan bir qismi Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi.
Masalan, 2026-yilning fevralidan martigacha bo‘lgan davrda karbamid narxlari bir oyda qariyb 46 foizga ko‘tarilgan. Markaziy Osiyo, shuningdek, Yevropa va Janubiy Kavkazdagi importchilar oziq-ovqat narxlarining oshishi va ishlab chiqaruvchilar marjasining qisqarishi xavfi ostida qolgan.
O‘zbekiston
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi umumiy tendensiyaning eng yorqin namunasidir. Shavkat Mirziyoyevning yanvar oyidagi bayonotiga ko‘ra, murakkab geosiyosiy vaziyat tufayli O‘zbekiston tovarlarini Yevropaga tashish xarajatlari ikki baravar oshdi. Natijada mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligi pasaygan.

Mart oyida Jahon banki 200 million dollarlik transport loyihasini dastaklab, mamlakat bo‘ylab yuk tashish hajmining kutilayotgan o‘sishini qoplash uchun yo‘llarning o‘tkazuvchanligini 2030-yilgacha 500 foizga oshirish zarurligini ta’kidladi.
Qozog‘iston
Qozog‘iston o‘zgarishlarga moslashish uchun eng qulay pozitsiyaga ega. Hozirda Qozog‘iston byudjetning 52 foizini tashkil etadigan neft eksportining qariyb 80 foizi Kaspiy quvur konsorsiumi (KTK) orqali amalga oshiriladi.

Avvalgi uzilishlar mamlakatni 300 ming tonna xom neftni boshqa yo‘nalishlarga burishga majbur qilgan. Qozog‘iston asosiy tizimga yuklama ortganda Ust-Luga, Boku–Tbilisi–Jayhon quvuri hamda Xitoy kabi yo‘nalishlarga tayanadi.
Neft narxlarining yuqoriligi Qozog‘iston uchun zararning bir qismini qoplasa-da, muqobil yo‘llarning tijoriy ahamiyatini saqlab qolish uchun baribir ko‘proq mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Turkmaniston
Turkmanistonning Eronga yaqinligi uning shartli strategik ahamiyatini oshiradi. Shu bilan birga, bu holat mamlakatni uzilishlarga nisbatan ancha zaiflashtiradi.

Transchegaraviy savdo to‘xtab qolgani sababli Ashxobodda Eron tovarlari narxi keskin ko‘tarildi; ayrim Eron mahsulotlari hozirda 50-70 foizga qimmatroq sotilayotgan bo‘lsa, ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari narxi ikki barobarga oshdi.
Turkmaniston dengizga chiqa olmaydigan mamlakat sifatida iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish yo‘lida tashqi aloqalarga tayanadi.
Qirg‘iziston va Tojikiston
Qirg‘iziston va Tojikistonda joriy holatdan foyda ko‘rish imkoniyati past.
Yevrosiyo taraqqiyot bankining fevral oyidagi hisobotiga ko‘ra, Qirg‘izistonga pul o‘tkazmalari oqimi 2025-yilda rekord darajaga – 3,5 milliard dollarga yetgan. Bu YaIMning 15,4 foiziga teng bo‘lib, 2024-yilga nisbatan 16,8 foizga ko‘pdir.

Tojikistonda esa 2024-yilda pul o‘tkazmalarining YaIMga nisbati 47,9 foizni tashkil etgan.
2025-yilda Tojikiston yoqilg‘i importining qariyb 80 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan, Eron esa Tojikistonni Fors ko‘rfazi bilan bog‘laydigan “Shimol-Janub” yo‘lagining muhim bo‘g‘ini bo‘lib qolmoqda.

Shu bois, neft narxining oshishi va mintaqaviy beqarorlik yuk tashish xarajatlarini oshirishi, yetkazib berishni uzaytirishi hamda inflyatsiyani kuchaytirishi mumkin.
Kichikroq Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarida transport yo‘llari qiymatining o‘zgarishi transport yo‘nalishlaridan ko‘ra ko‘proq uy xo‘jaliklari byudjetiga aloqador. Zero bu holat yoqilg‘i, oziq-ovqat, yuk tashish va xarid qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha choralar
Kutilmagan o‘zgarishlar moslashish jarayonini ham ta’sir qiladi. Endi birgina transport yo‘laklarini ko‘paytirishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Bojxonani modernizatsiya qilish, uni raqamlashtirish, chegaradagi to‘siqlarni kamaytirish va ishonchli tranzit boshqaruvi talab etiladi.
Shu bilan birga, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hamda bojxona tranzitini modernizatsiya qilish va soddalashtirishga qaratilgan raqamli mintaqaviy tashabbus – CARECning Tranzitni takomillashtirish tizimi (CATS) va Axborot almashinuvi umumiy platformasi (ICE) joriy etildi.

Aprel oyida Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston va O‘zbekiston rasmiylari Toshkent shahrida yig‘ilib, muvofiqlikni muhokama qildilar va joriy etish bo‘yicha keyingi tranzit yo‘nalishlarini kelishib oldilar.
Global ta’sir
Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchi Robert M. Katlerning fikricha, Eron mojarosining oqibatlari va Markaziy Osiyoning bunga munosabati ta’siri mintaqa hududidan ancha kengroq.
Yevropa Ittifoqi uchun bu Rossiya yo‘nalishlarini chetlab o‘tuvchi Sharq-G‘arb diversifikatsiyasining tijoriy jihatdan qanchalik samarali bo‘lib qolishini belgilaydi.
Xitoy uchun esa g‘arbga yo‘nalgan quruqlikdagi aloqa yo‘llarining narxi va ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatadi.

Turkiya uchun bu omillar Onado‘lini Markaziy Osiyo bilan yanada mustahkam bog‘laydigan Transkaspiy va Janubiy Kavkaz yo‘laklarining qadrini oshiradi.
AQSH uchun esa yo‘nalishlarni kengaytirish va dengizdagi bironta o‘tish nuqtasiga qaramlikni kamaytirishning strategik ahamiyatini kuchaytiradi.
Eron urushi Markaziy Osiyoning janubiy yo‘laklarini sinovdan o‘tkazishdan tashqari mintaqaviy aloqa tizimlarida bardoshlilik qiymatini oshirmoqda.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mavzuga oid yangiliklar

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?
Oʻzbekiston
02.04.2026, 11:24

UNICEF: bolalarga nisbatan zoʻravonlik global iqtisodga 7 trillion AQSh dollar zarar keltirmoqda
Jahon
14.10.2025, 12:02

Oʻzbekistonda ish haqi oʻsishi Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ortda qolmoqda
Iqtisodiyot
25.08.2025, 11:00

Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsish boʻyicha barcha qoʻshinlaridan ortda qolmoqda
Iqtisodiyot
07.08.2025, 10:07
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22
So'nggi yangiliklar

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda
Oʻzbekiston
28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Polsha va Ukraina birgalikda “dronlar floti”ni yaratadi
Jahon
27.04.2026, 17:45

Isroil prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurdi
Jahon
27.04.2026, 16:23

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Oʻzbekiston
27.04.2026, 12:05

Ajrimlar statistikasi hududlar kesimida farq qilmoqda
Oʻzbekiston
27.04.2026, 11:32

Kolumbiyada uyushtirilgan terakt oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi
Jahon
27.04.2026, 11:03

Banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi
Oʻzbekiston
25.04.2026, 15:39

Ostona sammiti: Markaziy Osiyo ekologik muammolar bo‘yicha yagona pozitsiya shakllantirmoqda
Jahon
25.04.2026, 13:31

SI poygasi: Xitoyning DeepSeek kompaniyasi yangi modellarini taqdim etdi
Fan-texnologiya
24.04.2026, 17:04

O‘zbekiston Gvineya-Bisau va Ruanda bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
Siyosat
24.04.2026, 13:49

“Rossiya har oy 30-35 ming askaridan ayrilmoqda” – Zelenskiy
Jahon
24.04.2026, 11:05

“RES 2026” sammiti: Shavkat Mirziyoyev ekologik hamkorlik bo‘yicha takliflar bildirdi
Oʻzbekiston
22.04.2026, 17:15

Pedagoglarga davlat to‘lovlarida 50 foiz chegirma beriladi (imtiyozlar ro‘yxati)
Ta'lim
22.04.2026, 16:23

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

Amudaryo 65% gacha qisqaradi: Markaziy Osiyoda suv tanqisligi keskin oshmoqda
Jahon
21.04.2026, 16:58

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Ko‘mir narxi oshmadi: taxminlar xato bo‘lib chiqdi
Jahon
20.04.2026, 14:18

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi
Jahon
17.04.2026, 15:49
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22
