Grin Gʻazo inqirozini "genotsid" deb atadi. Bu AQSh Kongressida Isroil masalasida kelishmovchilikka ishorami?
AQSh Kongressi aʼzosi, respublikachi Marjori Teylor Grin Gʻazodagi insonlar va ularga koʻrsatilmayotgan insonparvarlik yordami uchun Gʻazodagi inqirozni genotsid deb atadi va bu AQSh Kongressida bunday soʻz ishlatgan birinchi respublikachi boʻldi. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar qildi.
Jahon
30.07.2025, 11:34
Ulashish:

Foto: The New York Times/Kenny Holston
Qayd etilishicha, Grin bu soʻzlari bilan oʻz partiyasidan keskin farq qilib, respublikachilarda ham Isroilning Yaqin Sharqda urush olib borishiga nisbatan shubhalar kuchayib borayotganini koʻrsatdi.
Shuningdek, AQShdagi MAGA harakatining boshqa aʼzolari ham Isroil borasida xavotirlar ortib borayotganini koʻrsatmoqda.
"7 oktabr voqealari Isroil uchun dahshatli boʻlgani va barcha garovga olinganlar qaytarilishi kerakligi haqida gapirish eng toʻgʻri va oson yoʻl, ammo Gʻazoda sodir boʻlayotgan genotsid, gumanitar inqiroz va ochlik ham shunday dahshatlidir," — degan AQSh Kongressi aʼzo, respublikasi Marjori Teylor Grin.
Uning fikrlari Kongressdagi respublikachilarning mutlaq koʻpchiligi bilan yaqqol qarama-qarshilikni keltirib chiqardi. Ular Isroilni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashni oʻz tashqi siyosatlarining asosiy tamoyiliga aylantirganlar. Ularning koʻpchiligi, jumladan ilgari Grin xonim ham, Isroilni tanqid qilgan demokratlarga antisemitizmda va terrorchilarga xayrixohlikda ayblagan holda hujum qilishgan. Respublikachilarning aksariyati hamon bu nuqtai nazardan chekinmagan.
Grin ochiq-oydin soʻzlari oʻnglar orasidagi yashirin kelishmovchilikni yuzaga chiqardi. Bu xuddi prezident Tramp bir necha oy davomida eʼtiborsiz qoldirgan Gʻazodagi ochlik masalasini dushanba kuni tan olganiga oʻxshardi. Tramp urush vayron qilgan hududda ochlik yoʻq degan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanʼyaxuning fikridan voz kechdi.
Soʻnggi haftalarda Grin va boshqa oʻng qanot respublikachilar Yaqin Sharqda sodir boʻlayotgan voqealarga qarshi yanada ochiqroq gapira boshladilar. Ayniqsa, Tramp Eronni bombardimon qilib, oʻzining "Amerika birinchi" tarafdorlaridan baʼzilarini gʻazablantirganidan soʻng bu holat kuchaydi. Bu shubhalar faqat Grin yoki Kapitoliy tepaligidagilar bilangina cheklanib qolmay, ayniqsa Isroilni koʻr-koʻrona qoʻllab-quvvatlamaydigan yosh avlod orasida tobora keng tarqalmoqda.
Yaqinda boʻlib oʻtgan konservativ talabalar anjumanida, liberal sharhlovchi Deyv Smit oʻng qanot faoli Charli Kirk boshchiligidagi munozarada Qoʻshma Shtatlar Isroil bilan bir xil yoʻldan borishi kerakligi gʻoyasini keskin rad etdi va buning uchun talabalar olqishiga sazovor boʻldi.
Mavzuga oid yangiliklar

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?
Jahon
21.02.2026, 07:37

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev
Oʻzbekiston
20.02.2026, 08:09
Tramp Gʻazodagi kelishuvning ikkinchi bosqichi boshlanganini maʼlum qildi
Jahon
15.10.2025, 19:02

Amsterdamdan Istanbulgacha – Gʻazodagi genotsidga qarshi norozilik namoyishlari
Jahon
06.10.2025, 10:54

Oq Uy Trampning Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasini eʼlon qildi. Tramp Gʻazoni oʻzi boshqarmoqchi
Jahon
30.09.2025, 15:01
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
So'nggi yangiliklar

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi
Fan-texnologiya
30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda
Jahon
30.04.2026, 17:30

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda
Jahon
30.04.2026, 16:54

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi
Jahon
30.04.2026, 16:30

BAAning OPECdan chiqishi dunyo iqlimi uchun yangi xavfmi?
Jahon
30.04.2026, 12:21

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda
Oʻzbekiston
28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Polsha va Ukraina birgalikda “dronlar floti”ni yaratadi
Jahon
27.04.2026, 17:45

Isroil prezidenti Qozog‘istonga tashrif buyurdi
Jahon
27.04.2026, 16:23

Abbos Aroqchi Ummon sultoni bilan muzokara o‘tkazdi
Jahon
27.04.2026, 13:04

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Oʻzbekiston
27.04.2026, 12:05

Ajrimlar statistikasi hududlar kesimida farq qilmoqda
Oʻzbekiston
27.04.2026, 11:32

Kolumbiyada uyushtirilgan terakt oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi
Jahon
27.04.2026, 11:03

Banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi
Oʻzbekiston
25.04.2026, 15:39

Ostona sammiti: Markaziy Osiyo ekologik muammolar bo‘yicha yagona pozitsiya shakllantirmoqda
Jahon
25.04.2026, 13:31

SI poygasi: Xitoyning DeepSeek kompaniyasi yangi modellarini taqdim etdi
Fan-texnologiya
24.04.2026, 17:04

O‘zbekiston Gvineya-Bisau va Ruanda bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
Siyosat
24.04.2026, 13:49

“Rossiya har oy 30-35 ming askaridan ayrilmoqda” – Zelenskiy
Jahon
24.04.2026, 11:05

“RES 2026” sammiti: Shavkat Mirziyoyev ekologik hamkorlik bo‘yicha takliflar bildirdi
Oʻzbekiston
22.04.2026, 17:15
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
