Eron mojarosidan global kompaniyalar 25 mlrd dollar ziyon ko‘rdi
Reuters tahliliga ko‘ra, AQSH va Isroilning Eron bilan urushi dunyo bo‘ylab kompaniyalarga kamida 25 milliard dollar zarar keltirdi va raqamlar o‘sishda davom etmoqda.
Jahon
18.05.2026, 11:57
Ulashish:

AQSH, Yevropa va Osiyodagi kompaniyalarning mojaro boshlanganidan beri e’lon qilgan hisobotlari vaziyatning jiddiy oqibatlarini ko‘rsatmoqda.
Korxonalar energiya narxlarining keskin oshishi, ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar va Eronning Hormuz bo‘g‘ozini nazoratga olishi sababli to‘silib qolgan savdo yo‘llari ortidan muammolarga duch kelmoqda.
Ishlab chiqarish qisqarib, xarajatlar oshmoqda
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kamida 279 ta kompaniya moliyaviy zararni kamaytirishga qaratilgan choralar, jumladan, narxlarni oshirish va ishlab chiqarishni qisqartira boshlashiga urushni sabab qilib ko‘rsatgan.
Boshqa kompaniyalar esa dividendlar to‘lash yoki aksiyalarni qayta sotib olishni to‘xtatgan, xodimlarni haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqargan, yoqilg‘i uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilgan yoki hukumatdan shoshilinch yordam so‘ragan.
COVID-19 pandemiyasi va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng sodir bo‘lgan ushbu tartibsizlik, mojaroni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish ehtimoli pastligi fonida, yilning qolgan qismidan kutilayotgan umidlarni puchga chiqarmoqda.
Iqtisodiy o‘sish sekinlashgani sari narx belgilash imkoniyati zaiflashib, doimiy xarajatlarni qoplash qiyinlashadi, bu esa ikkinchi chorak va undan keyingi davrlardagi foyda marjasiga tahdid soladi.
Narxlarning muttasil oshib borishi esa inflyatsiyani kuchaytirib, shusiz ham mo‘rt bo‘lgan iste’molchilar ishonchiga putur yetkazishi mumkin.
Asosiy “zarba” aviatsiya va sanoatga berilmoqda
Eronning dunyodagi eng muhim energiya yo‘lagi bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yishi neft narxini bir barrel uchun 100 dollardan oshirdi, bu urushdan avvalgi narxdan 50 foizga yuqoridir.
Turli kompaniyalar — kosmetikadan tortib shinalar va yuvish vositalarigacha, kruiz operatorlari-yu aviakompaniyalargacha bo‘lgan soha vakillari — urush tufayli moliyaviy zarar ko‘rganini ma’lum qilgan.
Ularning aksariyati energiya narxlari shundog‘am yuqori bo‘lgan Buyuk Britaniya va Yevropada, uchdan bir qismi esa Osiyoda joylashgan. Bu holat mazkur mintaqalarning Yaqin Sharq nefti va yonilg‘i mahsulotlariga qanchalik bog‘liqligini ko‘rsatadi.
O‘tgan yilning oktyabr oyiga qadar yuzlab kompaniyalar AQSh prezidenti Donald Trampning 2025-yilga mo‘ljallangan tariflari tufayli 35 milliard dollardan ortiq xarajatga duch kelganini e’lon qilgandi.
Urush bilan bog‘liq xarajatlarning eng katta qismi – qariyb 15 milliard dollar – aviakompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi, bunga reaktiv yoqilg‘i narxlarining deyarli ikki baravarga oshgani sabab bo‘ldi.
Mazkur muammoli vaziyat cho‘zilgani sari, boshqa sohalardagi ko‘plab kompaniyalar ham xavotirga tushmoqda.
Yaponiyaning “Toyota” kompaniyasi 4,3 milliard dollarlik zarardan ogohlantirgan bo‘lsa, “P&G” soliqlar to‘langanidan keyingi foyda yo‘qotishini 1 milliard dollar deb baholadi.
Fasfud giganti “McDonald’s”da esa shu oy boshida ta’minot zanjiridagi uzilishlar sababli xarajatlar inflyatsiyasi yuqori bo‘lishi kutilyapti.
Mavzuga oid yangiliklar

Neft narxining $100 dan oshishi Markaziy Osiyo davlatlariga turlicha ta’sir qiladi
Jahon
14.09.2026, 16:56

AQSh butun Eronni yo‘q qilishga tayyor – Tramp
Jahon
11.07.2026, 11:14

Neft narxi $100 dan oshdi: Yaqin Sharqdagi xavflar kuchaymoqda
Jahon
08.10.2026, 11:35

Dunyoda inflyatsiya yana kuchaymoqda
Iqtisodiyot
10.09.2026, 10:38

Tayvan mojarosi Ikkinchi jahon urushidan ham xavfli – AQSH vakili
Jahon
09.09.2026, 16:48

AQSH Eronni iqtisodiy bosim bilan sindira oladimi?
Jahon
26.08.2026, 10:24
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
