Gubernator Nyusom Tramp, Pentagon va Mudofaa Vaziri Hegsetni sudga berdi: AQSh demokratiya sinovida
2025 yil iyun AQSh ichki siyosatidagi eng keskin qarama-qarshiliklardan biri yuz berdi. Donalʼd Trampning Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlariga federal harbiy kuchlar yuborish qarori Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusom tomonidan "konstitutsiyaviy chegaralarning buzilishi" sifatida qabul qilindi. Tramp, Pentagon va mudofaa vaziri Pit Hegsetga nisbatan daʼvo arizasi Kaliforniya sudi orqali rasmiylashtirildi.
Jahon
11.06.2025, 14:22
Ulashish:

Foto: Fox News
Bu harakatlar ortida esa nafaqat shaxsiy ambitsiyalar, balki demokratik tizim va davlat hokimiyatlarining konstitutsiyaviy vakolatlari yuzasidan asosli xavotirlar yotadi.
Noroziliklarning ildizi: immigratsiya va tartibsizliklar
Donald Trampning prezidentlikka qaytish kampaniyasidagi asosiy shiorlardan biri yana "chegarani yopish" va “immigratsiyaga nisbatan nol toqat” siyosatini tiklash edi. 2025 yil iyun oyida, Immigratsiya va bojxona politsiyasi federal agentlarining Kaliforniyada noqonuniy muhojirlarni ommaviy ushlash amaliyoti jamoatchilik noroziligini qoʻzgʻadi. Los-Anjeles, San-Fransisko, Oklend va boshqa shaharlarda minglab odamlar koʻchalarga chiqdi.

Politsiya namoyishchilarga nisbatan koʻzni yoshlantiruvchi gaz, rezina oʻqlar va hibsga olishlar, ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy norozilik toʻlqinini boshladi. Baʼzi joylarda vandalizm va talonchilik holatlari qayd etildi. Ammo, koʻpchilik namoyishlar tinch oʻtdi. Mahalliy rasmiylar, jumladan mer Karen Bass, federal aralashuvni keraksiz va haddan tashqari deb atadi.
Trampning qarori: harbiy kuchlar va siyosiy signal
Donald Tramp, oʻzining sobiq prezidentlik uslubiga sodiq holda, muammoni siyosiy maydonga koʻchirdi. U namoyish sodir boʻlayotgan Los-Anjelesga 2 000 nafar milliy gvardiya askari va 700 nafar dengiz piyodasini yuborishni buyurdi. Oq uy bu harakatni "konstitutsiyaviy tartibni saqlash" sifatida baholadi. Ammo ekspertlar, bu harakatning asosiy maqsadi Trampning kuchli lider obrazini yaratish va saylovchilar koʻzida "qatʼiy rahbar" sifatida koʻrinish ekanini aytishdi.

Posse Comitatus qonuni (1878) AQSh armiyasining ichki ishlarga aralashuvini cheklaydi. Bu qonunga koʻra, federal armiya ichki fuqarolik noroziliklarini bostirish uchun faqatgina gubernator yoki Kongress roziligi bilan jalb qilinishi mumkin. Tramp esa bunday rozilikni olmaganligi aytilmoqda.
Nyusomning javobi: qonun, prinsip va sud
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bu harakatni "konstitutsiyaviy toʻntarishga urinish" deb atadi va uni nafaqat siyosiy, balki huquqiy maydonga olib chiqdi. 2025 yil 9 iyun kuni u federal sudga daʼvo arizasi kiritdi.
Uning aytishicha, Tramp tomonidan yuborilgan harbiy kuchlar Posse Comitatus qonunini buzgan. Pentagon va Mudofaa vaziri Pit Hegset gubernator roziligisiz askarlarni joylashtirib, Kaliforniya suverenitetiga tajovuz qilgan.
Tramp bu harakatlarni saylov kampaniyasi doirasida populistik maqsadlar uchun bajargan.
Kaliforniya bosh prokurori Rob Bonta ham bu daʼvoni qoʻllab-quvvatlab, "biz federal hukumatdan himoyalanayotgan shtatmiz" deya bayonot berdi.
Pentagon va Hegsetga nisbatan ayblovlar
Nyusom daʼvosida Pete Hegset, Trampga yaqin boʻlgan sobiq telejurnalist va 2025 yilda tayinlangan mudofaa vaziri sifatida, huquqiy majburiyatlarni buzganlikda ayblanmoqda. U oʻz imzosi bilan Los-Anjelesga harbiylarni yuborish buyrugʻini tasdiqlagan. Pentagon esa bu harakatni "favqulodda holatga javob" deb izohladi, biroq AQSh sud amaliyoti va konstitutsiyasi bu turdagi aralashuvni juda cheklangan hollardagina koʻzda tutadi.

Ayni vaqtda politsiyaning namoyishchilarga qilayotgan javobida nafaqat fuqarolar balki jurnalistlar ham vaziyatdan aziyat chekmoqda. Politsiyaga press kartalarini koʻrsatganiga qaramay, muxbirlarga koʻchani tark etish buyurildi. Mahalliy hokim va politsiya boshligʻi ommaviy axborot vositalariga komendantlik soati hududida ishlashga ruxsat berganini aytganimizda esa, bir ofitser "Kim boʻlishingizdan qatʼi nazar, sizni hibsga olishimiz mumkin", deb javob berdi.
Jahon
11.06.2025, 14:22
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25

AQSh bayrogʻini yoqqanlar jazoga tortilishi mumkin
Jahon
11.06.2025, 16:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

"Green Card 2027" rasman ochiladi
Jahon
15.10.2026, 17:54

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36
So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Netanyaxuning BMTdagi nutqi paytida aksariyat delegatsiyalar zalni tark etdi
Jahon
25.09.2026, 11:36
