Ukrainada “Patriot” tutib oluvchilari ishlab chiqarishga ruxsat beriladi — Tramp
“Biz sizga “Patriot”larni ishlab chiqarish uchun litsenziya bermoqchimiz. Bu juda zo‘r”, dedi Tramp Zelenskiy bilan uchrashuvda.
Jahon
09.07.2026, 16:34
Ulashish:

Donald Tramp NATOning Anqaradagi sammitida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashib, AQSh Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimi uchun raketa tutib qoluvchilarni ishlab chiqarish litsenziyasini berishini ma’lum qildi.
“Biz sizga “Patriot”larni ishlab chiqarish uchun litsenziya bermoqchimiz. Bu juda zo‘r. Shunda siz bizga “yetarlicha yordam bermayapsiz” deb ayta olmaysiz”, — dedi Tramp.
Uning ta’kidlashicha, Patriot hujum emas, balki mudofaa quroli bo‘lgani sababli bu qarorga kelgan.
Tramp qo‘shimcha tafsilotlarni ochiqlamadi, ammo uchrashuv ohangi uning avvalgi keskin tanqidlaridan tubdan farq qildi. Ilgari Tramp Zelenskiyni hatto “noshukr” deb ham atagan edi.
Bu safar esa Tramp ular o‘rtasida yaxshi munosabatlar shakllanganini, shuningdek, Moskva ham, Kiyev ham urush tugashini istayotganini ta’kidladi.
AQSh prezidenti shu kunning o‘zida Vladimir Putin bilan ham telefon orqali muloqot rejalashtirganini ma’lum qildi. U Zelenskiyni urush sharoitida samarali faoliyat yuritgan lider sifatida baholadi.
“Patriot”lar Ukrainada ham chiqariladi
Qo‘shimcha Patriot raketalari zudlik bilan yuboriladimi, degan savolga Tramp ayrim raketalar darhol yetkazilishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, Ukraina ham qisqa muddat ichida ularni o‘zi ishlab chiqara oladi.
“Bizda “Patriot”lar bor, ammo soni ko‘p emas. Ular o‘zimizgayam kerak. Nazarimda, ular buni ancha tez ishlab chiqara oladi. Biz tushuntirib berganimizdan so‘ng, kompaniyani shu yerga olib kelamiz. Siz kompaniya bilan ishlaysiz. Ularda qurol-yarog‘, hatto ancha murakkablarini ham ishlab chiqarish uchun zo‘r salohiyat bor” — dedi Tramp.
Zelenskiy ancha vaqtdan beri AQShdan Patriot raketalarini so‘raydi. Chunki aynan shu tizim Rossiya uchirayotgan ballistik raketalarni urib tushirishga qodir bo‘lgan yagona havo mudofaa vositasi hisoblanadi.
Tramp “Patriot” raketalarini ishlab chiqarish uchun kompaniyalarga bosim o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidladi. “Biz “Patriot”ni ishlab chiqaradigan kompaniyalar ustidan katta kuchga egamiz”, dedi u.
“Biz bu haqda kompaniyani hali xabardor qilmadik, lekin hammasi joyida bo‘ladi. Ishonchim komilki, ular bundan mamnun bo‘lishadi”, dedi Tramp.
“Lockheed Martin” kompaniyasi “Patriot” tizimida qo‘llaniladigan tutib oluvchi raketalarning asosiy pudratchisi hisoblanadi.
Rossiya hujumlarni davom ettirmoqda
Rossiya chorshanbaga o‘tar kechasi yana Kiyevga ballistik raketalar bilan hujum qildi. Bu bir haftadan kam vaqt ichida poytaxtga uyushtirilgan zarbalarning uchinchisidir.
Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, tunda uchirilgan 169 ta drondan 139 tasi urib tushirilgan. Biroq AQShda ishlab chiqarilgan Patriot raketalari tanqisligi sababli beshta ballistik raketaning birortasi yo‘q qilinmagan.
AQSH Ukraina dronlarini sotib olishi mumkin
Zelenskiy Tramp bilan urushni tugatishga oid muhim masalalarni muhokama qilmoqchi ekanini aytar ekan, unga shunday dedi: “Siz bu urushni to‘xtatish uchun qo‘lingizdan kelgan barcha ishni qilishingizga ishonaman”.
Tramp esa “Biz bir talay urushlarni to‘xtatdik. Boshida bu urushni juda oson tugatamiz deb o‘ylabman. Ammo Putin ham, Zelenskiy ham murakkab shaxs”, — dedi.
Tramp AQSh ham o‘z navbatida Ukrainada ishlab chiqarilayotgan dronlarga xaridor bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi. Urush davomida Ukraina dunyodagi eng rivojlangan dron sanoatlaridan birini shakllantirishga muvaffaq bo‘ldi.
Hozirga qadar Kiyev dron ishlab chiqarish bo‘yicha to‘qqizta xalqaro hamkorlik bitimini imzolagan. Ular orasida Daniya, Estoniya va Niderlandiya bilan tuzilgan kelishuvlar ham bor.
Jahon
09.07.2026, 16:34
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy
Jahon
12.05.2025, 13:06

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi
Jahon
13.06.2026, 09:46

Oʻzbekiston va AQSh yetakchilari uchrashdi
Oʻzbekiston
07.11.2025, 08:44

Tramp Suriyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarmoqda
Jahon
09.07.2026, 12:38

Vashington shtatining Sietl shahrida “O‘zbek mahallasi” tashkil etildi
Jahon
07.07.2026, 12:18

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi
Jahon
07.07.2026, 11:10
Mashhur yangiliklar

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14
So'nggi yangiliklar

Yevropa parlamenti deputatlari FIFA rahbariyatiga nisbatan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi
Sport
09.07.2026, 16:07

Tramp Suriyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarmoqda
Jahon
09.07.2026, 12:38

“ANORBANK” jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
09.07.2026, 11:06

Ona qornidagi chaqaloqni “loyihalash” davri boshlanmoqdami?
Fan-texnologiya
08.07.2026, 16:44

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Eron va AQSH bir-biriga zarba berdi
Jahon
08.07.2026, 10:21

Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?
Madaniy
07.07.2026, 15:48

Lotin alifbosini yangilash bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
Oʻzbekiston
07.07.2026, 12:44

Vashington shtatining Sietl shahrida “O‘zbek mahallasi” tashkil etildi
Jahon
07.07.2026, 12:18

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi
Jahon
07.07.2026, 11:10

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Z avlodning spirtli ichimlikdan voz kechishi sanoatga qimmatga tushdi
Iqtisodiyot
06.07.2026, 14:55

Chirchiq va Qoradaryo baliqlaridan mikroplastik topildi
Madaniy
06.07.2026, 14:45

O‘zbekistonda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlanmoqda
Madaniy
06.07.2026, 13:02

Tramp va Netanyahu munosabatlari nega keskinlashdi?
Siyosat
06.07.2026, 12:31

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi yopilgani aytilmoqda
Madaniy
06.07.2026, 11:19

Albaniya sudi 19 nafar namoyishchini ozod qildi
Jahon
06.07.2026, 10:01

Yanvar–may oylarida O‘zbekistonga 3 328 nafar gruziyalik kelgan
Oʻzbekiston
04.07.2026, 17:58
Mashhur yangiliklar

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14
