Erondagi voqeada Xitoydan olib kelingan raketa yoqilgʻisi portlab ketgan boʻlishi mumkin
Joriy yilning 26 aprel kuni Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajai portida kuchli sodir boʻlgan kuchli portlash ortidan 1200 dan ortiq kishi jarohatlangan va 36 kishi halok boʻlgan. Voqea ortidan Eron Islom Respublikasida 3 kunlik motam eʼlon qilindi.
Jahon
28.04.2025, 10:31
Ulashish:

Muhammad Rasul Moradi / IRNA / AP / Scanpix / LETA
Mahalliy nashrlarning yozishicha, portlash oqibatida bir necha kilometr radiusdagi binolarning derazalari sinib ketgan, internetda tarqalgan kadrlarda portlashdan keyin osmonda qoʻziqorin shaklidagi bulut hosil boʻlganini koʻrish mumkin.

Foto: Meysam Mirzadeh
Hozirgi vaqtga qadar Eron rasmiylari portlash qanday kelib chiqqani boʻyicha rasmiy maʼlumot bergani yoʻq. Ammo taxminlarga koʻra, portdagi "Ambreu" xususiy yuk tashish xavfini baholash kompaniyasidagi raketa yoqilgʻisi boʻlgan konteynerlar portlagan.

Foto: Muhammad Rasul Moradi / IRNA / AP / Scanpix / LETA
2025 yil yanvar oyida Eron kemasi Xitoydan qattiq raketa yoqilgʻisi va portlovchi moddalarni oksidlovchi natriy perxlorat moddasini Bandar Abbos shahri yaqinidagi portga olib kelgan. Tarqalgan xabarlarga koʻra, portdagi portlagan konteyner Xitoydan olib kelingan konteyner boʻlishi mumkin.
Ammo, Eron rasmiylari avvaliga portlash hech qanday harbiy materiallardan kelib chiqmaganini aytdi. Biroq, keyinchalik portlash portlovchi moddalarning ehtiyotsizligi bilan sodir boʻlganligi maʼlum boʻldi. Shundan soʻng, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchining aytishicha, mamlakat razvedka xizmatlari “avvalgi qoʻporuvchilik va suiqasdlarni inobatga olgan holda” hukumat shay holatga keltirildi. Hozirgi vaqtda fojia yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eron sogʻliqni saqlash vazirligi Hoʻrmuzgon viloyatida favqulodda holat rejimi eʼlon qilib, aholidan uylarda qolish va derazalarni tambalab, niqob taqib yurish soʻragan.
Eron prezidenti Masʼud Pizishkiyon portlash boʻyicha tekshiruv borishini nazorat qilish uchun mamlakat ichki ishlar vaziri ushbu hududga yuborilganini maʼlum qilgan. U portlash oqibatida halok boʻlganlar uchun "chuqur hamdardli" izhor etgan.

Foto: Muhammad Rasul Moradi / IRNA / AP / Scanpix / LETA
Rus nashrlarining yozishicha, 27 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bandar-Abbos sharida joylashgan portidagi qurbonlar va keng koʻlamli vayronagarchiliklar munosabati bilan Eron rahbariyatiga hamdardlik bildirgan hamda yongʻinni oʻchirishga yordam berish uchun Rossiya Eronga Favqulodda vaziyatlar vazirligining ikkita samolyoti – Be-200ChS amfibiya samolyoti va Il-76 samolyotini yuborgan.
Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronda sodir boʻlgan voqea oqibatida koʻplab insonlarning halok boʻlgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar koʻrilganligi sababli mamlakat rahbari Masʼud Pezishkiyonga taʼziya maktubini yoʻllagan.
"Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi", deyiladi xabarda.
Bandar Abbosdagi portlash Ummonda Eron va AQSh oʻrtasida Eron yadro dasturi taqdiri boʻyicha muzokaralarning soʻnggi raundi boshlangan kuni sodir boʻlgan.
Jahon
28.04.2025, 10:31
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

Gulistondagi portlashda halok boʻlganlarning oilalariga moddiy yordam beriladi
Oʻzbekiston
04.12.2025, 14:38
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48
So'nggi yangiliklar

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati
Madaniy
20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi
Madaniy
20.05.2026, 12:33
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48
