Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyadagi nufuzli shaxmat turnirida gʻalaba qozondi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat boʻyicha 2026 yilgi Tata Steel Chess turniri yakunlanmoqda. Musobaqaning umumiy sovrin jamgʻarmasi 1,2 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Sport

02.02.2026, 09:47

Ulashish:

Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Masters guruhi doirasidagi 13-tur uchrashuvida hindistonlik Arjun Erigaisi ustidan gʻalaba qozondi. Ushbu natijadan soʻng Abdusattorov ochkolari sonini 9 taga yetkazib, turnir jadvalida yakka peshqadam sifatida birinchi oʻrinni egalladi va chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Nodirbek turnirning ilk turida turkiyalik Yagʻiz Kaan Erdogmush bilan durang oʻynagan boʻlsa, 2-turda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha ustidan zafar quchdi. 3-turda yana bir hindistonlik shaxmatchi Aravindh Chitambaram bilan durang qayd etdi. 4-turda esa oq donalarda Chexiya vakili Nguyen Tay Day Vanni magʻlub etdi.

5-turda Abdusattorov qora donalarda AQSh vakili Xans Nimann bilan durang oʻynadi. 6-turda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju, 7-turda esa germaniyalik Vinsent Keymer ustidan gʻalaba qozondi. 8-turda niderlandiyalik Anish Giriga qarshi bahsda imkoniyatni boy berdi.

Abdusattorov 9-turda Javohir Sindorov, 10-turda sloveniyalik Vladimir Fedoseyev, 11-turda esa niderlandiyalik Yorden van Forest bilan durang oʻynadi. 31 yanvar kuni boʻlib oʻtgan 12-tur bahsida esa germaniyalik Mattias Blyubaum ustidan gʻalaba qozondi.

Shu tariqa, oʻzbekistonlik shaxmatchi 13 uchrashuvda 9 ochko toʻplab, 2026 yilgi Tata Steel Chess musobaqasining bosh sovriniga sazovor boʻldi.

Maʼlumot uchun, Nodirbek Abdusattorov avvalgi yillarda ham Tata Steel Chess turnirida sovrinli oʻrinlarni egallab kelgan. U 2023 yilda ikkinchi oʻrinni, 2024 va 2025 yillarda esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2026 yilda esa chempionlikka erishdi.

Mavzuga oid yangiliklar

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi

2025 yilda oʻzbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, mos ravishda 361 ming va 349 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi.

Sport

09.02.2026, 15:30

Rustam Qosimjonov Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Xalqaro grossmeyster, 2004 yilgi FIDE jahon chempioni Rustam Qosimjonov Oʻzbekiston erkaklar milliy shaxmat terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Sport

28.10.2025, 14:17

“Grand Swiss-2025”: Samarqandda 855 ming dollarlik shaxmat turniri yakunlandi

Samarqandda qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan “Grand Swiss-2025” turnirining gʻolib va sovrindorlari, 2026 yilgi jahon chempionati nomzodlar musobaqasida ishtirok etish huquqiga ega chiqqan shaxmatchilar nomi aniqlandi.

Sport

17.09.2025, 18:29

Samarqandda mukofot jamgʻarmasi 855 ming AQSh dollari boʻlgan shaxmat turniri boshlandi

3-15 sentabr kunlari Samarqandda “Grand Swiss 2025” xalqaro shaxmat turniri boʻlib oʻtadi. Mazkur nufuzli musobaqa shveysarcha tizimda 11 tur davomida oʻtkaziladi.

Sport

04.09.2025, 17:28

“Grand Swiss 2025”da kimning imkoniyati qanday?

Ertaga Samarqandda mukofot jamgʻarmasi 855 ming AQSh dollaridan iborat “Grand Swiss 2025” turniri boshlanadi.

Sport

02.09.2025, 15:26

Shaxmat Olimpiadasida oʻzbekistonliklar Isroilni magʻlub etdi

Shaxmat Olimpiadasida oʻzbekistonliklar Isroilni magʻlub etdi

Kecha, 16 sentabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining oltinchi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Sport

17.09.2024, 10:52

So‘nggi yangiliklar

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48