Sunʼiy intellektdan foydalanishning huquqiy asoslari yaratildi (+video)
Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilindi.
Siyosat
14.08.2025, 12:46
Ulashish:

Bugun sunʼiy intellekt hayotimiz, faoliyatimizga jadal kirib kelmoqda. Ushbu zamonaviy texnologiyaning qulayligi, afzallik tomonlari juda koʻp. Har bir sohani rivojlantirish, dasturlar ishlab chiqish va boshqa yoʻnalishlarda sunʼiy intellekt faol koʻmakchimizga aylanmoqda.
Sunʼiy intellektdan foydalanish koʻlami ortar ekan, bu boradagi munosabatlarning huquqiy asoslarini ham yaratish zarur boʻladi. Shu maqsadda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilindi.
Mazkur hujjatda koʻzda tutilayotgan normalar haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, qonun tashabbuskorlaridan biri Shahnoza Xolmahamatova batafsil gapirib berdi:
— Qonun loyihasida “sunʼiy intellekt” tushunchasiga huquqiy taʼrif berilyapti. Barchamizga maʼlumki, bugungi kunda sunʼiy intellekt barcha sohaga jadal kirib bormoqda, sohalarni rivojlantirish uchun xizmat qilyapti. Shu bois ham mamlakatimizda sunʼiy intellektni joriy etish va rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mazkur qonun loyihasida sunʼiy intellektni joriy etish va rivojlantirishga oid davlat siyosatining asoslari mustahkamlab qoʻyilmoqda. Maxsus vakolatli organning vazifalari, axborot resurslarini yaratish hamda axborot tizimlari ishida sunʼiy intellektdan foydalanishning umumiy huquqiy asoslari belgilanmoqda.
Yana bir muhim jihat, qanday texnologiya boʻlmasin, insonning huquq va erkinliklariga daxl qilmasligi lozim. Aks holda buning uchun javobgarlik masalalari belgilanishi kerak. Shu maʼnoda qonun loyihasida sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan axborot resurslari va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari insonga, uning hayoti, sogʻligʻi, erkinligi, shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazmasligi va boshqa ajralmas huquqlarini buzmasligiga oid talab belgilanyapti. Agar sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan axborot resurslarida shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilgan boʻlsa hamda Internet yoki ommaviy axborot vositalarida tarqatilsa, javobgarlik belgilanadi.
Shu bilan birga, insonning huquq va erkinligiga aloqador yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqatgina sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan axborot resurslari va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosasiga tayanib qolish mumkin emasligi oʻz aksini topdi. Yaʼni, inson huquqlariga oid yuridik koʻrinishdagi har qanday qaror texnologiya emas, balki mutaxassis tomonidan qabul qilinishi lozim.
Albatta, bugun butun dunyoda cunʼiy intellektdan keng koʻlamda foydalanilyapti. Yurtimizda ham ushbu texnologiyadan samarali foydalanishning dastlabki huquqiy asoslarini yaratishga ehtiyoj bor. Shu maʼnoda ushbu qonun loyihasidan asosiy maqsad cunʼiy intellektdan foydalanishni yanada rivojlantirish, uni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan iborat.
Siyosat
14.08.2025, 12:46
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
So'nggi yangiliklar

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati
Madaniy
20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi
Madaniy
20.05.2026, 12:33

Boliviyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi
Jahon
20.05.2026, 10:37

Lotin Amerikasiga yo‘l: Rio-de-Janeyroda O‘zbekiston–Braziliya savdo uyi ish boshladi
Iqtisodiyot
19.05.2026, 17:08

Umumiy sun’iy intellekt poygasi: sohada AQSH kuchlimi yoki Xitoy?
Fan-texnologiya
19.05.2026, 15:55

Toshkentda JAC Motors avtomobil zavodi ishga tushirildi
Iqtisodiyot
19.05.2026, 10:10

Endi o‘zbekistonliklar Italiya qishloq xo‘jaligida ishlashi mumkin
Oʻzbekiston
19.05.2026, 09:32
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

