updated: 22.03.2026, 18:34

BMT tugatilishi kerakmi?

Birgina 2025 yilning oʻzida jahonda bir qancha urushlar va harbiy toʻqnashuvlar sodir boʻldi. AMillatlar Tashkiloti hech narsa qila olmadi. Hozirgacha davom etib kelayotgan Isroil mojarosi va Rossiya-Ukraina urushi hali ham tugagani yoʻq. Bu voqealarda ham BMT biror ish qila olmayotgani bugun hech kimga sir emas. Xoʻsh, nega? Bir necha oy oldin BMTni butunlay isloh qilish kerakligi haqida gapirgan mamlakat yetakchilari BMT Assambleyasi nutqida bu haqda har holda gapirmadi. Tashkilot butunlay tugatilib, oʻrniga boshqa tashkilot ochilishi kerakmi yoki u qaytadan isloh qilinishi? Paradigma.uz studiyasida shu haqida siyosatshunos Farhod Tolipov bilan suhbatlashdik.

Ulashish:

BMT tugatilishi kerakmi?

Foto: Paradigma.uz

Siyosatshunosning aytishicha, tashkilotni butunlay tugatish emas balki uni isloh qilish kerak. Ikkinchi jahon urushidan keyin ochil bu tashkilot garchi juda katta urushlarni hal qila olmagan boʻlsa ham Afrikadagi muammolar va shunga oʻxshash ekologik, fuqarolar urushi kabilarni hal qila olmagan.

Tolipovga koʻra, tashkilotning Xavfsizlik Kengashini qayta koʻrib chiqish kerak.

 

Shuningdek, siyosatshunos quyidagi tamoyillarni tashkilot doirasida amalga oshirish zarar deb hisoblashini aytdi:

 

Birinchi tamoyil — konstitutsion yondashuv. Konstitutsion yondashuv deganda, tashkilot doirasida qabul qilingan hujjatlar, deklaratsiyalarda nomukammaliki bor-da ularni qayta koʻrib chiqish kerak. Ularni yanada yangilash kerak.

 

Ikkinchisi tamoyil, tarkibiy deymiz. Yaʼni tarkibiy yondashuvda har qanaqa tashkilotda va shu jumladan BMTda ham kimlar aʼzo, uning ichki tarkibi qanday? Yaʼni ichki tashkilot, masalan, Bosh Assambleya deymiz, Xavfsizlik Kengashi deymiz va bir qator BMTning tashkilotlari: UNISCO'ga oʻxshagan yoki Sogʻliqni saqlash tashkiloti, oʻnlab tashkilotlari bor. Bu tarkib. Va hatto har bir tarkibda, deylik, mana Xavfsizlik Kengashida kim aʼzo? Beshta davlat doimiy aʼzo deymiz va yana oʻn beshtasi vaqtincha qilib saylanadigan deb hisoblanadimi? Ana shu doimiylari, beshtasi, bu yaʼni bugungi kunda AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya. Beshta davlat. Ammo Rossiya aʼzo boʻlishidan oldin bu oʻrinni Sovet Ittifoqi egallab turgan edi. Oʻsha 45 yildan boshlab tarkib shunday edi. Tarkib toʻsatdan 1991 yil oʻzgarib qoldi. Sovet Ittifoqi oʻrnini Rossiya egalladi.

Mana shu tahlil agarda tarkibiy nuqtai nazardan davom ettirilsa, tahlilni, biz bir qator ziddiyatlarga guvoh boʻlishimiz mumkin. Bir tomondan qaralganda obʼektiv, yaʼni oʻsha u oldin kiritilgan veto huquqini endi bekor qilish va qaror qabul qilishda koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qilish degan takliflar jaranglayapti. Veto huquqi faqatgina shu Xavfsizlik Kengashi faoliyatini toʻxtatyapti, sekinlashtiryapti, samarali yechimlar topishga toʻsqinlik qilyapti boʻlib, mana shu vetoni bekor qilish kerak, deb talab qilishsa, bu ham tarkibiy muammo-da, chunki bu beshtalar orasidagi faqatgina, ulargagina taalluqli savol, veto huquqi. Boshqalarga emas.

 

Uchinchi tamoyil , xalqaro tashkilotning tahlilida, bu — funksional. Qaytaraman, biri — konstitutsion yondashuv, ikkinchisi — tarkibiy, uchinchisi — funksional. Funksional deganda, mana, endi hayotda, haqiqiy sistemada, xalqaro munosabatlar sahnasida, dunyoda muayyan tashkilot, bizning misolimizda BMT, qanday faoliyat yurgizyapti? Ne chogʻli uning faoliyati samarali kechyapti? Qanchalik oʻz oldiga qoʻygan vazifalarni samarali va muvaffaqiyatli bajaryapti va qanchalik hamma aʼzolar, shu tashkilot aʼzolari qoniqyapti, xursand, “Ha, mana, biz bekorga aʼzo boʻlmaganmiz bu tashkilotga”, deb mamnun bu tashkilotning faoliyatidan? Mana bu funksional.

 

 Funksiyasini qanday bajaryapti, deganda, hali men nimadan boshladim? BMTning tarixida samarali boʻlib oʻtgan tinchlikparvar operatsiyalar bilan bir qatorda samarasiz, muvaffaqiyatsiz boʻlgan holatlar ham uchradi va ayniqsa, bugungi kunda, mana shu kunlarda ikkita eng yonib yotgan oʻchoqlar, urushlarni hal qila olmayotganligi va bunga ojiz boʻlayotganligi ham funksional jihatdan BMT ancha zaiflashganligini koʻrsatyapti.

 Bu — Ukraina va Gʻazo masalasida. Konflikt, urush boʻlmasa, boshqa masala boʻyicha BMT ancha yakdil, ancha samarali funksional u yoki bu darajada bajaryapti funksiyalarini. Mana, Markaziy Osiyo boʻyicha qancha rezolyutsiyalar qabul qildi deymiz-u, BMT shafeligida qancha forumlar-u, tadbirlar oʻtkazildi-yu. Uni ijobiy baholashimiz mumkin. Oʻzbekiston, xususan, qancha tashabbuslar bilan chiqdi BMTda va qabul qilindi bular. Lekin mojaro, urush deganda, afsuski, ojiz boʻlib turibdi. Shuning uchun ham tanqidga uchradi. Tanqidga uchraydi Birlashgan Millatlar Tashkiloti funksional jihatdan koʻp-koʻp, mana, holatlarda, Ukraina va Gʻazoda ojiz boʻlganligi uchun.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub

Tahririyatimizga Sirdaryo viloyatida yaşovçi bir ayoldan yurakni ezadigan murojaat kelib tuşdi. Uning aytişiça, turmuş ortog'i oila davomida uning nomiga bir neçta kredit rasmiylaştirgan.

Madaniy

27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda

Umumiy vaziyat juda yomon, biz  ilgari kuzatilmagan holatga duç keldik, dedi Fransiya rasmiysi.

Jahon

27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil iş stajiga ega bo'lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uçun yangi subsidiya tizimi işga tuşirildi.

Oʻzbekiston

27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi

Töqayevga köra, mojaroni muzlatib, Istanbul formulasining 2.0 talqiniga qaytiş kerak. Ammo Putin va Zelenskiyning istaklarini inobatga olsak, bu imkonsizga öxşaydi.

Siyosat

27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi

Eron va Ukraina örtasidagi munosabatlar 2022-yildan buyon keskinlaşgan. Bunga Eron Rossiyaga Şahed dronlarini yetkazib bergani sabab bölgan.

Siyosat

27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi

Bu topilmalar 4000-yil oldingi davrga tegişli bölib, hozirça ilm-fanga ma’lum bölgan eng qadimgi xonaki ipak qurti pillalari hisoblanadi.

Fan-texnologiya

25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi

Braunau am Inn şahrida bir qizaloq öynayotib, suyak topib oladi. Bu suyak orqali uruş davrida tartibsiz kömib tashlangan 120 dan ortiq askar qabri topildi.

Fan-texnologiya

25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi

BMT delegatsiyasini Boş vaziri aş-Şayboniy kutib oldi. Bu amaldagi BMT rahbarining 17 yil içida Suriyaga ilk rasmiy taşrifidir.

Jahon

25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov

Kreml matbuot kotibining aytişiça, agar yangi tinçlik takliflari bölmasa, Rossiya ğalabagaça jang qiladi.

Siyosat

25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp

Trampning aytişiça, Venesuela saylovlarga tayyor emas, biroq mamlakatda ijobiy özgarişlar bölmoqda.

Siyosat

25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?

23-iyul kuni davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul test sinovlari yakunlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi. 

Ta'lim

24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi

Fujyan provinsiyasidagi maşğulotlar AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio va Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Tayvan masalasini muhokama qilganidan bir kun ötib boşlandi.

Siyosat

24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi

Isroillik “köçmançilar”ning Islomning muqaddas qadamjosiga bostirib kirişi “nafrat”ni kuçaytirib, mustahkam tinçlikka tösiq bölmoqda, deyiladi qöşma bayonotda.

Jahon

24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov

Özbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Xitoylik hamkasbi Van I bilan uçraşdi. Ikki davlat taşqi işlar vazirlari strategik hamkorlikning yangi yönalişlarini muhokama qilişdi. 

Siyosat

24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB

Markaziy bank O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha jami 5,8 ming respondent ishtirokida aholi qarz yuki darajasini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. 

Iqtisodiyot

23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi

O'n yildan ortiq davomida Jeffri Epshteynga yosh model qizlarni "taqdim etib" kelgan fransuz skaut Daniel Siad 20-iyul kuni Parij yaqinidagi Kolomb shahridagi uyidan oʻlik holda topildi. 69 yoshli Siad hech qachon rasman sudlanmagan, biroq uning ismi AQSH Adliya vazirligi hujjatlarida 2000 martadan ortiq tilga olingan. 

Jahon

23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev

Prezident Toşkent – Samarqand yönalişidagi avtomobil yöli qurilişiga tamal toşi qöydi.

Oʻzbekiston

22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi

2024-yil boşidan beri Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni lavozimida işlab kelayotgan Oleksandr Sirskiy iste’foga çiqiş arafasida özining yutuqlari haqida gapirdi.

Siyosat

22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining fuqarolik yadro energetikasi dasturini rivojlantirishga yo‘l ochuvchi muhim kelishuvni rasman ma’qulladi. 30 yilga mo‘ljallangan bitim qiymati o‘nlab milliard dollarga baholanmoqda. 

Jahon

22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda

Fransiya 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlagan Yevropadagi birinçi davlatga aylandi. 

Jahon

22.07.2026, 11:08

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →