updated: 21.03.2026, 23:43

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi

Qozogʻistonda "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Sammitda nimalar gaplashildi? Mirziyoyev oʻz nutqida nimalarni tilga oldi? Xitoy nega mintaqa mamlakatlariga begʻaraz 207 million AQSh dollari miqdorida yordam koʻrsatmoqchi? 

Ulashish:

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi

Fotot: Prezident matbuot xizmati

Kecha, 17 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qosim Joʻmard-Toʻqayov taklifiga binoan "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga borgan edi. Mirziyoyevni aeroportda Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektanov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

 

Sammit davomida Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Szinpin bilan ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalar va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

 

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida 2024 yilda tovar ayriboshlash 14 milliard AQSh dollariga yetgan. Investitsiya salohiyat portfeli esa 60 milliard dollardan oshgan.

 

Shuningdek, rahbarlar ikki mamlakat oʻrtasida "yashil" energetika, neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya, togʻ-kon, toʻqimachilik, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlari hamda logistika, "aqlli" qishloq xoʻjaligi, sunʼiy intellekt va raqamlashtirish sohalarida istiqbolli loyihalar ishlab chiqish boʻyicha suhbatlashishgan.

 

Muzokaralar davomida "Xitoy - Qirgʻiziston - Oʻzbekiston" strategik temir yoʻli qurilishini jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi. Uchrashuv yakunidan davlat rahbarlari Xitoy Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʻlishi boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolanganini maʼlum qilishdi.

 

"Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida mintaqa mamlakatlarining rahbarlari va Xitoy rahbari Si Szinpin ishtirokida boʻlib oʻtdi. Mazkur sammit ilk bor 2023 yilda Xitoyning Sian shahrida boʻlib oʻtgan.

 

2023 yildagi sammitdan soʻng mamlakatlar oʻrtasida kotibiyat tashkil etildi, vazirlar, ekspertlar uchrashuvlari va yigʻilishlarini oʻtkazish mexanizmlari ishga tushirilgan, keng koʻlamli hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasi shakllantirilgan.

 

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sammit davomida soʻzga chiqdi. Unga koʻra, nizoli masalalar va ziddiyatlarni hal qilish uchun kuch ishlatish vositalaridan foydalanish oʻzini oqlamaydi va bunga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Barcha nizo va ziddiyatlar suverenitetni hurmat qilish, xalqaro huquq meʼyorlari va BMT nizomi asosida faqat diplomatik saʼy-harakatlar bilan muzokaralar stolida hal etilishi shart.

"Bizningcha, bir tomondan, ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik makoniga aylangan Markaziy Osiyoning oʻzidagi chuqur transformatsiya jarayonlari, boshqa tomondan, Xitoy rahbariyatining qoʻshni davlatlar bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirish va “Belbogʻ va yoʻl” global konsepsiyasini ilgari surishga qatʼiy sodiqligi ushbu formatdagi hamkorlikning rivojlanishiga imkon bermoqda", - degan Shavkat Mirziyoyev.

 

Shu bilan birga Oʻzbekiston davlat rahbari mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashga umumiy hissa qoʻshadigan Abadiy yaxshi qoʻshinchalik, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani qabul qilish tarixiy ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

 

Shuningdek, ushbu shartnomani rivojlantirish maqsadida aniq mexanizm va loyihalarni kiritgan holda uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif qildi.

 

Mirziyoyevning taʼkidlashicha, Xitoy bilan savdo investitsiyaviy va texnologik hamkorlik Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirishda kuchli lokomotiv boʻlib xizmat qilmoqda.

 

Shuningdek davlat rahbari infratuzilmaviy tashabbuslarni ilgari surish uchun "Markaziy Osiyo - Xitoy" taraqqiyot fondini taʼsis etishni taklif qildi.

 

Sammitda Markaziy Osiyoning ajralmas boʻlagi ekanligi aytilayotgan Afgʻoniston haqida ham gaplashildi. Mirziyoyev Afgʻonistonning tiklanishiga koʻmaklashish va uni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etish masalalarini koʻrib chiqish uchun yuqori darajadagi guruhni taʼsis etish taklifini berdi.

 

Tahlillarga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoy bilan umumiy savdo aylanmasi joriy yilda bu koʻrsatkich deyarli 100 milliard dollarga yetadi. Qoʻshma korxonalar va loyihalar soni esa 10 mingdan oshadi.

 

 

Sammitda soʻzga chiqqan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 2025 yilda Markaziy Osiyoning beshta davlatiga aholi farovonligini oshirish va oʻz rivojlanishlariga koʻmaklashish boʻyicha muhim loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun  umumiy qiymati 207 million AQSh dollaridan ortiq miqdoridagi begʻaraz grant ajratishga tayyor ekanligini aytdi.

 

Uning aytishicha, kelgusi ikki yil ichida bu mablagʻlardan tashqari Xitoy mintaqadagi beshta davlatga kasbiy tayyorgarlik kurslaridan oʻtish uchun uch mingta kvota ajratadi.

 

XXR rahbari taʼlim va madaniyat sohasidagi hamkorlik iqtisodiy sohadagi hamkorlikdan kam ahamiyatga ega emasligini ham taʼkidlagan. Unga koʻra, endilikda Xitoy universitetlarida Markaziy Osiyo mamlakatlari tillarini oʻrganish kursi ochiladi.

 

Sammitda Si Szinpin Markaziy Osiyo davlatlarini zamonaviy tahdidlarga birgalikda qarshi turishga, mintaqa xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.

 

Shuningdek, u mintaqa mamlakatlarida mudofaa, huquqni muhofaza qilish va xavfsizlikni modernizatsiya qilishga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

 

Yigʻilish soʻngida davlat rahbarlari Ostona deklaratsiyasi va Abadiy yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.

 

Sammit yakunida kambagʻallikka qarshi, choʻllanishga qarshi kurashish, taʼlim sohasidagi hamkorlik markazlari hamda toʻsiqsiz savdo boʻyicha hamkorlik platformasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

17 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlanib Toshkentga qaytib keldi.

Mavzuga oid yangiliklar

Turkiy davlatlar rahbarlari Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilishdi

XIV asr oxirida Amir Temur farmoyishiga binoan barpo etilgan ushbu maqbara bugungi kunda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Markaziy Osiyodagi oʻrta asr islom meʼmorchiligining eng noyob va muhtasham namunalaridan biri hisoblanadi.

Madaniy

15.05.2026, 16:18

Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp

Donald Trampning Oʻzbekistonga tashrifi: strategik manfaatlar va diplomatik signallar ortidagi haqiqat

Donald Trampning Markaziy Osiyoga, xususan Oʻzbekistonga tashrif buyurishi ehtimoli hanuz dolzarb boʻlib qolmoqda. Rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, mavjud diplomatik vaziyat va strukturaviy omillar bunday tashrifning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda.

Siyosat

29.04.2025, 17:39

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi

Sinov tariqasida uchirilgan bu raketa Xitoy qirg‘oqlaridan turib AQSHga yetib bora oladi. 

Jahon

07.07.2026, 11:10

Isroilda tojikistonlik erkak josuslikda ayblanib qo‘lga olindi

Behruz Sobirjon yanvardan beri eronlik agent bilan aloqada bo‘lgani aytilmoqda. Tergov davomida u qanday topshiriqlarni bajargani aniqlangan.

Jahon

03.07.2026, 11:13

Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi

Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili O‘zbekiston – Gruziya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Shavkat Mirziyoyevga ushbu mukofotni topshirdi.

Oʻzbekiston

03.07.2026, 08:52

O‘zbekiston suv tanqisligi xavfi yuqori davlatlar qatoridan joy oldi

"World Population Review" nashri qaysi davlatlar eng ko‘p suv tanqisligiga duch kelayotgani haqidagi tahliliy reytingni taqdim etdi. 

Fan-texnologiya

02.07.2026, 18:49

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Endi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etadimi?

FIFA prezidenti Janni Infantino 64 jamoalik format muhokama qilinishini ma'lum qildi.

Sport

13.07.2026, 16:12

Yadrosizlanishni AQSh ittifoqchilaridan boshlash kerak — Shimoliy Koreya

Pxenyan NATOni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qarama-qarshilikni kuchaytirayotganlikda aybladi.

Siyosat

11.07.2026, 14:27

AQSh butun Eronni yo‘q qilishga tayyor – Tramp

Vashingtonga Eron Trampga suiqasd qilish rejalarini ishlab chiqqani haqida razvedka ma’lumotlari yetkazilgan. Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilsa, qaqshatqich javob tayyorlab qo‘yganini ma’lum qildi.

Jahon

11.07.2026, 11:14

OpenAI yangi ChatGPT Work agentini namoyish qildi

Anthropic bilan kuchli raqobatga kirishgan OpenAI uzoq kutilgan "super ilova"sini taqdim etdi.

Fan-texnologiya

10.07.2026, 18:30

«Сунъий интеллект мустақил киберҳужум уюштирди: тарихда илк бор

Sun’iy intellekt mustaqil ravishda kiberhujum uyushtirdi

Sun’iy intellekt tarixda ilk bor kiberhujum uyushtirdi. U inson ishtirokisiz serverga kirib ma’lumotlarni shifrlab tovon ham talab qilgan.

Fan-texnologiya

10.07.2026, 14:43

Turkiy davlatlar iqtisodiyoti 673,6 milliard dollarga yetdi

Turkiy davlatlar tashkiloti e’lon qilgan "Turk iqtisodiy sharhi" hisobotida iqtisodiy o‘sish, savdo aylanmasi va sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. 

Iqtisodiyot

10.07.2026, 11:34

NATOning Anqara sammiti: Eron va Ukraina bo‘yicha qarorlar

Ukrainaga 70 mlrd yevrolik yordam, Turkiyaga oid sanksiyaning bekor qilinishi, Eron va Grenlandiya masalasi — NATOning Anqara sammitidagi  muhim voqealar tafsiloti.

Jahon

10.07.2026, 10:46

Qozog‘istonda davlat bayrog‘i tushirilgan buyumlar taqiqlandi

Hukumat tomonidan tasdiqlangan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat bayrog‘ini kiyim-kechak, reklama yoki maishiy buyum sifatida ishlatishga ruxsat berilmaydi.  

Jahon

10.07.2026, 10:12

Ukrainada “Patriot” tutib oluvchilari ishlab chiqarishga ruxsat beriladi — Tramp

“Biz sizga “Patriot”larni ishlab chiqarish uchun litsenziya bermoqchimiz. Bu juda zo‘r”, dedi Tramp Zelenskiy bilan uchrashuvda.

Jahon

09.07.2026, 16:34

Yevropa parlamenti deputatlari FIFA rahbariyatiga nisbatan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi

Deputatlar fikricha, turnir davomida qizil kartochka bo‘yicha qoidani o‘zgartirish qarori Trampning Infantino bilan telefon muloqotidan so‘ng qabul qilingan. 

Sport

09.07.2026, 16:07

Tramp Suriyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarmoqda

Trampning bu qarori yillar davomida  sanksiyalar ostida qolgan Suriyaning xalqaro maydondagi mavqeyini tubdan o‘zgartirishi  mumkin.

Jahon

09.07.2026, 12:38

“ANORBANK” jarimaga tortildi

Aksiya doirasidagi reklamasida bir nechta muhim ma’lumotlarni yashirib, Reklama qonunchiligini buzgani uchun “Anorbank”ka nisbatan jarima qo‘llanildi.

Oʻzbekiston

09.07.2026, 11:06

Ona qornidagi chaqaloqni “loyihalash” davri boshlanmoqdami?

Kelajakda farzandingizning aqliy salohiyati, bo‘yi yoki hatto ko‘z rangini oldindan tanlash imkoni paydo bo‘lishi mumkin.

Fan-texnologiya

08.07.2026, 16:44

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi

Ruxsatnomani my.gov.uz platformasidagi "Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish" xizmatidan foydalanib  yuklab olish mumkin.

Ta'lim

08.07.2026, 10:57

Eron va AQSH bir-biriga zarba berdi

Mazkur zarba almashishlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha vaqtinchalik kelishuv amalda qolayotgan bir paytda yuz berdi.

Jahon

08.07.2026, 10:21

Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?

Hindistonda hindi, bengal, telugu, marati, tamil kabi o'nlab til va shevalar amalda qo'llaniladi. Shunga qaramay, kitob bozorida sotilayotgan eng ommabop nashrlarning aksariyati aynan ingliz tilida chop etilgan. Nega?

Madaniy

07.07.2026, 15:48

Lotin alifbosini yangilash bo‘yicha qonun Senatga yuborildi

“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Oʻzbekiston

07.07.2026, 12:44

Vashington shtatining Sietl shahrida “O‘zbek mahallasi” tashkil etildi

Bugungi kunda Vashington shtatida 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari va kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan vatandoshlar yashaydi.

Jahon

07.07.2026, 12:18

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi

Sinov tariqasida uchirilgan bu raketa Xitoy qirg‘oqlaridan turib AQSHga yetib bora oladi. 

Jahon

07.07.2026, 11:10

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi

Yangi yo‘nalishlar qatorida uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar), robototexnika, yashil iqtisodiyot va boshqa sohalar bor.

Ta'lim

07.07.2026, 09:48

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →