Bosh prokuror: 11,2 milliard soʻmlik ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar talon-toroj qilingani aniqlandi
Senatning oʻninchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2024 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.
Oʻzbekiston
05.09.2025, 20:38
Ulashish:

Ushbu masala yuzasidan soʻzga chiqqan Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev prokuratura organlari tomonidan hisobot yilida ijtimoiy sohadagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yoʻnalishida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini taʼminlash va ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash hamda kambagʻallikni qisqartirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilganini taʼkidladi.
– Xususan, 489 nafar fuqaroga 3,8 milliard soʻmlik kechiktirilgan ish haqi va boshqa toʻlovlar undirib berildi, – dedi N.Yoʻldoshev. – 11,2 milliard soʻmlik ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar talon-toroj qilingani aniqlanib, tegishli choralar koʻrildi. Iqtisodiy sohada qonuniylikni mustahkamlash, ayniqsa, investitsiya dasturlari ijrosini soʻzsiz taʼminlash, energiya resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish, “yashirin” iqtisodiyot shakllanishining turli usul va kanallarini aniqlash hamda ularga barham berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirkorlar va xorijiy investorlarning 29 ming 451 nafariga qonun ustuvorligi, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida amaliy yordam koʻrsatildi.
Prokurorlarning sud protsesslaridagi ishtiroki, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida koʻrilayotgan choralar, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish, tergov va tezkor-qidiruv faoliyati boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Ushbu masala yuzasidan fikr bildirgan Senat Raisi Tanzila Norboyeva bundan bir necha yil muqaddam taʼlim tizimida, davlat xaridlari sohasida korrupsiya darajasi yuqori boʻlganini qayd etdi. Bunga barham berish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi doirasida Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilgani natijasida aynan shu yoʻnalishlarda korrupsiya holatlari keskin kamaydi. Bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish va chuqurlashtirish zarur.
Senatorlarning korrupsiya holatlari haqida xabar berilganda qanday choralar koʻrilishi, xabar bergan shaxslar himoyasi qanday taʼminlanishiga oid savollariga javoban Bosh prokuror bunday holatlarda zudlik bilan zarur choralar koʻrilayotganini maʼlum qildi. Xabar tasdigʻini topganda, aybdorlarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilmoqda. Muhimi, bunday xabarlarni prokuratura organlariga yuborish uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan. Ishonch telefoni, korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan botlar ishga tushirilgan. Xabar beruvchilar shaxsi sir tutiladi, himoyasi taʼminlanadi.
Senatorlar tomonidan prokuratura organlari faoliyatining ayrim yoʻnalishlarida nazoratni yanada kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Xususan, aholi sogʻligʻini saqlash, reproduktiv salomatligini asrash, qolaversa, yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari yetarli samara bermagani, onalar oʻlimi soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida oshgani tanqid qilindi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, mamlakatda kriminogen vaziyat barqarorligini saqlash, tezkor-qidiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatini yuritishda ham kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Jumladan, sodir etilgan 67 mingdan ortiq jinoyatning qariyb
62 foizini oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar tashkil qilgan.
Bunday jinoyatlarning umumiy jinoyatchilik koʻrsatkichidagi ulushi Fargʻona viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 65 foizga, Namanganda esa qariyb 70 foizga yetgan.
Senatorlar prokuratura organlari tomonidan sogʻliqni saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish, yoshlar va xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida nazoratni yanada kuchaytirish boʻyicha tavsiyalar berdi.
Muhokama yakunida Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston
05.09.2025, 20:38
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
So'nggi yangiliklar

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi
Oʻzbekiston
21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati
Madaniy
20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi
Madaniy
20.05.2026, 12:33

Boliviyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avj oldi
Jahon
20.05.2026, 10:37

Lotin Amerikasiga yo‘l: Rio-de-Janeyroda O‘zbekiston–Braziliya savdo uyi ish boshladi
Iqtisodiyot
19.05.2026, 17:08

Umumiy sun’iy intellekt poygasi: sohada AQSH kuchlimi yoki Xitoy?
Fan-texnologiya
19.05.2026, 15:55
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

